Maktabgacha ta’lim fakulteti “Mutaxasislik fanlarini o’qitish metodikas”


Download 102.9 Kb.
bet6/11
Sana10.11.2023
Hajmi102.9 Kb.
#1763926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Fakulteti “Mutaxasislik fanlarini o’qitish metodikas”-fayllar.org

Ta’limda ko'rgazmalilik tamoyili. Ta’limning ko‘rsatmalilik tamoyili o‘quv materiallarini konkret obrazlar orqali bevosita ta’lim oluvchilarning idrok qilishlarini ta’minlashga qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Zotan ko‘rsatib, anglatib, tahlil va sintez qilib, amaliy sur’atda ishlatib berilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar ta’lim oluvchilar ongiga tezroq singadi, xotirasida uzoq saqlanadi. O'qitishning ko'rsatmaliligi shuni tasdiqlaydiki, agar talabalarda o'rganilayotgan jarayonlarni narsa va hodisalarni bevosita idrok qilish bilan bog'liq muayyan hissiy - amaliy tajriba bo'lgan taqdirdagina ular bilimlarni ongli ravishda o'zlashtiradilar hamda ularda ilmiy tasavvur va tushunchalar hosil qilish mumkin.
Bu tamoyil o'qitish jarayonida turli sezgilardan: ko'rish, eshitish, badan bilan sezish va boshqalardan foydalanishni talab etadi. Buyum qanchalik har tomonlama idrok qilinsa, talabalarning shu buyum haqidagi bilimi ham shunchalik to'la va chuqur bo'ladi.
Ko'rsatmalilik tamoyili o'qitish maqsadlariga mos bo'lib, materialning mazmuni bilan belgilanadi. Bu materialni o'rganish esa talabalarni chinakam ilmiy va hayotiy bilimlar bilan qurollantirishi kerak. Ko'rsatmalilik bu bilimlarni yaxshiroq o'zlashtirib olishga hamda uiarning hayot bilan, mehnat amaliyoti bilan bog'lanishiga yordam beradi. Mashg'ulotlarda turli xil ko'rsatmali qurollarni qo'llash talabalarning fikrlash faoliyatini faollashtiradi, ularning diqqatini aynan o'tilayotgan mavzuga jalb etadi. Shuning uchun ko'rsatmalilik vositalari o'qitishning hamma bosqichlarida talabalarning yangi mavzuni tushunishlarida, bilimlarini mustahkamlashda, tekshirish hamda amaliy faoliyatida va ishda qo'llashlarida, mehnat ko'nikmalari va malakalarini hosil qilishda tatbiq etiladi.
Bilimlarni iloji boricha ko'rgazmali va real hayotga yaqin qilib tatbiq etish bir tornondan tilning tushunarligini va o'qitish jarayonida audio-vizual vositalardan foydalanishni talab qilsa, ikkinchidan, u bevosita ish jarayonida va real holatda o'qitishni talab etadi.
Ko‘rgazmali qurollar darsning maqsadi, mavzuning xarakteri va mazmunini hamda ta’lim oluvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olib qo‘llaniladi. O’qitishda talabalarning yoshi va individual imkoniyatlarini hisobga olish tamoyili. Har bir talaba o'zining individual (jismoniy, psixik va b.) xususiyatlariga egaki, bu uning o'quv faoliyatiga katta ta'sir etadi. Pedagogning bu xususiyatlarni o'rganishi va hisobga olishi ta'lim-tarbiya sifatini oshirish va har bir talabaning ijobiy qobiliyatlarmi rivojlantirish uchun sharoit yaratadi.
Talabaning bunday xususiyatlarini o'rganish uzoq vaqt mobaynida olib boriladi. Pedagog talabalarning mashg'ulotlardagi va ishlab chiqarish ta'limi vaqtida ustaxonalardagi ishini, uy vazifalarini bajarishini kuzatadi, ularning bilimi, yozma ishlari va tayyorlagan buyumlarini tekshiradi, darsdan tashqari vaqtlarda ular bilan suhbatlashadi. Talabaning kuchli va ojiz tomonini bilib olishga, uning qiziqishlari, tafakkuri, nutqi, xotirasi, diqqati, xayoliga xos bo'lgan xususiyatlarni o'rganishga, uning xarakteri va iroda sifatlarini yaxshi bilib olishga harakat qiladi, hayotiy va mehnat tajribalarini, ularning o'qishga kelishdan oldingi faoliyati xususiyatlarini o'rganadi.
Ta’limda ta’lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish – jonli va samarali dars o‘tish garovlaridan biridir. Ta’lim beruvchi o‘quv materialini ta’lim oluvchilar uchun tushunarli qilib o‘tishi uchun, ularning yoshi va individual xususiyatlarini diqqat markazida saqlashi shart. O‘quv materiallari ta’lim oluvchilarning yoshi va ma’lumotiga qanchalik loyiq, mos bo‘lsa, bu o‘quv materiali ta’lim oluvchiga yaxshi tushunarli bo‘ladi va uzoq vaqt xotirasida saqlanadi. O‘quv materialini ta’lim oluvchining yoshiga va individual xususiyatiga mos holda o‘tish uchun ta’lim beruvchi quyidagi shartlarga amal qilishi lozim:
 ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarining anatomik, fiziologik va psixologik xususiyatlarini yaxshi bilishi;
 ta’lim beruvchining o‘quv rejasi, o‘quv dasturi, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va zarur qo‘shimcha adabiyotlarni qunt bilan o‘rganib chiqishi;
 guruhdagi ta’lim oluvchilar tarkibi, fan va mavzuning maqsadi hamda xarakteriga, darsning maqsadiga qarab o‘qitishning yangi – yangi usullarini qo‘llashi;
 dars jarayonida o‘z nutqini izchil, tizimli va emotsional, ta’sirli bo‘lishiga erishish;
 dars jarayonida ta’lim oluvchilar diqqatini markazlashtira olishi va hokazo.

Download 102.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling