2-yo‘nalish. Barcha manfaatdor tuzilmalarning tarmoqlari bilan o‘zaro hamkorlik
asosida maktab kutubxonasi tarmog‘ini tashkiliy-uslubiy va analitik qo‘llab-
quvvatlash.
- Tizimli o‘zgarishlarni hisobga olgan holda maktab kutubxonachilarini ilmiy-
uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash.
- Maktab kutubxonalari faoliyatiga zamonaviy dasturiy ta’minotni joriy etish
jarayonini uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash.
- Respublikada yagona avtomatlashtirilgan, markazlashtirilgan elektron katalog
axborot-kutubxona-bibliografik fond bazasini shakllantirish
- Maktab kutubxonalari va aholiga kutubxona va pedagogik xizmat ko‘rsatish
sohasidagi xodimlarni eng yaxshi amaliyotlar bilan bo‘lishish uchun seminarlar,
uchrashuvlar va konferensiyalarga jalb etish.
- Elektron kutubxonalar xizmatlari bilan elektron kitoblarni taqsimlashni
ta’minlaydigan resurs markazlari, shu jumladan maktab kutubxonalari tarmog‘i
bilan o‘zaro aloqada bo‘lish.
Rivojlangan yetakchi mamlakatlar kutubxonalari va ta’lim tuzilmalarining mintaqaviy
resurs markazlari bilan hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish.
3-yo‘nalish. Zamonaviy texnologiyalar asosida umumta’lim muassasalari zamonaviy
axborot-kutubxona muhitini yaratish.
- Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilishni hisobga olgan holda,
ta’lim aloqalari qatnashchilari uchun elektron axborot va elektron o‘quv
resurslariga bepul kirishni ta’minlash.
- Maktab kutubxonasida asosiy va qo‘shimcha o‘quv dasturlarini amalga
oshirishga, shu jumladan kollektiv va individual loyihalar va tadqiqotlarni
amalga oshirishga, etnik-madaniy ta’limni rivojlantirishga va umuman olganda
o‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirishga ko‘maklashadigan maqsadli yuqori
sifatli ko‘pfilmli fondlar (bosma, multimedia, raqamli) yaratish.
- Maktabdan tashqari faoliyat uchun o‘qitish, ijodiy va bo‘sh vaqtlarini o‘tkazish
bo‘yicha keng qamrovli vositalarni amalga oshirish uchun maktab kutubxonalari
asosida resurslarni to‘plash;
- elektron kutubxona, masofaviy ta’lim texnologiyalarini joriy qilish uchun maktab
kutubxonalari asosida shart-sharoit yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |