Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari


Saraton kasalligiga qarshi 10 mahsulot


Download 3.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/79
Sana16.11.2023
Hajmi3.56 Mb.
#1781318
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   79
Bog'liq
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma

Saraton kasalligiga qarshi 10 mahsulot 
1. Qizil achchiq garimdori Achchiq garimdori tarkibidagi kapsaitsin moddasi organizmdagi saraton 
kasalligini keltiruvchi nitrozaminlar miqdorini nazorat qilishga yordam beradi. 
2. Avokado Bu mahsulot tarkibidagi glutation moddasi organizmdagi bo'sh radikallar bilan kurashadi. 
3. Sabzi Sabzi tarkibidagi beta-karotin moddasi o'pka, oshqozon, ichak va ko'krak bezi saratoni kasalligini 
oldini olishga yordam beradi. 
4. Sarimsoq piyoz Sarimsoq piyoz odam immun tizimini kuchaytiradi. Undan tashqari saraton kasalligini 
qo'zg'atuvchi moddalarni yo'q qilish qobiliyatiga ega. 
5. Ko'k choy Tadqiqotlar natijasiga binoan ko'k choy ko'plab kasalliklar davosidir. U o'pka, teri, oshqozon, 
yo'g'on ichak, oshqozon osti bezi, siydik pufagi, ko'krak va prostata bezlarini saraton kasalligi to'qimalari 
paydo bo'lishidan himoya qiladi. Undan tashqari ko'k choy tarkibidagi polifenol moddasi vujudga kelgan 
shishlarni o'sishini to'xtatish qobiliyatiga ega. 
6. Pomidor Tarkibidagi polifenol saraton kasalligiga qarshi kuchli antioksidant. 
7. Dengiz o'tlari Dengiz o'tlarida ko'krak bezi saratoniga qarshi kurashish qobilyatiga ega bo'lgan yog' 
kislotalari mavjud. 
8. Zarchava Zarchava yallig'lanishga qarshi kuchli ta'sirga egadir. Bu ayniqsa ichak saratoni vujudga 
kelmasligini oldini olishda foydalidir. 
9. Zig'ir urug'I Ushbu urug' tarkibida ko'plab foydali moddalar mavjud bo'lib, shu qatorda u 
antioksidantlarga ham boy. Undan tashqari zig'ir urug'ida ko'krak bezi saratoni va oshqozon saratoni 
kasalligidan himoya qiluvchi omega-3 yog'lari ham mavjud. 
10. Chernika Bu meva nafaqat ko'zlarimizga foydali, balki saraton kasalligiga qarshi kuchli antioksidantdir. 
IV bob. OVQATDAN ZAHARLANISH 
Ovqatdan zaharlanish deganda mikroorganizmlarning muayyan turlari tushgan ovqat toksikoinfeksiyasi, 
bakterial toksikozlar, organik yoki noorganik tabiatli zaharli moddalar tutgan ovqatni iste’mol qilish natijasida 
o‘tkir ba’zan surunkali kasallanish tushuniladi. 


67 
Masalliqni tayyorlash, saqlash, pishirish va iste’mol qilish davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga 
rioya qilinmasa ovqatga har xil mikroblar, viruslar, gijjalar va zaharli kimyoviy birikmalar tushishi mumkin. 
Bu, o‘z navbatida, organizmda har xil o‘zgarishlar va kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Ovqatdan zaharlanishning uchta katta guruhi: mikrobdan zaharlanish (toksikoinfeksiyalar va toksikozlar), 
mikrobga aloqador bo‘lmagan zaharlanishlar (o‘simlik va hayvonlar mahsulotlari, kimyoviy birikmalar) va 
sababi aniqlanmagan zaharlanishlar (Gaff va Urov kasalliklari) farq qilinadi. 

Download 3.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling