Maktabgacha ta’lim fakulteti “Mutaxasislik fanlarini o’qitish metodikas”


O‘qitishning tarbiyalovchi xarakteri tamoyili


Download 102.9 Kb.
bet5/11
Sana10.11.2023
Hajmi102.9 Kb.
#1763926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Fakulteti “Mutaxasislik fanlarini o’qitish metodikas”-fayllar.org

O‘qitishning tarbiyalovchi xarakteri tamoyili. Mustaqillik tufayli O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishni amalga oshirilmoqda. Bunda ta’limtarbiya tizimi ham tubdan isloh etilmoqda.
A.Avloniy ta’lim bilan tarbiyani uzviy ravishda olib qaraydi va dars ila tarbiya orasida bir oz farq bo‘lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydurg‘on, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur - deb ta’kidlaydi.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Kariimovnnng “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch asarida” ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi – deb ta’kidalanadi.
O'qitish va tarbiyalash jarayonlari bir-biriga uzviy bog'liq bo'ladi. O'qitish bilim berish vazifalarini hal qilish bilan birga talabalarga juda katta tarbiyaviy ta'sir ham ko'rsatadi. U talabalarning bilish imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, ularning o'quv va mehnat faoliyatidagi faolligi va mustaqilligini, bilimga qiziqishini oshirishga yordam beradi.
Biroq o'qitish jarayonidagi tarbiyaning maqsadi, mazmuni, g'oyaviy yo'nalishi va talabalarga ta'sir etish samaradorligi bir qator shartlarga bog'liq bo'lib, ulardan asosiylari: o'rganilayotgan fanning mazmuni, o'quv mashg'ulotlarining tashkil etilishi va metodikasi hamda bu mashg'ulotlarni o'tkazayotgan pedagogning shaxsiy fazilatidir.
O'quv mashg'ulotlarining to'g'ri tashkil etilishi va ularni o’tkazish metodikasi talabalarga juda qattiq tarbiyaviy ta'sir ko'rsatadi. Mashg'ulotlarda talabalarning bilim, ko'rtikma va malakalarni egallashga doir individual ishlari ham, bu ishlarning guruhli ko'rinishlari ham qo'llaniladi.
Ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida tarbiyaviy yo'nalishning ustuvorligini ta'minlash asosiy mezon hisoblanadi.
Tarbiya orqaligina inson o'z shaxsini anglaydi. O'z-o'zini anglagan kishigina o'z qobiliyatlari va imkoniyatini bilgan holda ehtiyojini shakllantirish zaruratini vujudga keltiradi.
Ta’lim jarayonida o‘tilayotgan mavzuning mazmunidan kelib chiqqan holda tarbiyaviy tomonlarini to‘g‘ri belgilash ham uni ta’lim bilan birga bir butunlikda amalga oshirishni ta’minlash juda muhimdir. Ta’lim va tarbiyaning birligi:
 o‘zlashtirilayotgan ilmiy bilimlar orqali ta’lim oluvchilarda ilmiy dunyoqarashni tarkib toptirish;
 shu jarayonda ta’lim oluvchilarga muayyan ma’naviy sifatlar, ahloq normalarini singdirish;
 ta’lim oluvchilarning aqliy kamoloti, qobiliyatlarini yanada rivojlantirib borish va hokazo.
Didaktik reduksiya tamoyilida talabaning bilimlarni yuqori darajada o'zlashtirishi uchun bu o'quv materiali kerakli miqdorgacha qisqartirilishi lozim.
Agar o'quv materialining hajmi juda katta bo'lsa, undan kerakli qismlar tanlab olinishi kerak. Majmuaviy va murakkab topshiriqlar osonlashtirilishi lozim, lekin ma'nosi o'zgarmasligi shart. Shuning uchun, agar faqat boshlang'ich bilimlar berish kerak bo'lsa. o'quv materialini iloji boricha oddiyroq tushuntirishga va nihoyatda ko'p va keng o'quv materiali bilan talabani qiynamaslikka harakat qilish kerak.
Tajribali o'qituvchi murakkab jarayonlarni oson so'zlar bilan tushuntira oladi. Ta’limni ongli o‘zlashtirish tamoyili, bir tomondan ta’lim oluvchilarning mustaqil, faol fikr yuritishlarini nazarda tutsa, ikkinchi tomondan, aynan shu jarayon davomida ta’lim oluvchilarning mustaqillik va faolliklarining hamda, mantiqiy, erkin fikrlash faoliyatlarini tarbiyalab, takomillashtirib borishni o‘z ichiga oladi. O‘qitishda onglilik va faollik dastavval, aqliy fikrlash faoliyatidagi aniqlikka bog‘liqdir. Tafakkur qilishdagi faollik esa, bayon qilingan o‘quv materiallari yoki tevarak – atrofni o‘rab olgan ob’ektiv borliqdagi narsa va hodisalar, voqealar ustida fikr yuritishdir. Faol fikrlash operatsiyalarida, ya’ni taqqoslash, solishtirish, tahlil – sintez qilish, abstraksiya va umumlashtirishda namoyon bo‘ladi. SHunga ko‘ra, ongli va faol o‘zlashtirishga erishish uchun ta’lim jarayoni (har bir dars) ta’lim oluvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtirishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
O'qitishdagi onglilik tamoyili talabalardagi ta'lim jarayonining aniq maqsadlarini tushunish, o'rganilayotgan dalil, hodisa, jarayonlar va ular o'rtasidagi bog'lanishni tushungan holda o'zlashtirib olish, o'zlashtirilgan bilimlarni amaliy faoliyatda qo'llay bilish kabi me'yorlarni anglatadi. Namunalardan foydalanish tamoyiliga ko'ra o'qituvchi o'quv materialining mazmunini tushuntinsh uchun har doim yaxshi namunalar tanlashga harakat qilishi kerak. Yaxshi model, amaliyotdan tipik misollar, yaxshi yoki yomon mahsulotlar ham kutilgan darajadagi natijaning sifati qanday bo'lishi yoki bo'lmasligini aniq ko'rsatadi.

Download 102.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling