Ma`lumotlar bazasini boshqarish va dasturlash texnologiyalari


Download 290.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana19.02.2023
Hajmi290.74 Kb.
#1214571
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-maruza (2)

Fayl tizimi va MB. Hisoblash texnikalari yaratilishining ilk davrlarida
ulardan foydalanishning ikki yo`nalishi vujudga keldi. Birinchi yo`nalish-hisoblash 
texnikalari juda ko`p vaqtni oladigan yoki umuman bajarib bo`lmaydigan sonli 
hisoblashlarni bajarishda foydalanildi. Bu yo`nalishning rivojlanishi, hisoblash 
usullarining takomillashuviga va hisoblash ishlarini bajarishga mo`ljallangan 
algoritmlarni qulay tarzda yozishni tashkil qiluvchi dasturiy tillarni paydo 
bo`lishiga olib keldi. 
Ikkinchi yo`nalish-hisoblash texnikasi vositalarini avtomatlashtirilgan axborot 
tizimlarida qo`llash hisoblanadi. Bu yo`nalish birinchisiga nisbatan ancha kech 
paydo bo`ldi. Chunki, ilk hisoblash texnikasi faqat chegaralangan operativ xotira 
sig`imiga ega edi va unda ma`lumotlar vaqtincha saqlanar edi. Shu sababli, elektr 
tarmog`ini o`chirgandan keyin ham ma`lumotni ishonchli va uzoq vaqt saqlash 
muammosi vujudga keldi. Natijada, magnit lenta, baraban, keyinchalik magnit 
disklari yaratildi. Ulardan ma`lumotni saqlashda foydalanishgan. Magnit disklari 
magnit lentalari va barabanlarga nisbatan hajmi katta hamda kerakli ma`lumotga 
murojaat qilish tezligi yuqori edi. Juda katta hajmli ma`lumotlarni turli disklarda 
saqlash va ulardan kerakli paytda foydalanish mumkinligi sababli ma`lumotlarni 
tashqi xotiralarda saqlash tarixi boshlandi. Ma`lumotlarni tashqi xotirada saqlash, 
ulardan foydalanish muammolari amaliy dasturlar doirasida hal qilinar edi. Bu 
muammoni hal qilishda markazlashgan fayl tizimidan foydalanish tarixiy qadam 
bo`ldi. Amaliy dasturlar nuqtai nazaridan fayl, bu tashqi xotirada belgilangan soha 
bo`lib, unda ma`lumotlarni saqlash va undan foydalanish mumkin. Fayllarni 
boshqarish tizimi o`z zimmasiga tashqi xotira taqsimoti, fayl nomlarini tashqi 
xotiraning mos manzillarida tasvirlash va ma`lumotlarga kirish imkonini 
ta`minlash vazifalarini oladi. 
Fayl boshqaruv tizimlari odatda operatsion tizimning qismi bo`lib fayl nomi 
va uni joylashgan o`rni haqidagi ma`lumotga ega bo`ladi. Fayl boshqaruv 
tizimlarida ma`lumotlar modeli umuman ishlatilmas edi. Bu tizimlar fayl ichki 
mazmuni haqida hech qanday ma`lumotga ega bo`lmaydi. Bunday tizimlarda 
protsessor hujjatini saqlovchi fayl bilan hisoblangan oylik maosh haqida fayl 
orasida hech qanday farq yo`q. Oylik maoshni hisoblash ilovasidagi har bir dastur 
biror bir fayldagi axborotni qayta ishlaydigan bo`lsa, dasturda bu fayldagi 
ma`lumotlar tuzilmasi tavsifi saqlanadi. Qachonki ma`lumotlar tuzilmasi 
o`zgartirilsa, masalan, unga biror yangi ma`lumot qo`shilsa bu fayl ustida amal 
bajaruvchi barcha dasturlarni ham o`zgartirish lozim edi. Ilovada fayllar va 


dasturlarni oshib borishi, ularni o`zgartirish uchun ko`p vaqt sarflashni talab etadi. 
Boshlang`ich axborot tizimlarida qiymatlarning o`zaro bir-biri bilan hamda 
dastur bilan qat`iy tarzda bog`langanligi, qiymatlarni kiritishda jiddiy 
muammolarni va dasturni ishlatishda noqulayliklarni keltirib chiqargan. Ko`pchilik 
hollarda dastur faqat bitta kompyuterga o`rnatilar va asosiy qiymatlar faqat ushbu 
kompyuterga, bitta foydalanuvchi tomonidan kiritilar edi. Ba`zi hollarda aynan 
o`xshash qiymatlar boshqa foydalanuvchi tomonidan kiritilishi yoki yana qaytadan 
kiritilish hollari bular edi. Bir xil qiymatlarning turli xil foydalanuvchilar 
tomonidan takroran kiritilishi, takroriy qiymatlar hosil bo`lishiga olib kelgan va u 
jiddiy muammolarni keltirib chiqargan. Bundan tashqari, har bir amaliy dasturlarni 
yaratuvchi (Beysik, Pascal, Delphi yoki C tillarida) qiymatlarni o`ziga qulay 
bo`lgan shaklda faylga joylashtiradi. Aynan bir xil qiymatlar turli dasturchilar 
tomonidan turli xil shaklda (yozuvda qiymatlarning turli xil ketma-ketlikda va 
formatda berilishi) fayllarda saqlanganligi sababli etarlicha muammolarni vujudga 
keltirgan. Ushbu qiymatlarni umumlashtirish ancha murakkab muammo 
hisoblanadi. Masalan, biror fayl yozuvi tuzilmasining o`zgartirilishi ushbu fayl 
bilan ishlovchi dasturlarni ham o`zgartirishni taqoza qilar edi. Dasturlar bir necha 
dasturchi 
tomonidan 
yaratilgan 
bo`lsa, 
bu 
o`zgartirish 
ishni 
yanada 
murakkablashtirar edi. Masalan, o`sha davrda AQSh pochta boshqarmasi barcha 
manzillarga pochta indeksini ham qo`shish taklifi bilan chiqdi. Bu e`tiborga molik 
bo`lmagan kichik o`zgarish ko`pchilik hisoblash markazlarida xavfli oqibatlarni 
keltirib chiqardi. Ba`zi bir fayllarga olti belgidan iborat bo`lgan yangi maydon 
qo`shildi. Bu esa ushbu fayldan foydalanuvchi barcha dasturlarni qaytadan 
o`zgartirishni taqoza qildi. Ba`zi bir dastur qismlarida pochta indeksi qiymat 
sifatida hech qanday rol o`ynamasa ham faylni o`qishda yozuvlardagi maydonlar 
soni o`zgarganligi uchun o`zgartirish talab qilinadi va xotiradan qo`shimcha joy 
ajratib qo`yiladi. 
Qiymatlarni yozuv sifatida qat`iy tartib bilan faylda joylashtirilishi sababli 
unga ishlov beruvchi dasturlarda ham ushbu tartibga rioya qilish talab qilinadi. 
Biror bir faylda ushbu tartibga o`zgartirish kiritilsa dasturlarga ham o`zgartirish 
kiritilishi zaruriy shart hisoblanadi.
Axborotlash jamiyatining rivojlanishi, axborot oqimlarining tobora ortib 
borishi, ma`lumotlarning tez o`zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma`lumotlarni 
o`z vaqtida qayta ishlash choralarini qidirib topishga undadi. Shu sababli 60-
yillarning oxirlarida EHM da ma`lumotlarni jamlash ularni qayta ishlash, izlash 
amallari va ulardan foydalanish ishlari bilan shug`ullanadigan soha, ya`ni 
ma`lumotlar bazasi (MB) yo`nalishi paydo bo`ldi. MB kontseptsiyasi sekin-asta, 
avtomatlashtirilgan axborot tizimining rivojlanishi jarayonida pishib bordi. Uning 
rivojlanishini bir nechta bosqichlarga ajratish mumkin.
Birinchi bosqichda 
(60-yillargacha) 
ma`lumotlar 
1-rasmda 
ko`rsatilgani kabi qayta 
ishlangan. 
1-rasm 
Mantiqiy 
fayl 
Jismoniy 
ma’lumotlar 


Bu bosqichning dastur ta`minoti asosan xotiraga kiritish-chiqarish va 
ma`lumotlarni qayta ishlashda katta bo`lmagan ba`zi ishlarni amalga oshirar edi.
Ikkinchi (60-yillardan keyin) bosqich. Fayllar tuzilmasi va ular saqlanadigan 
qurilmalarning o`zgarishi, ma`lumotlarni ketma-ket to`plamlar ko`rinishida tashkil 
etish va ulardan to`g`ridan-to`g`ri foydalanish imkonini vujudga keltirdi. 
Uchinchi (70-yillardan keyin) bosqich. Ma`lumotlarni alohida, amaliy 
dasturlarga bog`liq bo`lmagan holda saqlash, ya`ni MB da saqlash vujudga keldi. 
MB ni boshqarish uchun alohida maxsus dasturlar majmuasi yaratildi va ular 
ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) deb atala boshlandi. 
Ma`lumotlarni modellar ko`rinishida ifodalanishining kiritilishi turtinchi 
bosqichning farqli xususiyatidir. Bu paytda dasturchilarning ma`lumotlar 
to`g`risidagi tasavvurlari kabi, ma`lumotlarning jismoniy saqlanishi va tashkil 
etilishi ham o`zgardi. Ma`lumotlar modelining o`zgarmasdan qolishi, ularni qayta 
ishlashni qo`shimcha usullarini hamda ma`lumotlarning qo`shimcha turlarini 
kiritish maqsadida o`zgartirilishi imkoniyati paydo bo`ldi. Aniq tuzilmali MB 
axborot tizimlarining asosini uzil-kesil tashkil qildi. 
MB, bu kompyuter yordamida qidirib topilishi va qayta ishlatish mumkin 
bo`lgan tarzda tartibga solingan ma`lumotlar to`plamidir. Masalan, maqolalar, 
hisob kitob, telefon raqamlari, guruh jurnali ma`lumotlari va h-zolar. 
Ma`lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MB ni yaratish, 
so`ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo`lib qolmoqda. Sababi, 
jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o`zimizga kerakli 
ma`lumotlarni olish uchun MB ga murojaat qilishga majbur bo`lamiz.
MB ob`ekt yoki ob`ektlar to`plami holatini, ularning xossalari va o`zaro 
munosabatlarini aks ettiruvchi nomlangan ma`lumotlar to`plamini ifodalaydi. 
MB ga ob`ektning axborot modeli deb qarash mumkin. 
MB, ma`lumotlar to`plamini cheksiz ko`p marta ishlata olish uchun kerak. 
MBBT deb – MB ni yaratish, ishlatish va ko`pchilik foydalanuvchilar 
tomonidan birgalikda foydalanishni ta`minlovchi tillar va dasturiy ta`minotlari 
to`plamiga aytiladi. 
MB ni boshqarishda keng miqyosda ishlatilishi quyidagi faktorlar bilan 
aniqlangan: 
o operativligi (ma`lumotlarga tez va operativ kirish imkoniyati bilan); 
o o`ng`ayligi (istalgan talabga javob ola olishligi, ma`lumotlarni 
takomillashtirish va o`zgartiruvchi effektiv usullarning mavjudligi); 
o himoyalanganligi va yaxlitligi (ma`lumotlarga ruxsatsiz kirish mumkin 
emasligi hamda kompyuter texnik vositalarining nosozligidan himoyalanganligi). 
Hozirgi kunda ma`lumotlarni kompyuter xotirasida saqlash, ularni qayta 
ishlash va uzatishda ma`lumotlar banki tushunchasi ham qo`llaniladi. 
Ma`lumotlar banki, ma`lumotlarni markazlashtirilgan holda saqlash va undan 
jamoa bo`lib foydalanishni avtomatlashtirilgan tizimi bo`lib, uning tarkibiga MB, 
MBBT, amaliy dasturlar kutubxonasi va texnik vositalar kiradi. 

Download 290.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling