Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari
Download 3.56 Mb. Pdf ko'rish
|
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- PO’STLOG’I, URUG’I VA SIRKASINING FOYDASI
NORDON OLMA — TABIIY ANTIBIOTIK
Nordon olmada S vitamini kơp bo’lgani uchun immunitetni oshirishga katta hissa qo’shadi. U tomirlar devorini mustahkamlaydi, uzoq vaqt og’rib qolgan bemorlarni quvvatlantirishga yordam beradi. Olmadagi fitonsidlar — tabiiy antibiotik bo’lib, shamollaganda va gripp bilan kurashishda organizmdagi viruslarni nobud qilishga qodir. PO’STLOG’I, URUG’I VA SIRKASINING FOYDASI Ko’pchilik olimlarning ta'kidlashicha, olma po’stlog’ida qonni ortiqcha xolesterindan tozalovchi, saraton hujayralari o’sishini to’xtatuvchi moddalar mavjud, shu bois bu mevasi po’stini archimasdan yyeyish tavsiya etiladi. Yosh bolalarga esa chaynash refleksi to’liq shakllanmaguncha, olmaning po’stini archib, qirg’ichdan o’tkazilgan bo’tqa holida bergan ma'qul. Olmadan dorivor sirka tayyorlanadi. Sog’lom ovqatlanishni tashkil etishda uning ahamiyati beqiyos. Olma sirkasini salatlarga va turli taomlarga oz-ozdan qo’shib, muntazam ravishda iste'mol qilish infarkt va insult kasalliklari xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Agar 30 ml olma sirkasi 200 ml iliq suvga qo’shilib, 1 oy davomida kuniga 1-2 marta ovqatlanishdan oldin ichilsa, qondagi xolesterin miqdorini 30 foizgacha kamaytiradi. Olmaning urug’i ham foydali. Unda yod miqdori nihoyatda ko’p. 5-6 dona olmaning urug’i odam organizmini 1 haftalik zaruriy yod moddasi bilan bemalol ta'minlay oladi. Olmaning foydalilik jihati uning rangiga ham bog’liq. Masalan, qizil va sariq rangli olmani kơpchilik xush kơradi, chunki qand — uglevod kơpligi bois, bunday olmalar juda shirin bơladi. Tibbiyot nuqtai nazaridan qaralganda esa tarkibida pektin moddasi mơl bơlgan yashil nordon olmaning shifobaxshligi kơproqdir. Qizil olmaga qaraganda kơm-kơk olmaning kaloriyasi biroz kam. Agar vaznni kamaytirmoqchi yoki qand xastaligidan himoyalanmoqchi bơlsangiz, kơk olma, ya'ni nordon-shirin olmalarni iste'mol qilgan ma'qul. Umumjahon sog’liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga kơra, kuniga erkaklar olmani 700 g, ayollar esa 500 g dan oshirmasligi kerak. Shuni hisobga olingki, olma tarkibida me'da shirasi hosil bơlishiga ta'sir qiladigan kislota mavjud. Shu bois olmani odatda, tushlikdan avval iste'mol qilgan yaxshi. Ayrimlar oddiy olmaga qaraganda qơrda pishirilgani kaloriyali, deb hisoblaydi. Agar pishirish chog’ida olmaga asal, shakar, tvorog qơshilmasa, uning kaloriyasi oddiy olmaniki bilan bir xil bơladi. Olma qoqini choynakka qaynoq suv solib damlasangiz, olmali choy hosil bơladi. Bunday damlama tinchlantiruvchi xususiyatga ham ega. Qơrda pishirilgan olmada esa me'da shirasi ajralishiga ta'sir kơrsatadigan kislotalar kam. Olmani kơp iste'mol qilish qonni kơpaytiradi, degan xato qarash ham mavjud. Olma tarkibida temir miqdori shu darajada ozki, amalda organizm uni ơzlashtirolmaydi. Biroq olmada darmondorilar, ichakdagi zaharli moddalarni zararsizlantiruvchi kletchatka kơp. 63 Olmaning har qanday navi tarkibida 80 foizga qadar suv mavjud. Biroq kuz va qishga borib pishadigan kơk olmalarda suv biroz kam bơladi. Oshqozon yarasi, ich qotish, eroziya, jarohat kabi taom hazmi bilan bog’liq xastaliklar xuruj qilgan paytlarda olma kơp eyilsa, og’riq paydo qilishi, xastalikni rivojlantirib yuborishi mumkin. Chunki olmada, ayniqsa, uning pơstlog’ida dag’al kletchatka kơp. Olmaning mevasi, sharbati, kompoti, murabbosi, qoqisi keng iste'mol qilinadi. Shuningdek, olma mahsulotlarini turli pishiriqlar va shirinliklarga solgan holda tanovul ish in. Download 3.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling