Ma`lumotlar bazasini boshqarish va dasturlash texnologiyalari


Ma`lumotlar bazasiga qo`yiladigan asosiy talablar


Download 290.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana19.02.2023
Hajmi290.74 Kb.
#1214571
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-maruza (2)

Ma`lumotlar bazasiga qo`yiladigan asosiy talablar. 
MB ni tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim: 
o unumdorlik
o ortiqchalik; 
o butunlik; 


o xavfsizlik; 
o maxfiylik
o eng kam sarf va himoya. 
- Unumdorlik. Foydalanuvchini MB bilan bog`lovchi, maxsus ishlab chiqilgan 
ilovalar foydalanuvchi bilan muloqotni qanoatlantiradigan vaqtni ta`minlab berishi 
zarur. Bundan tashqari MB tizimi kelib tushgan ma`lumotlarni qayta ishlashni 
ta`minlashi zarur.
- Ortiqchalik. MB da har bir ma`lumot faqat bir joyda saqlanishi va u 
takrorlanmasligi lozim. Agar ma`lumot faqat bir joyda saqlansa, ular qiymati 
o`zgartirilganda MB yaxlitligi ta`minlanadi. Chunki, u boshqa joyda 
takrorlanmasligi sababli boshqa aynan shunday qiymatni o`zgartirishga ehtiyoj 
yo`q. MB ning unumdorligi ortiqcha ma`lumotlarning bo`lmasligiga bog`liq 
bo`ladi. 
- Butunligi. Agar MB tarkibida ko`p foydalanuvchilar ishlatadigan 
ma`lumotlar bo`lsa, unda ma`lumotlar elementlari va ular orasidagi bog`lanish 
mumkin qadar buzilmasligi kerak. Ma`lumotlarni saqlash, ularni yangilash
ma`lumotlarni qayta ishlash tartibi shunday bo`lishi kerakki, mabodo tizimda biror 
o`zgarish bo`lib qolsa, ma`lumotlarni yuqotishsiz qaytadan tiklash mumkin bo`lsin. 
Bulardan tashqari, ma`lumotlarni har xil tizimli o`zgarishlardan saqlash uchun 
ularning qiymatlarini biror aniq o`lchovlarga mos kelishligini ta`minlashda 
oldindan ko`zda tutilgan butunligini tekshirish amalga oshiriladi. 
- Xafvsizlik va maxfiylik. Ma`lumotlar yashirilishi va maxfiy saqlanmoqligi 
lozim. U yo`qotilmasligi yoki o`g`irlanmasligi kerak. Ma`lumotning yashash 
chidamligini oshirish uchun uni texnik yoki dasturiy o`zgarishlardan, tabiiy va 
sun`iy vaziyatlardan va yomon niyatda foydalanishlardan saqlamoq lozim. 
Ma`lumotlarning xavfsizligi deganda, ma`lumotlarni tasodifiy yoki ularga bila 
turib kirishga haqqi yo`q shaxslardan himoya qilinishi tushuniladi. 
Maxfiyligi esa ayrim shaxslarning yoki takshilotlarning qachon va qanday 
miqdorda boshqa shaxslarga yoki tashkilotlarga ma`lumotlarni berish huquqi bilan 
aniqlanadi.
- Eng kam sarf. (Minimal harajatlar) MB ni tuzish va undan foydalanishdagi 
xarajatlarni kamaytirish maqsadida, tashkil qilishni shunday usullari tanlanadiki
ular vaqt va xarajatlarni imkon darajada kamaytirsin. 
- Qidiruv imkoniyatlari. MB dan foydalanuvchi MB ga, turli xil shakldagi 
ma`lumotlarni olish uchun murojaat qilishi mumkin. Tizim oldindan 
rejalashtirilmagan turli talablarni qayta ishlashni ta`minlashi yoki shunday 
javoblarni tuza olishi kerak.
- O`tgan zamon bilan bog`lanish. Tashkilot ixtiyoriy vaqtda oldingi, eski 
ma`lumotlarini ko`ra olishi lozim. 
- Kelajak bilan bog`lanish. Kelajak bilan bog`lanishni tasavvur etish 
muhimdir. Kelajakda ma`lumotlar va ularni saqlash muhiti ko`p yo`nalishlar 
bo`yicha o`zgaradi. Har qanday tijorat tashkiloti vaqt o`tishi bilan o`zgarishlarga 
duchor bo`ladi. Ayniqsa, bu o`zgarishlar ma`lumotlarni qayta ishlaydigan 
foydalanuvchilar uchun qimmatlidir. Oddiy o`zgarishlarni amalga oshirish uchun 
talab qilinadigan juda katta xarajatlar, bu tizimlarning rivojlanishiga ko`chli to`siq 


bo`ladi. MB ni sinchiklab o`rganishda muhim masalalardan biri, MB ni shunday 
loyihalash kerakki, ularning o`zgarishini amaliy dasturlarni o`zgartirmasdan to`rib 
bajarish mumkin bo`lsin.
- Sozlash. Ma`lumotlarning unumdorligini yaxshilash maqsadida uning 
bazasini qayta ko`rish – MB ni sozlash deyiladi. 
MB ni sozlash va ishlashga administrator javobgar bo`ladi. U mumkin qadar, 
amaliy dasturlarning butunligini saqlab qolgan holda MB ga qanday o`zgarishlarni 
kiritish etarliligini malakali aniqlay bilishi lozim. 

Download 290.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling