MAKTAB JIHOZLARIGA QO‘YILGAN GIGIYENIK TALABLAR
Parta, doska, jismoniy tarbiya, mehnat darslarida qo‘llaniladigan bo‘yum va o‘quv qurollari, asbob vauskunalar o‘quvchilarning bo‘yiga, yoshiga moslashgan bo‘lmog‘i lozim.
Parta o‘quvchining bo‘yiga moslashgan bo‘lsa yozuv, o‘quv, chizmachilik mashg‘ulotlarini bajarish qo‘lay bo‘ladi, o‘quvchining gavdasi, ko‘krak qafasi, umurtqa pog‘onasi mutadil taraqqiy qiladi. Aksincha, o‘quvchi bo‘yiga moslashmagan partada o‘tirganida va o‘quv mashg‘ulotlarini bajarganida, noqulaylik sezadi, tez charchaydi, husnixat buziladi va nihoyat bunday partada bir necha oy, yil davomida o‘tirishi natijasida umurqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi yegrilanib qoladi va o‘quvchi qomatining shakllanishi buziladi.
O‘quvchi bo‘yiga mos parta yoki stolda gavdasini tik va boshini biroz oldinga bukkan holda o‘tirishi, uning ko‘zi bilan daftar yoki kitob orasidagi masofa 35— 40 sm.ni tashkil qilishi shart. Bo‘ndan tashqari, o‘quvchining beli parta yoki stulning orqasiga tegib (suyanib) turishi, ko‘krak bilan parta qopqog‘ining qirrasi orasida qo‘lni kafti sig‘adigan darajadagi oraliq bo‘lishi, o‘quvchining oyoq kafti bemalol polga tegib turishi talab qilinadi.
2001 yilgacha davlat standarta (Gost) bo‘yicha 7 nomerda partalar chiqarilar yedi. Bo‘larni chiqarishda bolalar bo‘yini har 10 sm farq qildirilar yedi, ya’ni 110 sm dan to 179 sm gacha, partalar 6-nomerdan va 12-nomergacha bo‘lar yedi. Bu partalarning — o‘lchami quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan.
2001 yilda qabul qilingan Davlat standarti (GOST), talabiga asosan 2001-2005 yillardan boshlab 5 gruhdagi partalar ishlab chiqarilmoqda (A, B, V, G, D). Bu partalarning o‘tiradigan o‘rindig‘ini va uning qopqog‘ini o‘quvchiga qaragan qirrasining poldan balandligi quyidagicha.
28-jadval. Maktab partalarining o’quvchi yoshiga bo’lgan gigyenik talabi
Do'stlaringiz bilan baham: |