Maktabgacha ta’lim fakulteti “Mutaxasislik fanlarini o’qitish metodikas”


Mutaxassislik fanlar mazmunini belgilovchi muhim g‘oyalar(asoslar)


Download 102.9 Kb.
bet10/11
Sana10.11.2023
Hajmi102.9 Kb.
#1763926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Fakulteti “Mutaxasislik fanlarini o’qitish metodikas”-fayllar.org

2.2. Mutaxassislik fanlar mazmunini belgilovchi muhim g‘oyalar(asoslar)2
Ta’lim mazmuni – bu jamiyatning shaxsni ma’naviy rivojlanishi darajasiga qo‘yilgan talablar, jamiyatning ijtimoiy tajriba va madaniyatini aks ettirgan ijtimoiy buyurtmasi modelidir. Ijtimoiy tajriba quyidagi to‘rt element bilan tavsiflanadi: - inson tabiat, jamiyat haqidagi bilimlari - faoliyatning ko‘nikma, malaka va usullari; - yangi vazifalarni hal etish bo‘yicha ijodiy faoliyat tajribasi; - atrofdagilar bilan o‘zaro emotsional (hissiy) – qadriyatli munosabatlar tajribasi.
Shularga muvofiq zamonaviy didaktika g‘oyalariga ko‘ra ta’lim mazmunining tarkibida quyidagilar o‘z aksini topadi:
1) olam haqidagi bilimlar;
2) faoliyatni amalga oshirish usullari tajribasi;
3) ijodiy faoliyat tajribasi;
4) atrof-muhitga emotsional (hissiy) qadriyatli munosabat tajribasi.
Bilim va ko‘nikmalar ijodiy faoliyat asosi bo‘lib qolishi mumkin, lekin unga tayyorlikka kafolat bo‘la olmaydi. Ijodga, ta’limning o‘ziga xos turi sifatida maxsus o‘qitish kerak bo‘ladi. Atrof-muhitga emotsional-umumiy munosabatda bo‘lish u haqida bilish, lekin ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmaslikni nazarda tutadi. Uni rivojla
Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish ta’lim muassasasining o‘quvchiga e’tibor haratishi, uning shaxsi, xohish-istak va qiziqishlarini hurmat qilishi, birinchi navbatda bolalarning qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning mustaqil hayotda o‘z yo‘llarini topib olishlari uchun sharoit yaratishni ko‘zda tutadi. Insonparvarlashtirish gumanitar va tabiiy fanlarni optimal nisbatlarda bo‘lishi, matematik, biologik, texnik kurslar mazmunini insoniylik haqidagi bilimlar bilan boyitishni ko‘zda tutadi. Ta’lim mazmunida insonparvarlik g‘oyalarining aks etishi o‘quvchilarda fikrlash layoqatining shakllanishiga yordam beradi.
Ta’limni insonparvarlashtirish bu ta’lim tizimi va butun ta’lim jarayonini har bir inson huquqlarini hurmat qilish, pedagoglar o‘rtasida o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni rivojlantirish, ularning sog‘liqlarini saqlash va mustahkamlash, shaxsiy qadrqimmatlarining his etishlarini ta’minlash va shaxsiy imkoniyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ta’limni insonparvar (gumanitar)lashtirish yangi tayanch o‘quv rejasining ikkinchi muhim g‘oyasidir. Ta’limni gumanitarlashtirish birinchi navbatda tayanch o‘quv rejasida gumanitar fanlar hajmini oshirishda o‘z ifodasini topadi. Bu xususan estetik tarbiyani tashkil etishga o‘quv vaqtini ikki barobar ko‘paytirishga imkon beradi. Gumanitarlashtirish – bu ta’limning bosqichi va turidan qat’iy nazar asosiy ijtimoiy muammo - inson farovonligi muammosini hal etishga imkon beruvchi ta’lim mazmunini o‘zlashtirishga yo‘naltirishdir.
Ta’lim yangi mazmunini ishlab chiqishning uchinchi g‘oyasi – ta’limni differentsiyalashtirish. Bu yo‘nalish majburiy kurslar bilan birga katta sinflarda chuqurlashtirilgan va ixtisoslashtirilgan o‘qitish, fanlarni tanlash asosida olib borishni ko‘zda tutadi. Sinfda, sinflar o‘rtasida hamda turli yoshdagi o‘quv guruhlarida fakultativ kurslarni individual, guruhli mashg‘ulotlar hamda qiziqishlariga ko‘ra to‘garaklarni rivojlantirish ham ko‘zda tutiladi. Differentsatsiyalash – bu zamonaviy sharoitda ta’limni rivojlantirish umumiy yo‘nalishi hisoblanadi. Respublikada o‘tgan asrning 90-yillarida ta’limni differentsatsiyalash maqsadida ixtisoslashtirilgan maktablar va sinflar (fizika, ximiya, matematika, chet tillarini chuqur o‘rganish bilan) litseylar, gimnaziyalar ochildi.
XULOSA

Xulosa qilib aytganda mutaxassislar tayyorlashga qo’yilgan talablarning hujjatli asosini tasvirlaydigan o’quv dasturlarida pedagogik maqsadlarning to’liq va aniq belgilanishini talab qilinadi. To’liqlik deganda mazmunning barcha zaruriy va qo’yilgan maqsadga erishish uchun etarli elementlari kiritish tushuniladi. Aniqlik deganda esa real o’quv jarayonida berilgan mazmunda joriy qilish yo’lini ko’rsatadigan elementlar va belgilar tasavvur etiladi.


O’quv dasturlarida talabalar o’quv rejasiga kiritilgan har qaysi fandan nimani va qanday izchillikda o’rganish kerakligi, shuningdek, talabalar bilib olishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar hajmi belgilab beriladi. O’quv dasturlarining mazmuni kasb tavsifnomalarning talablari asosida aniqlanadi. Dasturlarni ishlab chiqishda didaktik tamoyillarga va malakali mutaxassislar tayyorlash mazmuniga qo’yiladigan talablarga amal qilinadi.
O’quv materialini tanlashda mavzuni o’rganishga ajratilgan vaqt va talabalarning materialni o’zlashtira olish-olmasligi hisobga olinadi. Umumkasbiy va ixtisoslik fanlari dasturlarida shunday o’quv materiali bo’ladiki, talabalar bu materialni o’rganib, ishlab chiqarishning hozirgi zamon texnikasi va texnologiyasi asoslarini o’rganilayotgan kasbni ongli ravishda, puxta va chuqur egallash hamda ishlab chiqarish malakasini yanada oshirish uchun zarur bo’lgan hajmda o’zlashtiradilar.
Umumkasbiy va ixtisoslik fanlari dasturlarida o’quv materiali mazmunini aniqlashda avvalo ilmiylik tamoyiliga asoslaniladi. Bu tamoyilga muvofiq, o’rganish uchun ilmiy tadqiqotlar bilan asoslab berilgan va tajribada tekshirib ko’rilgan jarayon, hodisa va faktlar, fan hamda texnikada qabul qilingan tushuncha, atama, qoida va belgilar tanlab olinadi. Ilmiylik tamoyili o’quv materialni mantiqiy izchillik bilan bayon etishni, har bir yangi hodisa yoki narsani har tomonlama o’rganishni, mazkur ob’ektning o’ziga o’xshash boshqa ob’ektlar bilan ham, o’zidan farq qiladigan ob’ektlar bilan ham bog’lanishidagi xilmaxillikni aniqlashni talab etadi.
Umumkasbiy fanlari dasturlarida o’quv materialining mazmunini va uni o’rganish ketma-ketligini aniqlashda, asosi ochib berilayotgan fanning mazmuni, mantiqiga asoslaniladi. Masalan, elektrotexnika, gidravlika va pnevmoyuritmalar, amaliy mexanika, issiqlik texnikasi, ekologiya kabi fanlarning dasturlari mazmuni jihatidan eng barqaror dasturlardir. Dasturlardagi o’quv materialiniig mazmunini aniqlash tamoyillaridan biri uniig talabalarga tushunarli bo’lishidir. O’quv materialining tushunarli bo’lishi deganda, uni soddalashtirish yoki engillashtirish tushunilmasligi kerak.
O’quv materialining tushunarliligi deganda, uning talabalar uncha qiynalmay o’zlashtira oladigan darajada ochib berilishi tushuniladi. Shunday qilinganda talabalarning tafakkuri, xotirasi, irodasi rivojlanadi. O’quv materialini tushunadigan qilib tanlashda bilimlar hajmini va o’quv materialinint ochib berilish chuqurligini aniqlash ko’zda tutiladi. Dasturning har bir mavzusi bo’yicha bilimlar hajmini belgilashda zarur bo’ladigan asosiy materialga, shuningdek, ko’rgazmali va ma’lumotnoma materialga asoslaniladi hamda uning hajmi bilan talabalarning fikrlash va xotirada saqlab qolish imkoniyatlariga taqqoslab ko’riladi. Bunda o’qitish davri, mavzuga ajratilgan vaqt, o’quv materialining muhimligi, talabalarning tayyorgarlik darajasi, fanlararo bog’lanishlar hisobga olinadi.

Download 102.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling