Ma`lumotlar bazasini boshqarish va dasturlash texnologiyalari


Download 290.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana19.02.2023
Hajmi290.74 Kb.
#1214571
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-maruza (2)



1 - ma’ruza. Ma`lumotlar bazasi va ularni boshqarish. 
Reja: 
1. “Ma`lumotlar bazasini boshqarish va dasturlash texnologiyalari” fanining 
tutgan o’rni va ahamiyati. 
2. Fanning maqsad va vazifalari. 
3. Fan tarixi va rivojining tendentsiyasi. 
Tayanch iboralar: Axborot, axborot tizimi, avtomatlashtirilgan axborot 
tizimlari, ma`lumotlar banki va bazasi, Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari 
1. “Ma`lumotlar bazasini boshqarish va dasturlash texnologiyalari” 
fanining tutgan o’rni va ahamiyati. 
Ma`lumot va axborot tushunchalari. Haqiqiy dunyoni turli xildagi, ba`zan 
esa o`zaro bir-biriga bog`liq bo`lgan hodisalar, voqealar ketma-ketligi jarayoni 
sifatida idrok etamiz. Qadim zamonlardan buyon insonlar, bu hodisalarni 
tavsiflashga (hatto uni tushunmagan hollarda ham) harakat qilib kelishgan. 
Hayotda ro`y bergan va ro`y berishi kerak bo`lgan voqea va hodisalarni 
tavsiflashni ma`lumot yoki axborot deb qabul qilsak bo`ladi. An`anaviy tarzda 
ma`lumotlar biror bir muomala vositasi yordamida ifodalanadi (masalan, biror bir 
tabiiy til yordamida) hamda biror bir aniq tashuvchida (masalan, yog`och, tosh 
yoki qog`ozga) qayd qilinadi.
Ma`lumotlarga u yoki bu sabablarga ko`ra foydalanilmaydigan, balki faqat 
saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar 
bu ma`lumotlardan biror narsa to`g`risidagi mavhumlikni (noaniqlikni) kamaytirish 
uchun foydalanish imkoniyati tug`ilsa, u holda ma`lumotlar axborotga aylanadi. 
Shuning uchun, foydalaniladigan axborotni ma`lumotlar deb atasa ham bo`ladi. 
Masalan, qog`ozga guruhdagi talabalar familiyasi va ismini ma`lum tartibda yozib, 
shu guruh talabalariga ko`rsatsangiz, ular buni aniq bir axborot bermaydigan 
ma`lumot sifatida qabul qilishadi. Biroq, talabalar familiyasi va ismidan keyin 
fanlardan olgan nazorat ballari yozib qo`yilsa, avvalgi ma`lumot axborotga 
aylanadi. Umumlashtirib aytadigan bo`lsak, bizni o`rab turadigan borliq haqidagi 
kerakli bilimlar yoki har qanday zaruriy ma`lumotlar axborot deb ataladi. Axborot 
haqida aniq bir ta`rif yo`q. Lekin unga quyidagicha ta`riflarni berish mumkin:
Axborot – bu, bizni o`rab turgan dunyo, tabiat va jamiyatdagi voqealar
hodisalar va jarayonlar haqidagi xabarlar to`plamidir. 
Axborot – bu, biror faoliyat to`g`risidagi qanaqadir voqea haqidagi xabarlar, 
bilimlardir.
Axborot – bu, atrof - muhit ob`ektlari va hodisalari, ularning o`lchamlari, 
xususiyatlari va holatlari to`g`risidagi ma`lumotlardir. 
Keng ma`noda axborotni odamlar o`rtasida ma`lumotlar ayirboshlash, 
odamlar va qurilmalar o`rtasidagi signallar ayirboshlashini ifoda etadigan umumiy 
tushunchalar deyish ham mumkin. 
Axborot (lotincha informatio-tushuntirish, xabar berish) - xabar, ma`lumot va 
ko`rsatkichlarning majmuasidir. 
Axborot tushunchasi real voqe`likning amaliy holatini to`la mazmunda aks 
ettirishi lozim. Ular taqdim etish usuliga ko`ra matnli, sonli, jadvalli, grafikli, 
audio, video va boshqa ko`rinishlarda bo`lishi mumkin. Har qanday axborot uchta 


muhim xususiyatlarga ega bo`lishi lozim: 
1. Axborot o`rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to`liq ifodalashi, 
ya`ni axborot to`liqlik sifatiga ega bo`lishi lozim
2. Axborot ma`lum ma`noda qimmatli bo`lishi lozim. 
3. Axborot ishonchli bo`lishi lozim, aks holda uni qayta ishlashga zarurat 
bo`lmaydi. 
Demak, shu uchta xususiyatga ega bo`lgan axborotlargina kundalik 
hayotimizda, kasbi-korimizda foydalanishimiz uchun zarur hisoblanar ekan. 

Download 290.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling