Maktabgacha ta'lim metodikasi kafеdrasi bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi


Normal tug‘ilgan bolaning jismoniy rivojlanganlik darajasiga xos ko’rsatkichni belgilang?


Download 1.25 Mb.
bet30/74
Sana24.01.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1116151
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74
Bog'liq
Bolalar psix. majmua 2021

3. Normal tug‘ilgan bolaning jismoniy rivojlanganlik darajasiga xos ko’rsatkichni belgilang?
A. o‘rtacha vazni 2800-3500 kg, bo‘yi 45-52 sm bo‘ladi*
B. o‘rtacha vazni 2500-3800 kg, bo‘yi 52-75 sm bo‘ladi
C. o‘rtacha vazni 3800-4500 kg, bo‘yi 70-75 sm bo‘ladi
D. o‘rtacha vazni 2000-2500 kg, bo‘yi 45-52 sm bo‘ladi
4. Yangi tug‘ilgan bola miyasining umumiy vazni 1 yoshga to‘lguncha qancha grammga ortadi?
A. 400gram
B.600 gram
B.800 gram
C.1000 gram
5. Go‘dak bolalarda qaysi xususiyati katta odamlarga qaraganda ham o‘tkirroqdir?
A. hid bilish
B. ko’rish
C. tuyish organi
D. eshitish
6. Kichik yoshli bolalarda tanib olish qobiliyatining borligi idrok qilgan narsa va hodisalarini…………… imkonini beradi .Nuqtalar o’rnini to’ldiring?
A. esda olib qolish*
B. tasavvur qilish
C. his-qilish
D. bilish
7. Bir-ikki haftalik chaqaloqlarga xos bo’lmagan jarayonni toping?
A.Orentrofka
B. Teri sezgisi
C. Eshitish sezgisi
D. Diqqat*
8.Necha oylik bolalar taqir-tuqurga quloq soladigan bo‘lib qoladilar?
A. 0-1 oylik bolalar
B.1-2 oylik bolalar
C.2-3 oylik bolalar *
D. 3-4 oylik boalar
9. Bolada olti-yetti oylik davrda yuzaga keladigan harakatlarni belgilang?
A. qo’l bilan ushlash
B. taqlid qilish*
C.dumalash
D.yurish
10. Professor N.I. Krasnogorskiyning o‘tkazgan tajribalariga ko‘ra, ranglarni farqlash bolalarda qaysi oydan boshlanad?
A. 1—2 oylik davrdan
B. 2—3 oylik davrdan
C.3—4 oylik davrdan*
D. 4—5 oylik davrdan




9-Mavzu: CHAQALOQLIK VA GO‘DAKLIK DAVRIDA MULOQOT. (2SOAT)
Dars o’quv maqsadi: Talabalarga chaqaloqlik va go’daklik davrining psixologik xusuiyatlari va shu davrdagi bolalar bilan muloqotni tashkil etish qonuniyatlari to’’risida bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilish.
Tushunchalar va tayanch iboralar: reflektor, muloqot, nutq, his-tuyg’u, "jonlanish"koplekisi, narsani idrok qilish
Asosiy savollar:

        1. Chaqaloqlik va go’daklik davrida his-tuyg’uning o’sishi.

        2. Go’dak va muloqot.

        3. Go’dakda muloqot qo’lamining kengayishi va nutqning vujudga kelishi

Asosiy o’quv matеriali qisqacha bayoni. Chaqaloqning hayoti qichqiriq sadosi bilan boshlanadi va bu ko’pincha shartsiz reflektor xususiyatidan kelib chiqadi. Dastlabki qichqiriq tovush chiqarish oralig’i qisilishning bevosita mahsuli sifatida, organizmning tabiiy ehtiyoji natijasida vujudga keladi. Qisilish avval nafas olish refleksini ham boshqaradi. Shunga qaramay, mutaxassis olimlarning fikricha, birinchi qichqiriq —noxush his-tuyg’uning namoyon bo’lishidir. Qisilish tanglik (zo’riqish) tuygusining vujudga kelishidir. Shuning uchun chaqaloqdaga muskul reaktsiyasi bilan emotsional munosabatni farqlash ancha qiyin. Qichqiriq noxush kechinma va sezgilarga javob tariqasida vujudga kelib, issiqqa, ochlikka va namlikka qarshilik vazifasini bajaradi. Chaqaloqni to’g’ri tarbiyalash jarayonida qichqiriq emotsional kechinmalarning yana bir turi yig’lashga aylanadi. Yig’lash bola jismoniy og’riqni, ruhiy qayg’uni, iztirobni tabiiy aks etgirishining manbai bo’ladi, tashqi olam bilan aloqa o’rnatishning eng zarur vositasi sifatida chaqaloqning hayot faoliyatida alohida ahamiyat kasb etadi. U noxush his-tuyg’ularnigina aks ettirib qolmay, tabiiy ehtiyojlarni qondirish mexanizmi sifatida xizmat qilishi mumkin.
Bola bir oyga to’lgach o’zini parvarish qilayotgan odamga intiladigan, talpinadigan bo’ladi va buning misoli tariqasida uning kishilar orasidan "o’z" kishisini tanishi va ajratishini aytish mumkin.
Mazkur psixologik holatni N.L.Figurin va M.P.Denisova "jonlanish" deb ataganlar. Bu davrda bolaning psixik dunyosida tetiklik, his-tuyg’usida esa atrof-muhitdan ta’sirlanish o’z aksini topadi. Ularning fikricha, bolaning katta yoshdagi odamlarga o’z munosabatini bildirishi uning bundan keyingi o’sishini belgilovchi bosqich vazifasini o’taydi. "Jonlanish" bolaning kattalar bilan o’ziga xos ravishda munosabatga kirishining yangi shakli sifatida vujudga keladi. Lekin tashqi qo’zg’atuvchining qitiqlashiga javob tariqasida namoyon bo’ladigan "jonlanish"ning tabiati hali ochilgani yo’q. Ehtimol, bu holat bolaning kattalar bilan muloqotining maxsus ko’rinishi va ovqatlanish refleksining mustahkamlanishi bilan bog’liqdir, u balki bolada ijobiy his-tuyg’ularni qo’zg’atish omilidir. Ba’zan bolada o’zini parvarish qiluvchi shaxsning muomalasi tufayli emotsional harakatlar vujudga keladi, natijada uning qo’l va oyoqlari harakati ildam va tez amalga oshadi. Bu jarayon intilish, iltijo, talpinish kabi tashqi ifodaga ega bo’lgan ichki psixik kechinmalarda o’z aksini topadi.
Psixolog E.K.Kaverina bolaning tashqi ta’sirga javob bildirishini tadqiq qilib, unda odamlar va jismlarga munosabat bir xilligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, insonning afti-angoriga qarab ijobiy his-tuyg’ular uyg’onishi keyinchalik vujudga keladi. Ta’sirga berilish va ta’sirlanishning mazkur shakli bola bilan kattalar o’rtasidagi aloqaning boshlang’ich ko’rinishi hisoblanadi. Shaxslararo alokaning bu shakli chaqaloqlik davrining tugashi va ilk bolalikning boshlanishidan dalolat beradi. Chaqaloqda paydo bo’ladigan ijobiy his-tuygularning oddiy tabiiy ehtiyojlarni qondirish bilan hech qanday bog’liqligi yo’q. Chunki psixik dunyodagi o’zgarishlarni o’rgangan M.Yu.Kistyakovskayaning 85 uqtirishicha, uyqusizlikdan qiynalish va ochlik uyg’otuvchi qo’zg’atuvchilarni bartaraf qilish salbiy kechinma va his-tuyg’uni pasaytiradi. Bolaning kattalar bilan ijobiy munosabatda bo’lishi zamirida tabassum, kulgi, ildam harakat, tovush chiqarish bo’lsa ham, bularning tabiiy-organnk ehtiyojlarni qondirish bilan hech qanday aloqasi yo’q. Aksincha, ijobiy emotsional holat yangi ijtimoiy ehtiyojning ko’rsatkichi bo’lib, bola katta yoshdagi odamlar bilan muloqotga kirishishining motivi va imkoniyagi rolini bajaradi.
Psixolog M.I.Lisina va uning shogirdlari ta’kidlaganidek, mazkur yosh davrida bola ko’z qarashlari, ixtiyorsiz harakatlari, sharpaga javobi, tamshanishi orqali kattalar bilan aloqa bog’laydi. Ko’p marta takrorlanish natijasida shartli refleks shaklida vujudga kelgan ana shu jarayonlar muloqotga aylanadi. Chaqaloqning yangi sharoit va muhitga moslashishidan kelib chiquvchi bu holat ko’nikish ko’rinishida muloqot vazifasini o’tay boshlaydi. Biroq bu muloqot noverbal ravishda (so’zlar ishlatilmay) amalga oshadi, sodda shakldagi, tor ko’lamli shaxslararo munosabatni aks ettiradi.
Katta yoshdagi odamlarning chaqaloq bilan muloqotda bo’lishi unga o’yinchoq qo’rsatishi, termulishi, erkalashi unda tashqi ta’sirga javob reflekslarini faollashtiradi. Psixolog D.B.Elkonin nazariyasiga ko’ra, chaqaloqlik davridan ilk bolalik, go’daklik davriga o’tishning o’ziga xos xususiyatlari
mavjuddir. Bular:
1. Ko’z va quloq yordamida diqqatni muayyan ob’ektga qaratish (to’plash) ning paydo bo’lishi, bola harakat faoliyatining qayta qurilishi boshlangani, alohida namoyon bo’luvchi harakatning xulq hodisasiga aylanishi.
2. Sirtdan idrok qilinuvchi barcha ob’ektlarga (sub’ektlarga) yo’nalgan alohida ko’zg’atuvchiga nisbatan shartli reflekslar hosil bo’lishi.
3. Katta yoshdagi odamlarga (onasiga va yaqin kishilarga) nisbatan emotsional reaktsiyalar (his-tuyg’ular, kechinmalar) yanga ehtiyoj paydo bo’lishining ko’rsatkichi ekanligi.
4. Bolaning (chaqaloqning) kattalar bilan muloqotda bo’lish ehtiyoji uning keyingi psixik o’sishi negizini tashkil etishi va hokazolar.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling