Maktabgacha pedagogik tadqiqotlarni modellashtirish
-mavzu. Pedagogik tadqiqotning maqsad va vazifalari
Download 232.16 Kb.
|
мажмуа MPTModellashtirish УРДПИ
7-mavzu. Pedagogik tadqiqotning maqsad va vazifalari
Reja: 1.Tadqiqotning maqsadi – ilmiy izlanishning ideal (bashorat qilinayotgan) natijasi. 2.Tadqiqot maqsadini aniqlashga qo‘yiladigan metodologik talablar. 3.Tadqiqotning ilmiy-nazariy va konstruktiv-normativ funksiyalari. Tadqiqotning maqsadi - ilmiy izlanishning ideal (bashorat qilinayotgan) natijasi. Ilmiy tadqiqotda maqsad muhim o‘rin tutadi. Amerikalik olim Jon Kxo “Har qanday faoliyatda aniq maqsad etmish foiz ijobatdir” deb yozadi. Ilmiy tadqiqot maqsadi izlanuvchining yara- tuvchanlik tuyg‘usi, fanning dolzarb muammosi, mavzuga doir axbo- rotlarni aniqlanganligi, ijodiy ilhom, ilmiy til, muammoni yechimini bashorat qila olish kabi imkoniyatiar asosida umumlashtiriladi. Tadqiqot maqsadi - bu ilmiy izlanishning prognozlashtirilgan (ideal) natijasi, metodologik triadaning tarkibiy qismlaridan biri: maq- sad, vosita, natija. Pedagogik tadqiqot maqsadi umumiy ko‘rinishda yangi ilmiy- metodik mahsulni o‘zida aks ettirib, tadqiqot so‘nggida yuzaga chiqishi mumkin. Birinchi bo‘limda ta’kidlab o‘tilganidek, pedagogika ijtimoiy fan sifatida ikki asosiy vazifani bajaradi: ilmiy-nazariy va konstruktiv-texnik (me’yoriy). Pedagog-tadqiqotchi ilmiy-nazariy funksiyani amalga oshirar ekan, u pedagogik voqelikni bor holaticha aks ettiradi: tashhis etadi, baholaydi, u yoki bu pedagogik vositalar, ta’lim modellarning samaradorligi yoki samarasining pastligini izohlaydi (empirik daraja); ta’lim-tarbiya, pedagogik voqelikning mohiyatini anglaydi (“nima mavjud?”); pedagogik qonuniyatlarni o‘rnatadi; ijtimoiy-madaniy o‘sish darajasini hisobga olgan holda ta’limning komponentlari, darajalari, sohalarini ilmiy nuqtai nazardan asoslaydi; fanlararo aloqadorlik asosida falsafa, yosh va pedagogik psixologiya, pedagogika va boshqa sohalarga oid bilimlarni integrallash vositasida yangi didaktik va tarbiyaviy tizimlarni asoslaydi (nazariy daraja). Lekin pedagogika, tabiiy fanlardan farqli oMaroq nafaqat pedagogik voqelikni aks ettiradi, balki unga qaytadan o‘zgartirish kiritish vositalari(me’yorlar)ni ishlab chiqadi. Konstruktiv-texnik funksiyani bajarish jarayonida tadqiqotchi “zarur bilimlar”ni, ya’ni pedagogik jarayonning natijaviyligini ta’minlovchi me’yoriy, ko‘rsatmali-tavsifiy (tamoyillar, usullar, shakllar, metodik qoidalar, tavsiyalar) bilimlarni qo‘lga kiritadi. U yoki bu darajada ilmiy-nazariy va me’yoriy funksiyani ko‘plab pedagogik tadqiqotlar bajaradi. Masalan, tadqiqot maqsadi quyidagicha shakllantirilgan: “ta’limning mazmunli komponenti sifatida shaxsiy tajribaning tabiatini aniqlash va uni ta’lim mazmuniga singdirish me’yorlarini ishlab chiqish” (A.V.Zelensova); “aniqlash” mazkur tadqiqotning ilmiy-nazariy, “ishlab chiqish” esa - me’yoriy funksiyasiga taalluqli. Tadqiqot vazifalari dissertatsiyaning istiqbolli rejasida, mazmun- mundarijasida o‘z ifodasini topadi. Tadqiqotchining mutaxasisligi, qiziqishi, yaratuvchilik qobiliyati, ijodga intilishi aniq maqsadi va vazifasini belgilashda namoyon bo'ladi. Tadqiqot boshlanishida qo‘yilgan maqsad, vazifa qo‘lami kam bo'lsada, izlanish jarayonida ko‘proq yutuqlarga erishi, yangi konsepsiyalar yaratilishi, qonuniyatlar ochilishi tajribalarga ega bo‘lish mumkin. Tadqiqot maqsadi, vazifaiarda o‘rganayotgan voqelik, predmet, uning tarkibi, mohiyati, boshqa voqea-hodisalar bilan bog‘liqligi, umumiy qonunityalar, nazariy asoslari, ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarni; mavjud shart-sharoit asosida tadqiqot obyekti va predmetini aniqlash; ilmiy izlanish metodlarini tanlash, kuzatish olib borish, tajribalar o‘tka- zishdan; amaliyotga joriy etish, tavsiyalar ishlab chiqish ifodalanadi, belgilanadi. Tadqiqotning maqsadi va vazifalarini aniqlashtirishga doir mi- sollar. Download 232.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling