Maktab binosi, jihozlari va obodonligiga bo‘lgan gigiyenik talablar


Sinf xonasining havo va temperatura rejimi


Download 48.87 Kb.
bet2/9
Sana05.01.2023
Hajmi48.87 Kb.
#1080422
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
14-Мактаб биноси ва обод.г.т

Sinf xonasining havo va temperatura rejimi. Sinf havosi tarkibidagi karbonat angidrid miqdori 0,07— 0,1% dan oshmasligi kerak (normal havo tarkibidagi SO2 ning miqdori 0,03—0,04% ni tashkil qiladi). Havo tarkibida karbonat angidrid ko‘payib ketsa, o‘quvchilarning asab tizimining tez charchab qolishiga va o‘zlashtirishning pasayishiga sabab bo‘ladi.. Ayniqsa, qish faslida boshlang‘ich sinflarda ba’zi o‘quvchilar dars paytida uxlab qoladi. Bunga sabab xona havosi tarkibida karbonat angidrid gazining ko‘payib ketishidir.
Shuning uchun tanaffus vaqtida va dars mobaynida sinf xonasiniыg havosi yangilanib turishi zarur. Buning uchun derazalarga framuga yoki fortochka o‘rnatiladi. Deraza fortochkasining umumiy sathi pol sathining 50/1 qismiga teng bo‘lmog‘i kerak (sinfning pol sathi 50 m2 bo‘lsa, uning derazalardagi fortochka sathi 1 m2 bo‘lishi kerak).
Sinf xonasida har bir o‘quvchi uchun, 4,5—5 m3 havo to‘g‘ri keladi. Bir soatlik dars davomida yesa o‘quvchi uchun 16—26 m3 havo talab qilinadi. Shuning uchun qish faslida dars vaqtida fortochka yoki framugalarni tez-tez (har 10—15 minutda, 0,5- 1,0 minut) ochib, sinf havosi yangilanib turilishi, yilning issiq fasllarida esa sinf derazalari dars vaqtida umuman ochib qo‘yilishi kerak.
Sinfda temperatura 16—180C, nisbiy namlik 40— 60% ga teng bo‘lmog‘i talab qilinadi.
Sinfning yorug‘lik tartibi. Ma’lumki, sinfdagi o‘quv va yozuv mashg‘ulotlari asosan qo‘l mehnati bilan bog‘liq. Sinfning yorug‘ligi yaxshi bo‘lsa ko‘zning charchashi tez yuzaga kelmaydi, o‘quvchining ish qobiliyati oshadi. Aksincha, yorug‘lik kam bo‘lsa ko‘z tez charchaydi, ish qobiliyati pasayadi. Bir necha oy davomida yorug‘lik yetarli bo‘lmagan sinfda mashg‘ulot bajarish esa o‘quvchi ko‘zining asta-sekin xiralashib qolishiga sabab bo‘ladi.
Sinfni yoritish tabiiy va sun’iy bo‘ladi. Tabiiy yorug‘lik derazalardan quyosh nurining tushishidir. Tabiiy yorug‘lik koeffisiyenti 1:4 yoki 1:5 ga teng bo‘lishi kerak, ya’ni derazalarning umumiy sathi 12,5—10 m2 bo‘lib, sinf pol sathining (50 m2) to‘rtdan yoki beshdan bir qismini tashkil qilishi kerak. Deraza pastki qismining pol sathidan balandligi 80—85 sm dan oshmasligi kerak. Sinfning derazaga qarama-qarshi tomonidagi partalarga yorug‘lik derazaning yuqori qismidan tushadi. Shuning uchun derazaning yuqori qismi shiftga yaqinroq, ya’ni undan atigi 20—30 sm pastroqdan qurilishi talab qilinadi. Sinf derazalarini shunday joylashtirish kerakki, ular o‘rtasidagi devorning kengligi 30—50 sm dan oshmasligi kerak, aks holda o‘sha joydagi partalarga yorug‘lik kam tushadi.
Sinfda partalar va doska joylashtirishda o‘quvchilarning derazaga nisbatan chap tomonlari bilan o‘tirishlari hisobga olinishi kerak. Derazaga nisbatan o‘ng tomon bilan o‘tirganda yesa yozuv vaqtida o‘ng qo‘lning soyasi daftarga tushib yorug‘likni kamaytiradi. Sinfning yorug‘ligi ma’lum darajada uning devori,. shifti, eshik, deraza va parta bo‘yoqlarining rangiga ham bog‘liq. Qora, ko‘k, jigar rang, yashil ranglar yorug‘likni yutadi va uni kamaytiradi. Shuning uchun sinf shifti oq, devori och pushti yoki och sariq, partalarning ustki qismi och yashil, yon tomoni va o‘tiradigan qismi, eshik va derazalar oq rangli bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi kerak.
Derazaga qo‘yilgan gullar yorug‘likning ma’lum qismini to‘sib qoladi. Shuning uchun tuvakda o‘stirilgan gullar, sinfning derazaga qarama-qarshi tomoniga maxsus yasalgan stolchalarga joylashtirilsa talabga muvofiq bo‘ladi. Ba’zi maktablarda o‘quvchilarning e’tiborini darsga ko‘proq jalb qilish niyatida deraza oynalari bo‘yab qo‘yiladi yoki ular parda bilan to‘sib qo‘yiladi. Bu ikki tomonlama zarar. Birinchidan, sinfning yorug‘ligi kamayadi; ikkinchidan esa, dars vaqtida xatga tikilish natijasida o‘quvchi ko‘zi charchaydi va ko‘z ichidagi bosim oshadi. Agar o‘quvchi vaqti-vaqti bilan bir necha sekundga deraza orqali ko‘chadagi uzoq-uzoqdagi daraxtlarga qarasa uning ko‘z ichidagi bosim normalashib ko‘zi dam oladi. Bo‘yalgan yoki parda bilan to‘silgan deraza oynasi esa o‘quvchini bu imkoniyatdan mahrum qiladi, natijada ko‘zning asta-sekin xiralashib qolishiga sabab bo‘ladi.
Sinflar yorug‘ligi asosan derazalarni gigiyenik talab asosida qurilganligiga bogliq va xonaning yorug‘ligi maxsus asbob yordamida aniqlanadi.
Buni aniqlash uchun sinfning derazaga nisbatan qarshi tomonida turib, derazaga qaralganda uning sathi hamma qismidan oson ko‘rinsa deraza talabga muvofiq qurilganligi ma’lum bo‘ladi, demak sinfning tabiiy yorug‘­ligi yaxshi deb baholanadi; agar derazaning 2/3 qismi­dan osmon ko‘rinsa sinf yorug‘ligi qoniqarli, agar dera­zaning faqat 1/2 va undan oz qismidan osmon ko‘rinsa sinfning yorug‘ligi qoniqarsiz deb baholanadi.
Sinfni sun’iy yoritish uchun spiralli elektr lampalar yoki oxirgi yillarda asosan yuminessent lampalari qo‘llaniladi. Sinfning har 1 m2 pol sathiga 36—48 vt elektr quvvati to‘g‘ri kelishi kerak. Demak, sinfning pol sathi 50 m2 bo‘lib, u har biri 300 vt quvvatga ega bo‘lgan 6—8 ta spiralli elektr lampa bilan yoritilishi kerak. Elektr lampalari shiftga ikki qator qilib joylashtiriladi. Ular orasidagi masofa bir xil bo‘lishi lozim. Lampalarning pol sathidan balandligi 3 metr bo‘lishi kerak. Lyuminessent lampalardan sinfni yoritish uchun foydalanish tavsiya qilinadi. Spiralli elektr lampalar qo‘llanilganda sinfning yorug‘ligi 150 lyuks, yuminessent lampalari qo‘llanilganda esa 300 lyuks bo‘lishi kerak. Chizmachilik kabinetlarida yorug‘lik 200 va 400 lyuks bo‘lishi talab qilinadi.

Download 48.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling