Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari
Download 3.56 Mb. Pdf ko'rish
|
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma
• BEHINING FOYDALI XUSUSIYATLARI
58 BEHI —ra'nodoshlar oilasiga mansub mevali daraxt. O’zbekistondagi behizorlarning 80% Farg’ona vodiysida. Bargi oddiy, yashil, cheti butun. Gullari yakka holda, oq yoki och pushti, aprel oyida gullaydi. Ko’chati o’tqazilgach, 3—4 yilda hosilga kiradi, 30—40 yil yashaydi. Katta yoshdagi daraxtlari o’rtacha 60— 70 kg hosil beradi. Mevasi sentyabr —oktyabr oylarida terib olinadi; vazni, naviga qarab 150—500 g. Behi mevalari limon rangda yoki to’q sariq, tuk bilan qoplangan; etilganda tuki to’kilib ketadi, xushbo’y. Yangi uzilgan mevasi kam iste'mol qilinadi. Behi entomofil (hasharotlar bilann changlanadigan) o’simlik. Behi tarkibida 74,7—83,5% suv, 8,5— 15,2% qand, 0,2—1,5% kislota bor, shuningdek oshlovchi moddalar va tosh hujayralar bo’ladi. Mevasi dag’al bo’lib, uzoq saqlangandan keyin tosh hujayralar yumshab qoladi. Behidan murabbo, kompot, marmelad, sukat, qiyom, jem tayyorlanadi, ovqatga (ko’pincha palovga bosib) ishlatiladi. Asosiy navlari: Non behisi, Quva behisi, Shirin behi, Samarqand yirik behisi, Xorazm olmasimon behisi. Behining kaloriyaliligi. Yog’i kam, parhez mahsuloti, har 100 gram hơl mevasi bor-yo’g’i 40 kKal ga ega.. 100 g mevasi tarkibi 0,6 g oqsil, 0,5 g yog’, 9,6 g uglevod, 0,8 g kul, 84 g suvdan iborat. Behining mevasida juda ko’p pektin birikmalari, fruktoza, glyukoza, kaliy tuzlari, temir, , kal siy, fosfor va mis bor. Behi mevasining shifobaxshligi qadim-qadimdan ma'lum. Ko’p mamlakatlardagi xalq tabobati vakillari qadimda pishirilgan va qaynatilgan behi mevasidan oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda me'da faoliyatini yaxshilashda foydalanishgani ma'lum. Behi yurak ơynog’i, sariq va ichketar kasalliklarini davolashda ijobiy natijalar berishi aniqlangan. Ovqatlanish oldidan ishtahasizlikda, ayollarning qon ketish kasalliklarida 10 g quritilgan behiga 100 g qaynoq suv quyib, undan 1 osh qoshiqdan ichish yaxshi natija beradi. Qirg’ichdan o’tkazib, suvda qaynatib pishirilgan behi mevasini jigar kasalliklari va ko’ngil aynish, qayd qilishni oldini olishda iste'mol qilish foydalidir.. Behining yangi pishgan mevasi va sharbati kamqonlikda, ich ketish va qon ketish bilan bog’liq me'da-oshqozon yo’llari kasalliklarida, peshob haydovchi vosita sifatida va yurak-qon tomir kasalliklarida iste'mol qilish tavsiya etiladi va bu yaxshi natija beradi. Behi mevasi biriktiruvchi peshob haydovchi, qon ketishini to’xtatuvchi, antiseptik, qayd qilishni to’xtatuvchi xususiyatlarga ega, urug’i esa, o’rovchi, yumshatuvchi, shamollashni tuzatuvchi va antiseptik xusuiyatlarga egadir. Mana shuning uchun ham medisina praktikasida behi urug’ining qaynatilgan 59 yopishqoq bo’tqasi qon tupirishda, ayollardan qon ketishida, ich ketishda tavsiya etiladi. Behi urug’i qaynatmasidan terini yumshatish, pardozlash, ko’z kasalliklarida malham qo’yish, anginada g’arg’ara qilish maqsadlarida ham foydalaniladi. Behi mevasidan damlama tayyorlab ichish kamqonlilikda tavsiya etiladi. Uni tayyorlash uchun behini kichik bo’laklarga bo’linadi, idishga solib, ustidan suv quyib yumshagunicha qaynatiladi, siqib olingan sharbatini damlama shakliga kelib, quyuqlashguncha qaynatiladi. Behining yangi uzilgan mevasi tarkibida temir moddasi ko’pligidan temir moddasi yetishmasligidan bo’ladigan kamqonlilikni oldini olish hamda uni davolashda, uzoq davom etgan kasalliklar, tana harorati balandligidan qiynalganda iste'mol qilinadi. Qadim-qadimdan tarkibida pektin moddasiga boy behi mevasi ich ketish bilan bog’liq ichak kasalliklarini davolashda iste'mol qilinishiga sabab bo’lgan. Orqa chiqarish teshigi devorlari yorilishida behi yoki uning sharbatini issiq suvda ho’llangan bintni malham qilib qo’yish faol vositalardandir. Yangi mevasi yoki quritilgan behining qaynatmas i ilgari zamonlardan ayollarda ko’p qon ketishini to’xtatishda ishlatilgan – kuniga 3 mahal mayda qilib kesilgan behi bo’lakchalarin i choyga solib ichilgan. Behi urug’ini ezib (5-100) suvga aralashtirilsa,y elimdek yopishqoq modda hosil bo’ladi, uni teridagi jarohat bitishini tezlashtirishda, balg’am ko’chiruvchi, yo’talga qarshi vosita (ayniqsa bolalarda bronxitda) sifatida, tinchlantiruvchi vosita (oshqozon va o’nikki barmoqli ichak yarasida) sifatida ishlatiladi. Stomatologiyada bunday yopishqoq modda glossit, gingivit, parodontozni davolashda ishlatiladi. Yopishqoq modda behi urug’i mag’zidagi amigdalin deb nomlanadigan zararli moddasi aralashib ketishining oldini olish maqsadida shikastlanmagan, butun urug’laridan tayyorlanadi.. Behi barglari ivitilgan qaynoq suv (200 ml qaynoq suvga 5 ta behi bargi qo’shiladi) bronxial astma xuruj i kechishini yengillashtiradi va hatto to’xtatishg a sabab bo’ladi.. Behi urug’ining suvda qaynatmasi ayollarda haddan tashqari ko’p qon ketishida, xususan klimaks davrida ajoyib foydali vositadir. Shuningdek, ozgina behi urug’ining quritilganini choy qoshig’ining uchida oylik sikl boshlanishidan bir hafta oldin iste'mol qilinishi yaxshi natija beradi. Behi urug’i yopishqoq moddadan tarkib topgan, shuning uchun undan yumshatuvchi o’rab-qoplab bitiruvchi vosita sifatida foydalanish mumkin. Uning 10 g urug’i ustiga 1 stakan iliq suv quyib, 7-9 daqiqa aralashtirish lozim. Hosil bo’lgan moddani gastritda, balg’am ko’chirish maqsadida, yuqori nafas organlari shamollashida kuniga 3-4 mahal 1 osh qoshig’idan ovqatlangandan 20-30 daqiqa keyin iste'mol qilinadi. Kuyish, quruqshash holatlarida teriga surtiladi. Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino oshqozon-me'da faoliyati buzilganida, uning mevasi sharbatini asal va sirka qo’shib “oshqozonni quvvatlantirish” va “zaif jigar”ni davolash maqsadida iste'mol qilishni tavsiya etgan. U shuningdek, behini yuz terisini tiniqlashtiruvchi yaxshi vosita ekanini ta'kidlagan. Behi urug’ini maydalash mumkin emas, chunki u maydalanganida amigdalin deb ataladigan zararli modda ajralib chiqishiga sabab bo’ladi. Bu modda behiga achchiq danak mazasini berib turadi. Qadimgi tabiblar bepushtlikni behi yangi sharbati bilan davolash reseptini qoldirishgan. .Unga ko’ra, sharbatni yangi oy chiqqanidan boshlab yigirma kun davomida har kuni kechqurun bir osh qoshiqdan ichiladi. Behi barglari qaynoq tindirilgan suv bronxial astma xurujini yengillatish va hatto to’xtatishga davo bo’ladi. Buni tayyorlash uchun behining 5 g bargi ustiga bir litr qaynoq suv quyiladi, 15 daqiqa past olovda qaynatiladi,barglarni siqib, olib tashlanadi. 2 osh qoshig’idan kuniga ovqatlanishdan oldin 3-4 mahal 60 ichiladi. Bu qaynatmani muzlatgichda 3 kungacha saqlash mumkin. Undan ko’p vaqt o’tsa, eskirib, ta'siri qolmaydi. Behining urug’i va barglaridan damlangan choy buyrak kasalliklarida yaxshi peshob haydovchi vositadir. Behining quritilgan barglaridan 1 osh qoshiq olinadi, urug’idan ham shuncha miqdor qo’shiladi, ustidan 200 g qaynagan suv quyib, past olovda 5-6 daqiqa qaynatiladi, tindirib, dokadan o’tkazib, ta'bga ko’ra asal qo’shiladi. Kuniga 3-4 mahal 1 osh qoshiqdan ichiladi. Behi mevasidan damlangan choy peshob haydovchi, yurak-qon tomir kasalliklari natijasida kelib chiqgan shishlarni davolashda ham yaxshi vositadir. Bunday choyni xalq tabobatida yo’talda va nafas yo’llarining o’tkir shamollashida ham iste'mol qilinadi. Behining yangi uzilgan mevasi har kilogramida 30 mg temir moddasi mavjud, shuning uchun ham uni iste'mol qilishni kamqonlik va boshqa illatlarni davolashda iste'mol qilish tavsiya etiladi. Download 3.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling