Maktab kutubxonalari ishini samarali tashkil etish vositalari. Umumta’lim muassasasi kutubxonasini rivojlantirish konsepsiyasi asosida o‘quvchilar


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/22
Sana01.05.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1418562
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
kutubxona

istiqbollari: 
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan tub islohotlar umumiy 
o‘rta ta’lim muassasalari kutubxonalari faoliyatini ham zamonaviy talablar va 
ehtiyojlardan kelib chiqqan holda qayta tashkil etish, takomillashtirish talabini kun 
tartibiga qo‘ymoqda. Negaki, ular ta’lim tizimi mazmuni va shaklan yangilanayotgan 
bir pallada hosil bo‘layotgan kuchli informatsiya oqimini qabul qilish, jamlash va o‘z 
o‘rnida ularni keng jamoatchilik, o‘qituvchilar hamda o‘quvchilarga eng manzur yo‘llar 
bilan taqdim etishdek muhim vazifani bajarishlari lozim. Bu birinchi galda o‘quv 
adabiyotlari, me’yoriy hujjatlar, metodik qo‘llanmalar va bevosita ta’lim jarayoniga 
taaluqli 
bo‘lgan 
boshqa 
manbalar 
hisoblanadi. 
Respublika maktab kutubxonalari tomonidan bolalarni kitobxonlikka o‘rgatish, 
ijodiy faoliyatga jalb etish orqali o‘sib kelayotgan yosh avlodni bilimli, ma’naviy komil 
shaxs etib shakllantirish borasida ma’lum ishlar bajarilmoqda. Jumladan, fanlar 
oyliklari, ma’lum sanalar munosabati bilan o‘tkaziladigan anjumanlar, turli mavzularda 
tashkil etiladigan ko‘rgazmalar, yangi kitoblar taqdimoti kabi ommaviy tadbirlar yil 
sayin o‘quvchi va o‘qituvchilarni maktab hayotining ajralmas qismiga aylantirib 
bormoqda. Respublika miqyosida bir necha yillardan buyon “Eng yaxshi maktab 
kutubxonasi”, “Eng yaxshi kitobxon – kitoblar bilimdoni” ko‘rik-tanlovlari muntazam 
o‘tkazilib kelinmoqda. Bu maktablar kutubxonalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini 
vujudga 
keltirishda 
muhim 
vosita 
bo‘lmoqda. 
Lekin ta’lim sohasida kutubxonachilik faqatgina yuqorida sanab o‘tilgan ishlar 
bilangina takomillashib, rivojlanib qolmaydi. Muammolar hali ko‘p. Maktab 
kutubxonalarining kitob jamg‘armalarini to‘laqonli shakllantirish va ularni zamonaviy 
texnikalar bilan jihozlash, jarayonni avtomatlashtirish, shuningdek, maktab 
kutubxonalari xodimlarining nazariy va texnik malakalarini oshirish, ularda axborot 
texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil etish bugungi kunda oldimizda turgan 
dolzarb 
vazifalardan 
hisoblanadi. 
Hozirda ta’limni modernizatsiyalashga jadal kirishilgan. Ushbu jarayon jamiyatni 
tezkor axborotlashtirish, o‘quv nashrlari bozorini barpo etish, axborot texnologiyalarini 
rivojlantirish fonida yuz bermoqda. Bularning barchasi umumiy o‘rta ta’lim muassasasi 
kutubxonasini maktabning ajralmas tarkibiy qismiga, chinakam axborot ta’minoti 
markaziga, shaxsning axborot olish madaniyatini shakllantiradigan bazasiga 
aylantirishni 
taqozo 
etadi. 
Ushbu vazifalarni bajarish yo‘lida joriy “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari 


15 
kutubxonalari faoliyatini takomillashtirish o‘quv yili”da xalq ta’limi tizimida 
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Umumiy o‘rta ta’lim 
muassasasi kutubxonasini rivojlantirish kontseptsiyasi” tasdiqlandi. Unga muvofiq 
ravishda umumiy o‘rta ta’lim muassasasi kutubxonalarini rivojlantirishning asosiy 
g‘oyasi, ta’lim sifatini oshirishda eng muhim omil bo‘lgan yagona axborot muhitini 
vujudga keltirish bilan bog‘liq yo‘nalishlar va vazifalar mazmuni belgilab olindi. 
Joriy o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablari kutubxonalarini rivojlantirish 
dasturi” doirasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari kutubxonalarining me’yoriy-
huquqiy bazasini takomillashtirish, ularni axborotlashtirish, ta’lim jarayonini ilmiy-
metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlovchi markazlarga aylantirish borasida amaliy ishlar 
olib borilmoqda. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling