Mamadova dildoraning zoologiya fanidan tayyorlagan


Download 158.77 Kb.
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi158.77 Kb.
#1585208
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MAMADOVA DILDORA ZOOLOGIYA

1-BOB.ADABIYOTLAR TAHLILI
Hayvonlar togrisidagi dastlabki malumotlar qadimgi Gresiyaning buyoq faylasufi va tabiatshunosi Aristotel tomonidan berilgan, uning «Hayvonlar tarixi», «Hayvonlarning kelib chiqishi», «Hayvonlarning kelib chiqish», «Hayvonlarning qismlar togrisida» kabi asarlarida 452 tur hayvon togrisida malumotlar berildi. Aristotel hayvonlarni ikki gruppaga ajratgan:
1) qoni yoq hayvonlar.
2) qoni bor hayvonlar.
Bu umurtqali hayvonlar va umurtqasiz hayvonlarga mos kelardi. Qadimgi Rim olimi Pliniy ikkinchi (eramizning 23-79 yillar) ozining «Tabiiy tarix» kitobida usha davrda malum bolgan hamma hayvonlarni yozgan. eramizning boshidan to orta asrlarga qadar, yani feodalizm davrida fanda ham turgunlik boshlanadi.
Tiklanish davrida (XV-XVI asrlar) tabiatni va shu jumladan, hayvonlarni organishga qiziqish kushaydi. Bu davrda hayvonlar togrisidagi tuplangan materiallar sistemaga solishni talab qilar edi. Mana shunday yirik zoologik ishlardan biri Shvesariya olimi K.Renserning (1516-1565 y.) «Hayvonlar tarixi» degan kitobi xisoblanadi. XVIII asrga kelib hayvonlarning hozirgi zamon sistemasi yaratildi. Bu ishda shved olimi K.Linneyning ximmati nixoyatda katta.
K.Linney hamma hayvonlarni 6 ta sinf boldi: sut emizuvchilar, qushlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, baliqlar, xasharotlar va chuvalchanglar. Sinflarni turkumlarga, turkumlarni avlodlarga va avlodlarni turlarga boldi. Fransiya olimi J.Kyuve (1769-1832) organ va qismlarning ozaro boglikligi (korrelyasiya) togrisidagi talimni ishlab chiqdi. J.Lamark (1744-1829y) esa organik olam evolyusiyasi togrisidagi talimotning avtorlaridan biri edi. Rossiya zoologiya boyicha ilmiy materiallar fanlar akademiyasi ekspedisiyalarining ishi natijasida yigildi. Akademik Pallas Volga boyi, Sibir, Kozogiston va Ural faunasini organdi.
S.Steller Ozoq Sharqni, S.Gmelin Rossiyaning Evropa qismi janubini, I.Lepexin mamlakatning Shimoliy va Markaziy qismlarining Umurtqali hayvonlarini organdilar. Zoologiyaning ekologik yonalishini rivojlantirishda MDU professori K.Rule (1814- 1858 y) katta xissa qoshdi. Rulening shogirdi N.A.Seversov (1827-1885) oz ustozining goyalarini Umurtqali hayvonlar ekologiyasi va zoogeografiyasi yonalishlarida kushaytirdi.
Rus olimlarining baliqlar (K.S.Berg, 1876-1950), amfibiya va reptiliya (P.M.Terentev, 1903-1970 y), qushlar (G.P. Dementev, 1890-1968 y) va sut emizuvchilarni (S.I.Ognev, 1886-1951y) organishdagi xissalari juda kattadir. Umurtqali hayvonlarning ekologiyasining prof. D.N.Kashkarov (1878-1941y), akademik S.S.Shvars (1919-1976 y) prof. N.T.Naumovlar (1902-1982) batavsil va har tomonlama organdilar.
Umurtqali hayvonlarning anatomiyasi akademik Shmalgaozen (1884-1963) va uning ustozi akademik A.N.Seversevlar (1866-1936) buyuk ishlar qildilar. Xordalilar tipiga tashqi korinishi, yashash, sharoiti va xayoti har xil bolgan hayvonlar kiradi. Xordalilarning vakillari hamda xayot muxitlarida: suvda, yer ustida, yer tagida, daraxtlarda va xavoda yashaydi. Geografik tomondan bular yer sharining deyarli hamma qismiga tarqalgan. Xordalilar tipining hozirgi zamonda yer yuzida yashayotgan turlari 50 ming atrofida.
Xordalilar tipiga har xil lansetniklarni oz ichiga olgan bosh qutisizlar, hozirgi zamon vakillari minogalar va miksinalarni umumlashtirgan togarak ogizlilar hamda Umurtqali hayvonlarni olti sinfi, yani togayli va suyakli baliqlar, suvda va Quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar kiradi. Xordalilarga yana dengizlarda otrok xolda xayot kechiruvchi hayvonlar- pardalilar ham kiradi. Xordalilar tuzilishi va yashash sharoitlari har xil bolishiga qaramasdan quyidagi belgilari bilan boshqa hayvonlardan farq qiladi:
1. Uk skeleti bolib xorda yoki orqа - tori xizmat qiladi. Xorda elastik egiluvshan ozaklardan hamda vakuola xujayralardan tuzilgan tuqimadan tashkil topgan. Xorda ichak nayining ustki devoridan ajralib chiqadi, ya’ni entoderma xisobidan taraqqiy etadi.
Tuban xordaliklarda xorda umrbod saklanadi, yuqori xordalilarda esa embrional organ xolida boladi va keyinchalik xorda togay yoki suyak umurtqalar bilan almashinadi.
2. Uk skeletining ustida ichi bosh nay shaklidagi markaziy nerv sistemasi joylashadi. Nerv nayining ichidagi boshliqqa nevrosel deyiladi. Nerv nayi embrional taraqqiyot davrida ektoderma xisobidan rivojlanadi.
3. Xazm nayining oldingi bolimi (xalqum) devorining ikki tomoniga qator ornashgan va xalqum boshligini tashqi muxit bilan tutashtirib turadigan jabra yoriqlari boladi.Tuban xordalilarda jabra yoriqlariga joylashgan jabralar umrbod saqlanadi va nafas olish organi bolib xizmat qiladi.
Quruqda yashaydigan Umurtqalilarda jabralar faqat embrion davrida xosil boladi. Yuqorida aytilgan uchta belgi bilan bir qatorda xordalilar uchun tubandagi belgilar ham juda xarakterlidir, lekin bu belgilar boshqa bazi tiplarda ham uchraydi.
1. Xordalilar va nina terilarda ikkilamchi ogiz teshigi boladi.
2. Xordalilarda nina terilarda va xalqali chuvalchanglarda ikkilamchi tana boshligi (selom) boladi.
3. Yuqori taraqqiy etgan xordalilarning zarodishlarida va tuban xordalilarda kopgina organlar metamer (sigmentli) joylashadi. Xordalilarda tashqi sigmentasiya bolmaydi.
4. Xordalilar va kopchilik umurtqasiz hayvonlarning (bulutlar va kavak ichaklaridan tashqari) simmetriyali bolib tuzilgan.
Xordalilar tipi uchta kenja tipiga bolinadi:
1.Lichinka xordalilar yoki pardalilar
2.Bosh qutisizlar
3.Bosh qutililar yoki umurtqalilar


Download 158.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling