Maktab kutubxonalari ishini samarali tashkil etish vositalari. Umumta’lim muassasasi kutubxonasini rivojlantirish konsepsiyasi asosida o‘quvchilar


-yo‘nalish. Maktab kutubxonalarining zamonaviy moddiy-texnik bazasini


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/22
Sana01.05.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1418562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
kutubxona

 
4-yo‘nalish. Maktab kutubxonalarining zamonaviy moddiy-texnik bazasini 
shakllantirish. 
 



- o‘quvchilar o‘z qurilmalarini internetga simsiz tarmoq (Wi-Fi) orqali ulab olishlarini 
ta’minlash; maktab kutubxonasiga tashrif buyuruvchilar o‘z qurilmalari bilan qulay 
ulanish, maktab kutubxonasi binolarida joylashgan kompyuterlardan internetga kirish 
imkoniga ega bo‘lishlari. 
- maktablar hududlari maqsadli ajratilgan hududlarni loyihalashtirish va joriy qilish: 
vaqtinchalik foydalanish uchun axborot resurslarini olish hududlari, axborot resurslar 
bilan mustaqil ishlash uchun hududlar, jamoa bo‘lib ishlash uchun hududlar, ko‘rgazma 
va ekspozisiyalarni tashkil etish uchun ko‘rgazma hududlari, turli tadbirlar o‘tkazish 
uchun dam olish joylarini tashkil etish. 
- ta’lim muassasasida ta’lim dasturini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan elektron 
nashrlarga, shuningdek elektron axborot va ta’lim resurslaridan foydalanish 
ta’minlovchi qog‘ozli materiallarini nusxalash imkoniyatlarini ta’minlash; 
- maktab kutubxonalari fondlarini to‘ldirishni ta’minlash: 
- qo‘shimcha adabiyotlar (o‘zbek va xorijiy, mumtoz va zamonaviy badiiy adabiyotlar, 
ommabop, fan va ilmiy-texnik adabiyotlar, vizual tasviriy san’at, musiqa, jismoniy 
tarbiya va sport, ekologiya, yo‘llarda xavfsiz harakatlanish qoidalari, ma’lumotnoma va 
bibliografik va davriy nashrlar; lug‘atlar to‘plash, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltiruvchi 
adabiyotlar) bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirish 
- kutubxonachilarni avtomatlashtirilgan ish joyini tashkil etish, shu jumladan 
markazlashtirilgan elektron katalog, resurslarni zahiralash va ularning qaytarilishini 
nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo‘lgan avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona 
tizimi bilan ta’minlash. 
Maktab kutubxonasini rivojlantirish yo‘nalishlarini amalga oshirish, ta’lim 
muassasalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maktablar kutubxonalariga ta’lim 
muassasasi doirasida o‘qituvchilar va ma’muriyat o‘rtasida samarali hamkorlikni 
tashkil etish imkonini beradi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling