Mamlakatimizda saylov huquqini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslari yaratilgani huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim omili boʻlib xizmat qilmoqda
Download 28.62 Kb.
|
birinchi natija: mamlakatda real ko‘ppartiyali tizim sezilarli darajada rivojlanadi va mustahkamlanadi. Binobarin, yurtimizda partiyalararo sog‘lom raqobat muhiti yaratilgan bo‘lib, barcha siyosiy partiyalar uchun saylov kampaniyalarini tashkil etish, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘larni adolatli tarzda taqsimlash, ovoz berishni haqqoniy va saylovlarni qonuniy asosda o‘tkazish borasida teng sharoitlar muhayyo etilgan.
Boshqacha aytganda, bo‘lajak Prezident saylovi ko‘ppartiyali muhitda, nomzodlarning bellashuvlari, ochiqlik, fikr erkinligi va haqiqiy saylov talablari asosida bo‘lib o‘tadi, deb ishonch bilan ta’kidlash uchun barcha asoslar mavjud; ikkinchi natija: saylovlarda fuqarolik jamiyati institutlari, ko‘ngillilarning ishtirok etish imkoniyatlari kengayadi va roli kuchayadi, fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy islohotlar sur’atlarini baholash borasidagi talabchanligi hamda did-saviyasi sezilarli ravishda ortadi; uchinchi natija: O‘zbekistonda siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, mahalliy va xorijiy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari saylov kampaniyasi davomida o‘z huquqlari hamda majburiyatlarini amalga oshirishlari uchun zarur bo‘lgan barcha huquqiy shart-sharoitlar yuzaga keladi; to‘rtinchi natija: saylov jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish va ularni huquqiy tartibga solish imkoniyatlari kengayadi; beshinchi natija: koronavirus pandemiyasi inson hayotining barcha sohalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Hozir saylovlar yangicha sharoitlarda o‘tkazilmoqda, ya’ni dunyo saylov tizimi tarixida birinchi marotaba saylovchilar saylov uchastkalariga qat’iy ravishda niqob taqqan va antiseptik vositalardan foydalangan holda kiritilmoqda. Shuning uchun pandemiya sharoitida saylov jarayonini tashkil etishda muayyan jihatlarga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi. Birinchi jihat – saylovning umumiy tashkilotchilik ishlariga taalluqli. Ya’ni ovoz berish binolari va xonalarini pandemiya sharoitiga moslash, masofadan harorat o‘lchash, saylovchilar oqimini tartibga solish, ijtimoiy masofani saqlash, niqob taqish va sanitayzerlardan foydalanish kabi omillarga jiddiy e’tibor qaratish lozim. Ikkinchi jihat – saylovchilarga qo‘yiladigan talablar. Saylovchilar, albatta, niqob taqishi, antiseptikdan foydalanishi va masofa saqlashi zarur. Uchinchi jihat – saylov jarayoni ishtirokchilari faoliyati bilan bog‘liq. Ovoz berish kuni uzoq muddat saylov uchastkalarida bo‘lishi taqozo etiladigan kishilar, ya’ni saylov komissiyasi a’zolari, kuzatuvchilar, ishonchli vakillar ham pandemiya sharoiti talablariga qat’iy amal qilishlari darkor. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan saylovlar tom ma’noda davlat hokimiyatini shakllantiradigan va uning o‘tuvchanligi, ya’ni izchilligini namoyon etadigan hamda mamlakatda siyosiy barqarorlikni ta’minlaydigan samarali mexanizmga aylanmoqda. Download 28.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling