Maktab binosi, jihozlari va obodonligiga bo‘lgan gigiyenik talablar
Download 48.87 Kb.
|
14-Мактаб биноси ва обод.г.т
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktab kabinetlari va laboratoriyalarining jihozlanishi.
- O‘quvchilarni sinf xonalari va o‘quv kabinetlarida joylashtirish.
Sinf doskasi. Sinf doskalarining odatda ko‘chirib yuritiladigan va devorga mustahkam yopishtirib qo‘yiladigan turlari farqlanadi. Doskaning eni 3 m, bo‘yi 1 m 20 sm bo‘ladi. I -IV sinflarda doska pastki qirrasinint poldan balandligi 75—80 sm, V-1X sinflarda 80—90 sm bo‘lishi kerak. Doska och yashil, jigarrang, chizmachilik kabinetida yesa qora bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. Doska bilan birinchi qatordagi partalarning orasi 2 m dan kam bo‘lmasligi, oxirgi qatordagi partalarning orasi yesa 8 m dan ko‘p bo‘lmasligi talab qilinadi.
Maktab kabinetlari va laboratoriyalarining jihozlanishi. Maktab fizika, ximiya kabinetlari bir yoki ikki o‘rinli stol va stullar bilan jihozlanadi. Stolning usti lenoleum bilan qoplanadi. Uning sathi har bir o‘quvchi uchun 60-65 sm, balandligi 72-75 sm bo‘lib, uch qator qilib joylashtiriladi, ular orasidagi masofa 60-70 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Stol elektr shtepsellari, gaz va suv krani bilan ta’minlanadi. Ximiya va fizika kabinetlari havoni tozalab turish uchun mo‘rili shkaf bilan ta’minlanishi kerak. O‘quvchilarni sinf xonalari va o‘quv kabinetlarida joylashtirish. Sinf xonasi va o‘quv kabinetlarida oldingi qator parta (stol) larga bo‘yi past, orqa qatorga yesa bo‘yi baland o‘quvchilar o‘tkaziladi. Yeshitish qobiliyati pasaygan o‘quvchilar, ya’ni o‘rtacha tovushni 2—4 m dan, sekin tovushni 0,5—1 m dan zo‘rg‘a yeshitadigan o‘quvchilarni 1—2 qatordagi o‘qituvchi stoliga yaqin joylashgan partalarga o‘tkaziladi. Ko‘zi xira o‘quvchilarni birinchi qatordagi derazaga yaqin joylashgan partalarga o‘tkaziladi. Agar ko‘zoynak yordamida o‘quvchining ko‘rish qobiliyati normal bo‘lsa, u o‘zining bo‘yiga to‘g‘ri keladigan qatordagi partaga o‘tirishi mumkin. Revmatizm, angina va nafas organlarining shamollashi kasalliklariga tez beriluvchi o‘quvchilar derazadan uzoqroq, pechka yoki isituv batareyasiga yaqin joylashgan partalarga o‘tkazilishi kerak. O‘quv yili boshida deraza yonidagi qatorda o‘tirgan o‘quvchilar yil davomida derazaning qarama-qarshi tomonidagi qatorda o‘tirgan o‘quvchilar bilan o‘rin almashtirishlari kerak. Aks holda derazadan uzoqda o‘tirgan o‘quvchilar partasiga yorug‘lik kam tushishi natijasida ularning ko‘zi yil davomida xiralashib qolishi mumkin. O‘quv yilining boshida o‘quvchining bo‘y uzunligi, ko‘z o‘tkirligi, yeshitish qobiliyati, parta nomeri sinf jurnalining maxsus betiga yozib qo‘yilishi kerak. Download 48.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling