Mamlakatimizda saylov huquqini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslari yaratilgani huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim omili boʻlib xizmat qilmoqda
Ayrim saylov qonunlaridan – Saylov kodeksi sari
Download 28.62 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Saylov kodeksi
Ayrim saylov qonunlaridan – Saylov kodeksi sari
Qonunchilikni kodifikatsiyalash, ya’ni kodekslashtirish – amaldagi qonun hujjatlarini chuqur va har tomonlama qayta ishlash yo‘li bilan tizimlashtirilgan yagona normativ-huquqiy hujjatni yaratish bo‘yicha amalga oshiriladigan faoliyatdir. Bunda, bir tomondan, eskirgan normativ-huquqiy me’yorlardan voz kechilsa, ikkinchi tomondan, milliy huquqiy tizimni yalpi rivojlantirishga qaratilgan yangi huquqiy qoidalar ishlab chiqiladi. Xorijiy davlatlarda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlari odatdagi qonunlar, konstitutsiyaviy qonunlar yoki saylov kodekslari qabul qilinishi orqali tartibga solinadi. Bunda dunyoning 30 dan ortiq davlatida saylovlarni Saylov kodeksi asosida tartibga solish bilan bog‘liq huquqiy amaliyot (model) qo‘llanilishini ta’kidlash lozim. Yangi O‘zbekistonda ham saylov qonunchiligini kodekslashtirish yo‘li tanlandi. 2019 yilda ilgari saylov tizimimizda amalda bo‘lgan 5 ta qonun (1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi qonun; 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonun; 1994 yil 5 mayda qabul qilingan «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi qonun; 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida»gi qonun; 1994 yil 5 mayda qabul qilingan «Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun) o‘rniga yagona Saylov kodeksi qabul qilindi. Saylov kodeksi mamlakatimizning barcha ijtimoiy-siyosiy kuchlari – siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokida, umumxalq muhokamasi negizida ishlab chiqildi. Bu jarayonda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) hamda Yevropa Kengashining Venesiya komissiyasi tavsiyalari, shuningdek Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT), Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH), Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) kabi bir qator xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan saylovlarni kuzatishda ishtirok etgan xorijiy kuzatuvchilar missiyalarining tegishli xulosa hamda fikrlari ham hisobga olindi. Xususan, YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi O‘zbekistonda 2016 – 2019 yillarda bo‘lib o‘tgan saylovlar yakunlari bo‘yicha o‘z tavsiyalarini taqdim etgandi. Milliy saylov qonunchiligiga shu tavsiyalarning 29 tasi – to‘liq, 8 tasi – qisman implementatsiya qilindi, boshqalari esa ekspertlar tomonidan o‘rganilmoqda. Saylov kodeksining qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonning jamiyatni demokratlashtirish va erkinlashtirish, fikrlar xilma-xilligi hamda ko‘ppartiyali tizimni mustahkamlash yo‘lidan qat’iy odimlayotganining yorqin ifodasi bo‘ldi. Download 28.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling