Maktab binosi, jihozlari va obodonligiga bo‘lgan gigiyenik talablar
O‘quvchining darsxonasi yoki dars tayyorlaydigan burchagiga bo‘lgan gigiyenik talablar
Download 48.87 Kb.
|
14-Мактаб биноси ва обод.г.т
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAKTAB VA O‘QUV - ISHLAB CHIQARISH USTAXONALARIGA QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR
O‘quvchining darsxonasi yoki dars tayyorlaydigan burchagiga bo‘lgan gigiyenik talablar. Uyida dars tayyorlash uchun o‘quvchining maxsus ajratilgan burchagi bo‘lmog‘i lozim. Bu burchak derazaga yaqin joylashtiriladi. Yil sayin o‘quvchining bo‘yi uzunligi o‘zgarib turadi, shuning uchun uning stol va stulining balandligi o‘zgartirib turiladi. Boshlang‘ich sinflarda stolning balandligi 54-60 sm, stulning balandligi 32-36 sm; o‘rta sinflarda stoli 62-66 sm, stuli 40-42 sm, yuqori sinflarda stolining balandligi 72-78 sm, stulining-balandligi 44-48 sm. O‘quvchi stoli ustida 60-75 vt quvvatga yega bo‘lgan elektr lampasi bo‘lib, u yashil soyabon bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Deraza va lampa yorug‘ligi o‘quvchining chap tomonidan tushishi ma’qulligini unutmaslik kerak.
MAKTAB VA O‘QUV - ISHLAB CHIQARISH USTAXONALARIGA QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR O‘quvchilar ishlaydigan ustaxona quyidagi gigiyenik talablarga javob berishi kerak. 1. Ustaxona yorug‘, mutadil haroratga ega va toza havo bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Agar maktab binosi ko‘p qavatli bo‘lsa ustaxona birinchi qavatga, iloji bo‘lsa maktabning o‘quv binosidan boshqa, alohida binoga joylashtirilishi kerak. Lekin ustaxonani yerto‘laga o‘xshash, qorong‘i, nam, sovuq binoga joylashtirish man qilinadi. Ustaxonaning poli taxta bo‘lishi kerak. Agar sement yoki yer bo‘lsa bolalarning ishlaydigan joyida ularning oyog‘i ostiga taxta panjara yasab beriladi. Devori, potologi (shifti), eshik va deraza romlari och buyoq bilan bo‘yalsa, yoruglikning yaxshi tushishini ta’minlaydi. Har bir darsdan keyin derazalarni ochib xona havosi yangilanadi. Ustaxonaning poli, va buyumlari changitmasdan, namlangan material bilan artib turiladi. Maktab ustaxonasining har bir xonasi 18—20 o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘ladi, uning pol sathi 66—70 m2 bo‘lib, har qaysi o‘quvchiva 3,0—3,3 m2 ga to‘g‘ri kelishi kerak (sinf xonasida esa 1,25—1,40 m2). Ishlab chiqarish korxonalaridagi o‘quvchilar mehnat darsi bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazadigan va ishlaydigan ustaxonalarda harakatlanish ko‘proq bo‘ladi, asbob-uskunalar ham ko‘p bo‘ladi, shuning uchun har bir o‘quvchiga 4—8 m2 pol sathi to‘g‘ri kelishi kerak. Duradgorlik va temirchilik ustaxonalari verstaklar bilan jihozlanadi. Verstaklar ustaxonada 2—3 qator qilib joylashtiriladi, qatorlar orasidagi masofa 120 sm dan, verstaklarning bir-biri o‘rtasidagi oraliq esa, 80 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Verstaklarning kengligi 75 sm dan kam bo‘lmasligi balandligi esa o‘quvchilarning bo‘yiga mos kelishi kerak. Duradgorlik verstaklarining balandligi quyidagicha bo‘ladi. O‘quvchining bo‘y uzunligi 120—127 sm, bo‘lsa, verstak balandligi 65,5 sm, bo‘yi — 128—133 sm bo‘lsa, verstak — 70,5 sm, bo‘yi — 134—141 sm bo‘lsa, verstak — 77,5 sm bo‘lishi kerak. Temirchilik verstaklarining balandligi esa o‘quvchi bo‘yi 120—127 sm bo‘lsa, verstak — 75,7 sm. Bo‘yi 128—133 sm bo‘lsa, verstak —80,5 sm, bo‘yi— 134—141 sm bo‘lsa, verstak — 88 sm. O‘quvchining bo‘yi juda past bo‘lsa uning oyog‘i ostiga taxtadan zinacha yasab beriladi. Ustaxonada texnika xavfsizligi choralari ko‘rilgan bo‘lishi kerak. Ishlagan paytda yog‘och, temir, tunuka parchalari o‘quvchilarni shikastlamasligi uchun ularning ishlayotgan joyi sim panjara bilan to‘sib qo‘yiladi. Uning balandligi 1 m dan kam bo‘lmasligi, teshiklari esa 3 mm dan katta bo‘lmasligi kerak. Ustaxonadagi elektr asboblari xavfsizlik qoidasiga binoan juda ehtiyotlik bilan izolyasiya qilingan elektr tokini qo‘shuvchi knopka tekislik sathidan 3— 5 mm chuqurlikda ajratuvchy knopka esa tekislik sathidan 3—5 mm ko‘tarib joylashtiriladi. Elektr asboblarining hayotga xavfli qismlari to‘sib qo‘yilib qizil, qolgan qismlari yashil bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. Ustaxonani tozalash paytida elektr asboblari tokdan ajratiladi, ish to‘xtatiladi. Chiqindi, axlat, changni tozalash uchun uzun dastali ilgak, shchyotka va boshqa qulay asboblar ishlatiladi. Ustaxonada ish vaqtida mehnat darsi o‘qituvchisi va hamma o‘quvchilar maxsus ish kiyimi (qo‘lqop, himoya qiluvchi ko‘zoynak) bilan ta’minlanadilar. O‘quvchi dam olishi uchun uning ishlab turgan joyida qulaylashtirilgan, ya’ni ochilib-yopiladigan kursi, buyumlarini qo‘yish uchun tumbochka yoki kichkina shkafcha bo‘lishi kerak. Hamma o‘quvchilar ustaxonada ishlashning texnika xavfsizligi qoidalari bilan mukammal tanishtirilishi kerak. Har bir mashg‘ulotni bajarish oldidan asboblar bilan ishlash tartibi bilan ham tanishtiriladi. Yong‘inning oldini olish choralariga katta e’tibor beriladi. Ustaxona yong‘inni o‘chiruvchi (karbonat kislotali) moddalar bilan ta’minlanadi. Duradgorchilik ustaxonasida faqat bir kunga etadigan yog‘och materiallardan oshiqchasi bo‘lmasligi; kerosin, benzin, lak, buyoqlar saqlanmasligi kerak. Download 48.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling