Maktab binosi, jihozlari va obodonligiga bo‘lgan gigiyenik talablar
Ustaxonaning yoritilganlik darajasi
Download 48.87 Kb.
|
14-Мактаб биноси ва обод.г.т
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ustaxonaning suv, havo, harorat tartiblari.
- Ustaxonada yuk ko‘tarish va ish vaqti tartibi.
Ustaxonaning yoritilganlik darajasi. Bu masalaga katta e’tibor beriladi. Ustaxonaning tabiiy yorug‘ligi 1:4 yoki 1:5, ya’ni ustaxona derazalari sathi uning pol sathining to‘rtdan yoki beshdan bir qismiga teng bo‘lishi kerak. Sun’iy yorug‘lik spirallik elektr lampalar qo‘llaganda 150 lyuks, lyuminessent lampalarida esa 300 lyuks bo‘lsin. Temirchilik ustaxonasida ish joyi qo‘shimcha «Alver» lampasi bilan ham yoritilsa yaxshi bo‘ladi. Tabiiy va sun’iy yorug‘lik ish joyiga o‘quvchining chap tomonidan tushishi kerak.
Ustaxonaning suv, havo, harorat tartiblari. Ustaxonada ichiladigan suv maxsus qulflanadigan baklarda saqlanishi, uning harorati +8°C dan +20oC gacha bo‘lishi talab qilinadi. Katta ustaxonalarda vodoprovod suvi uchun maxsus fontanchalar yasaladi. Havoni yangilab turish uchun derazalarga framuga o‘rnatiladi hamda elektroventilyasion mexanizmlar o‘rnatiladi. Ustaxona harorati — 150—16°C bo‘lishi kerak. Ustaxonani cho‘yan, tunuka, elektr pechkalar yordamida isitish man qilinadi. Asosan markaziy isituv tizimlari yoki golland tipidagi pechkalar yordamida isitilishi kerak. Ustaxonada birinchi meditsina yordamini ko‘rsatish uchun «aptechka» bo‘lishi shart. O‘quvchilar o‘z-o‘ziga va bir-biriga meditsina yordamini ko‘rsatish qoidasi bilan tanish bo‘lishlari zarur. Ustaxonada yuk ko‘tarish va ish vaqti tartibi. O‘quvchilar maktabning o‘quv-tajriba uchastkasida va qishloq xo‘jaligida ham o‘quv-tajriba o‘tkazadilar. Bu ishlarga asosan o‘quvchilar 11 yoshdan boshlab jalb qilinadilar. Ish qurollari (kursak, ketmon, zambil va boshqalar)ning hajmi, og‘irligi o‘quvchining yoshi va bo‘yiga to‘g‘ri kelishi talab qilinadi. Masalan, ko‘taradigan buyum yoki yukning og‘irligi o‘g‘il bolalar uchun 15 yoshda — 8,2 kg dan, 16—18 yoshda—16,4 kg dan, qizlar uchun 15 yoshda — 5 kg dan, 16—18 yoshda —10,2 kg dan oshmasligi kerak. Aks holda, ularning umurtqa pog‘onasi, qo‘l va oyoq suyaklari qiyshayib, jismoniy rivojlanishida salbiy o‘zgarishlar yuzaga kelishi mumkin. Shu sababga ko‘ra 15 yoshdan kichik bo‘lgan bolalar og‘ir yuk va buyumlarni ko‘tarish ishlariga jalb qilinmaydi yoki 11—13 yoshli o‘quvchilar 3 kg, 14 yoshli o‘quvchilar 5 kg dan ortiq yuk ko‘tarishlari mumkin emas. 5—7 sinflarda qishloq xo‘jaligiga oid ishlarni maktab uchastkasida bajaradilar, 8 sinfdan boshlab o‘quvchilar ishlab chiqarish mehnat tajribasini dehqon va fermer xo‘jalik larida o‘tkazadilar. Qishloq xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanishda kundalik ish vaqti 5—6 sinf o‘quvchilari uchun 3 soat, 7—8 sinflarda 4 soat, 9—10 sinflarda 6 soat bo‘ladi, har 45—50 minutdan keyin 10 minutlik tanaffus beriladi. Issiq yoz oylarida, bolalarni issiq harorat va oftobning to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’siridan saqlash uchun dehqon va fermer xo‘jalik lari dalalarida qishloq xo‘jaligi ishlari ertalab soat 630 dan 1130 gacha va soat 1630 dan 1900 gacha bajarlishini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish tajribasi davrida o‘quvchilarning kun tartibi taxminan quyidagicha bo‘lishi mumkin: Download 48.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling