Maktabgacha ta’lim fakulteti “Mutaxasislik fanlarini o’qitish metodikas”
Download 102.9 Kb.
|
Fakulteti “Mutaxasislik fanlarini o’qitish metodikas”-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqitishning tushunarli bolishlilik tamoyili
- Oqitishda nazariya bilan amaliyotining o‘zaro bogliqlik tamoyili
Faollik tamoyili - talaba o'zi harakat qilgan paytda yaxshi o'rganadi va o'zlashtiradi. Shuning uchun o'quv jarayoni shunday tashkil qilinishi kerakki, talaba ilm olishga ongli munosabatda bo'lsin.
Talabalar har bir darsga faol qatnashishi kerak. Chunki talaba qandaydir ish bajarishda u ishni ongli ravishda o'zlashtiradi va bu bilim xotirasida chuqurroq o'rnashib qoladi. Natijada talabalar darslarni yaxshiroq va chuqurroq o'zlashtirgani uchun mukammal bilimga ega bo'lish bilan birga, ularning bu sohada qiziqishi ortadi. Mustaqillik va individual ravishda o'rganish kabilarga faqat shu tarzda erishish mumkin. Buning uchun, o'qituvchi juda yaxshi uslubiy qobiliyatlarga va ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak. O'qitishning tushunarli bo'lishlilik tamoyili o'rganilayotgan material maznuini, hajmi va o'qitish usullariga ko'ra talabalarning yoshiga, tayyorgarlik darajasiga, jismoniy kuchi va bilish imkoniyatlariga mos bo'lishini talab etadi. O'qitishning tushunarli bo'lishi deganda uni oson o'zlashtiriladigan bo'lishi tushunilmaydi. Haddan tashqan oson materialni talabalar ortiqcha kuch-g'ayrat sarflamay o'zlashtirib oladilar. Bunday o'qitish talabalarning aqliy bilish imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam bermaydi. O'qitishni tushunarliligi talaba imkoniyatlarining eng yuqori chegarasi va uni asta-sekin oshirib borish bilan belgilanadi. Ta'lim jarayonining borishida talabalar oldiga qo'yiladigan o'quv va mehnat topshiriqlarini izchillik bilan murakkablashtirib borish ularning aqliy imkoniyatlari va jismoniy kuchlarini rivojlantiradi. O'quv materialining mazmuni shunday tanlangan va tuzilgan bo'lishi kerakki, talabalar uni o'zlarining avval olgan bilimlari bilan bog'lay olishlari va uni tushunishda qiynalmasligi lozim. O'qitishda nazariya bilan amaliyotining o‘zaro bog'liqlik tamoyili - dars jarayonida ta’lim oluvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishda nazariya bilan amaliyotni birgalikda qo‘shib olib borishni taqozo etadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ishlab chiqarishning kadrlar tayyorlash tizimidagi mavqeini kuchaytirish quyidagi yo‘llar bilan ta’minlanishi belgilab qo‘yilgan: ta’limni karxonadagi unumli mehnat bilan, shu jumladan ishlab chiqarish amaliyoti jarayonidagi mehnat bilan qo‘shib olib borish asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlash; kadrlar tayyorlash hamda birgalikda ilmiy-texnologiya ishlanmalarini olib borishda korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish; ta’lim oluvchilarni mehnat jamoalarida tarbiyalash (mehnat, ma’naviy va jismoniy tarbiyalash); ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlarini inobatga olib, texnika va texnologiyalarni rivojlantirishning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; pedagog kadrlarning ilg‘or texnologiyalar sohasidagi malakasini bevosita ishlab chiqarishda muntazam oshirib borish; ishlab chiqarishning yuqori malakali kadrlarini ta’lim jarayoniga va pedagogik faoliyatga jalb etish; ishlab chiqarish amaliyotini o‘tish uchun ta’lim oluvchilarni ish joylari bilan ta’minlash; o‘zaro integratsiyalangan ta’lim muassasalarini zamonaviy uskunalar, apparatlar va asboblar bilan jihozlash. Ilmiy bilimlar kishilarning ishlab chiqarish faoliyati ehtiyojlari asosida paydo bo'lib, ana shu faoliyatga xizmat qilganligi va hayot bilan bog'langanligi sababli, bu bilimlarni egallash uchun ularni mazmunan o'zlashtirish va amalda qo'llay bilish ham kerak. Talabalarni amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlarni egallash jarayonidan boshlanadi. Keyinchalik u tajriba va amaliy mashg'ulotlarda davom ettiriladi. Bu mashg'ulotlarda talabalar o'qituvchi rahbarligida tajriba sharoitida olingan bilimlarini tekshiradilar, mustahkamlaydilar va chuqurlashtiradilar. Ularni amalda qo'llanish ko'nikmalari va malakalarini hosil qiladilar. Ishlab chiqarish ta'limi talabalar amaliy faoliyatining muhim bosqichidir. Ular egallagan nazariy bilimlari asosida tanlagan kasblariga doir mehnat ko'nikmalari va malakalarini hosil qiladilar. Shu bilan birga, nazariy bilim ham to'ldirilib, aniqlashtirilib boriladi. Bu tamoyil ta’lim beruvchi o‘quv materialini bayon qilishda fanning birorta qoidasi va qonunini tushuntirilayotganda, shu qonun – qoidalardan amaliyotda qanday va qaysi holatlarda foydalanilishi ham ko‘rsatib berishni talab etadi. Ta’lim beruvchi nazariyani – amaliyot bilan bog‘lashda ta’lim oluvchilarning nazariy bilimlarini misollar echishda, masalalar hal qilishda, o‘quv laboratoriyasi, o‘quv ustaxonalari va har xil fan to‘garaklarida amalda qo‘llashga o‘rgatishni unutmasligi kerak. Chunki amaliyot – bilishning mezoni, etalonidir. Download 102.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling