Maktabgacha ta’lim fakulteti “Mutaxasislik fanlarini o’qitish metodikas”


O'qitishda tizimlilik va izchillik tamoyili-


Download 102.9 Kb.
bet4/11
Sana10.11.2023
Hajmi102.9 Kb.
#1763926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Fakulteti “Mutaxasislik fanlarini o’qitish metodikas”-fayllar.org

O'qitishda tizimlilik va izchillik tamoyili- tizimlilik va izchillik tamoyili o'qitishni shunday tashkil etishni talab etadiki, bunda o'quv fanlarini o'qitish qat'iy mantiqiy tartibda olib boriladi. Talabalar bilim, ko'nikma hamda malakalarni izchillik bilan egallab boradilar va ayni zamonda amaliy vazifalarni hal qilish uchun ulardan foydalanishni o'rganadilar. Tizimlilik va izchillik tamoyili pedagogik jarayonning hamma bo'g'mlarida amalga oshiriladi.
Uning talablari darsliklar va dasturlarni tuzishda o'z aksini topadi. Ulardagi material bir qator didaktik talablar bo'yicha joylashtiriladi. O'quv dasturida nazariy va amaliy mashg'ulotlar bir-biriga uzviy bog'lanishi saqlanishi kerak. Har bir darsda o'quv maqsadini aniq belgilash va belgilangan maqsadga muvofiq keluvchi mazmunm tarkib toptirish kerak. Har bir kasbiy fan uchun o'quv dasturi talabiga mos holda dastavval tayanch tushunchalarni aniq belgilab olib, ularning darajasi va me'yorini aniqlash kerak. Maxsus fanlarni o'qitishda qo'llaniladigan usullarni aniq belgilab, yuqori samara beruvchi usullardan foydalanish, mashg'ulotlar davomida berilayotgan bilim va ko'nikmalarning talabalar tomonidan o'zlashtirish darajasini belgilovchi nazorat va tekshirishning turli usullari hamda testlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Talabalarning ma'lumot darajasi oshib borishiga va rivojlanishiga qarab predmetni bayon qilishning didaktik tizimi fan tizimiga tobora yaqinlashib boradi. Mashg'ulotlarni o'tkazishda dasturga aniq rioya qilish va talabalarning darslik bilan ishlashi ularning bilimlarni muayyan tizimda o'zlashtirib olishga yordam beradi.
Ta’lim jarayonida tizimlilik va izchillik tamoyilini amalga oshirishda ta’lim beruvchi o‘quv materiallarini oldingisini keyingisi uchun asos bo‘lishi, keyingisi esa, oldingisining davomi va oldingisi bilan mustahkam bog‘liq bo‘lishini ta’minlashi lozim.
Darsning tizimli va izchil bo‘lishida quyidagilarga e’tibor berish, ya’ni ma’lumdan – noma’lumga, osondan – qiyinga, oddiydan – murakkabga, yaqindan – uzoqqa, yakkadan – umumiyga, umumiydan – juz’iyga, konkretdan – abstraktga, misollardan – qoidalarga o‘tish tavsiya etiladi. Amaldagi qo‘llanib kelayotgan DTS talablari asosidagi o‘quv rejalari va dasturlari ham ta’limning tizimli va izchil bo‘lishiga amal qilingan holda tuzilmoqda. Xullas, ta’limning ilmiy, tizimli va izchil bo‘lishi tamoyili ta’lim jarayonida bir – biriga mustahkam bog‘langan holda umumiy birlikni tashkil etadi.
Ilmiylik tamoyili talabalarga o'rgatish uchun ilmiy jihatdan asoslangan, amalda sinab ko'rilgan ma'lumotlar berilishini talab etadi. Ularni tanlab olishda fan va texnikaning eng so'nggi yutuqlari va kashfiyotlaridan foydalanish kerak.
Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida talabalarda ilmiy dunyoqarash, tafakkur rivojlanadi. Har bir darsda o'qitiladigan o'quv materialining ilmiy mazmuni keng va chuqur bo'lishi va talabada nafaqat bilim, balki tafakkur hosil qilishi hamda uning ijodiy qobiliyatini shakllantirishi kerak. Buning uchun esa o'qituvchi o'z ilmiy saviyasini izchil ravishda oshirib bonshi, zamonaviy pedagogic texnologiyalar, kashfiyotlar va ilmiy yangiliklardan xabardor bo'lishi lozim. Talaba o'rganayotgan bilimlar, albatta, nazariy tasdiqlangan va amalda sinalgan bo'lishi kerak.

Download 102.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling