Mamadova dildoraning zoologiya fanidan tayyorlagan


-BOB.TEKSHIRUVLAR METODIKASI


Download 158.77 Kb.
bet3/9
Sana18.06.2023
Hajmi158.77 Kb.
#1585208
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MAMADOVA DILDORA ZOOLOGIYA

2-BOB.TEKSHIRUVLAR METODIKASI
Yunon ensiklopedist olimi Aristotel (eramizgacha 384-322 yillar) o’ziga ma’lum bo’lgan hayvonlarni quruqlik, suv, suvda va quruqda yashovchilar, hayot kechirish tarziga binoan yakka holda, jamoa bo’lib, o’troq, ko’chmanchi, daydib yuruvchi, kunduzgi, tungi hayvonlar guruhlariga bo’lgan.
Oziqlanish usuliga qarab, hayvonlarni go’shtxo’r, o’txo’r, hammaxo’rlarga, harakatlanish usuliga binoan, yuruvchilar, suzuvchilar, uchuvchilar, sudraluvchilar, chirmashuvchilar kabilarga ajratgan.
Antik davrda qo’lga kiritilgan ilmiy yutuqlar shu holda uzoq vaqtgacha (o’rta asrlargacha) o’zgarishsiz, e’tibordan chetda qolib keldi, chunki dinning fanga, ayniqsa, tabiatshunoslik fanlariga salbiy ta’siri juda kuchli edi. Faqatgina uyg’onish davriga kelib (XV-XVI asr) dunyo bo’yicha amalga oshirilgan mashhur sayohatlar boshqa bir qator tabiatshunoslik fanlari singari biologiya va uning bir tarmog’i hisoblangan ekologiyaning shakllanishi va rivojlanishiga turtki bo’ldi.
Masalan, Djon Rey (1628-1705) va Karl Linney (1707-1778) tomonidan ilmiy sistematika faniga asos solindi. Shunday davrda morfologiya, fiziologiya kabi fanlar ham shakllana boshlandi. L.Byuffonning (1707-1788) 13 tomlik “Tabiat tarixi” asarida organizm va uni o’rab turuvchi muhit orasida bog’lanish mavjudligiga katta e’tibor berilgan.
Rus naturalist olimlari P.S.Pallas (1741-1811), I.I.Lepyoxin (1740-1802), S.P.Krasheninnikov (1711-1755) va boshqalarning Sibir, Uzoq Sharq, Ural, Kavkaz, Qozog’iston, O’rta Osiyo kabi hududlarga qilgan sayohatlarida to’plagan juda katta materiallar va ekologik kuzatishlar tufayli fauna va flora haqida qimmatli ilmiy yangiliklar qo’lga kiritildi.
Kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari g’alaba qilgandan so’ng ekologiya mustaqil fan sifatida shakllana boshlanadi. Tabiiy boyliklar shiddat bilan qazib olinishi va undan haddan tashqari plansiz ravishda foydalanish, ularga nisbatan bo’lgan munosabatni keskin o’zgartirish va qayta ko’rib chiqishni taqozo etdi.
Masalan, Yevropada XII-XIII asrlardan boshlab o’rmonlarning keskin qisqara boshlanishi, yoki XIX asrga kelib Amerikada o’rmonlar maydonining 6 marta qisqarishi, ovlanadigan hayvonlarning (sut emizuvchilar, qushlar, baliqlar) tabiiy zahiralarining keskin kamayishi, o’rmon zararkunandalarining haddan tashqari ko’payib ketishi va hokazolarni aytib o’tish kifoyadir.
Tirik organizmlarning atrof-muhit bilan munosabatlarida harorat va namlik, yorug’lik rejimi, ximizm va boshqa bir qator omillarning roli haqida ma’lumotlar to’plana boradi. Kuzatish va tajribalarda hayvonlar xulq-atvori va odatlariga e’tibor berilar ekan, unda tug’ma va orttirilgan elementlarga, taksis va instinktlarga alohida to’xtalib o’tiladigan bo’lishdi.
Bundan tashqari, ekologik kuzatishlarda hayvonlarning soni va uning dinamikasiga ham e’tibor beriladigan bo’ldi. Oqibatda organizmlarning tashqi muhit bilan bog’liqligi to’g’risida ilmiy asoslarning to’planishi sababli 1809 yilda J.B.Lamark “Zoologiya falsafasi” asarida o’zining evolyusion ta’limotini bayon qiladi.Lekin o’sha davrda ushbu nazariya ko’pgina sabablarga binoan e’tibordan chetda qolgan edi. Rossiyada hayvonlar ekologiyasi fanining shakllana boshlashiga rus olimlari orasida Lamark va J.Sent-Ilerlarning evolyusion ta’limotidagi fikrlarining tarqalishi katta ahamiyatga ega bo’ldi.


Download 158.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling