Mamlakatimizda saylov huquqini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslari yaratilgani huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim omili boʻlib xizmat qilmoqda
TO‘RTINCHI USTUVOR VAZIFA – saylov kampaniyasi davrida davlat resurslaridan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik
Download 28.62 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adolatli saylovning huquqiy asoslari
TO‘RTINCHI USTUVOR VAZIFA – saylov kampaniyasi davrida davlat resurslaridan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining turli a’zo-davlatlardagi saylovlarni kuzatish missiyalari o‘z yakuniy ma’ruzalarida, odatda, bir aniq ustuvor tavsiyani bildiradi. Bu ham bo‘lsa, “ma’muriy resurslarning suiiste’mol qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik va/yoki bunday suiiste’molliklarga yo‘l qo‘yilgani holati bo‘yicha shikoyatlarni samarali va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish mexanizmini yaratish” to‘g‘risidagi amaliy tavsiyadir. Bu boradagi milliy va xorijiy tajribani hisobga olgan holda, O‘zbekistonda ham davlat xizmatchisi (agar u ishonchli vakil hisoblanmasa), shuningdek harbiy xizmatchilar, diniy tashkilotlar xodimlari va sudyalarning saylov davrida targ‘ibot bilan shug‘ullanishi qonuniy asosda taqiqlangan. Ushbu omil saylovlarni xolis, qonuniy va adolatli asosda o‘tkazish yo‘lidagi yana bir muhim qadam hisoblanadi. Ikkinchi bosqichning eng muhim yangiliklari haqida so‘z borganda, siyosiy partiyalar va ularni moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikning Saylov kodeksi talablariga moslashtirilgani, Prezident va parlament saylovlari, shuningdek mahalliy vakillik organlariga saylovlarni davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi o‘rnatilgani, saylov komissiyalarining qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish muddati 10 kundan 5 kunga qisqartirilgani kabi holatlarni alohida qayd etish maqsadga muvofiqdir. Eng asosiysi, mamlakat saylov qonunchiligi va saylov tizimini demokratlashtirishning ikkinchi bosqichi fuqarolarning Konstitutsiyada kafolatlangan saylov huquqlari yanada to‘liq amalga oshirilishiga, ularning saylovlardagi ishtiroki kengayishiga ko‘maklashadi, demokratik saylovlar o‘tkazish uchun mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Adolatli saylovning huquqiy asoslari Yangi O‘zbekistonning zamonaviy saylov tizimi – ko‘p yillik tadrijiy taraqqiyot va ko‘p tomonlama siyosiy muloqot samarasidir. Zotan, saylov qonunchiligi saylov jarayonini takomillashtirishga qaratilgan qanchadan-qancha o‘zgartirishlarni boshidan o‘tkazdi. Modomiki, ushbu o‘zgartirishlarning eng kichigi, arzimas bo‘lib tuyulganining ortida ham katta va og‘ir mehnat, oldingi saylov kampaniyalarining chuqur tahlili va shu asosda qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdek murakkab jarayonlar yotibdi. Shunday qilib, saylov tizimi yillar davomida izchil sur’atlarda rivojlanib bordi. O‘z navbatida, ushbu yangilanishlar mamlakatni siyosiy-huquqiy rivojlantirishning uzviy va mantiqiy davomi sifatida namoyon bo‘ldi. Bu o‘rinda, albatta, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari Saylov kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tashabbusi bilan chiqqani haqida so‘z bormoqda. Ushbu qonunchilik tashabbusi saylov qonunchiligi va saylov amaliyotini yanada takomillashtirish, xalqaro andozalarga muvofiq holga keltirish hamda tom ma’noda demokratik saylovlar o‘tkazish borasidagi eng maqbul amaliyotlarga moslashtirishga qaratilgani bilan alohida diqqatga sazovordir. Bu borada bir qator masalalarda yangilanishlar ko‘zda tutilgan. Download 28.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling