Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari
Download 3.56 Mb. Pdf ko'rish
|
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma
Shaftoli quvvat manbai – u shakar va sellyulozaga boy. Bundan tashqari, uning tarkibida kaliy, temir,
fosfor, magniy, ftor, A, C, B, E, K, PP vitaminlari, antioksidantlar va organik kislotalar bor. Shaftoli ochlikni qondiradi va ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Uning tarkibida kaliy va magniy ko’pligi uchun kamqonlik, yurak kasalliklari, stress holatlarida yaxshi foyda beradi. Og’ir kasalliklardan so’ng organizm tiklanishi uchun shaftoli va uning sharbatini iste'mol qilish tavsiya etiladi. Shaftoli pigmentli dog’ va ajinlarning paydo bo’lishiga qarshi kurashib, terini yoshartirish xususiyatiga ega. Olimlar shaftoli tarkibidagi moddalar saraton hujayralarining o’sishini sekinlatishini aniqlagan. Shaftoli bargi va gulida ham davolash xususiyatlari mavjud. Ularning qaynatmasidan ich suruvchi va yallig’lanishga qarshi vosita sifatida foydalanish mumkin. Shaftoli danagidan tayyorlangan damlamani nafas olish organlari kasallanganda va shamollashda terlatuvchi vosita sifatida foydalansa bo’ladi. Eslatma: shaftoli mag’zi zaharli. Mevaning po’stida allergiya chaqiruvchi gul changlari bo’lishi mumkin. Tozalangan yoki konservalangan shaftoli allergiyaga moyil insonlar uchun xavfsiz. Semirish yoki qandli diabet kasalliklarida shaftoli yyeyish tavsiya etilmaydi. Shaftolining kaloriya darajasi – 45 kkal. GILOS — NODIR NE'MAT 57 Gilos juda ham shirin va foydali meva ekanligi hech kimga sir emas. Ko’pincha uni yangi uzib olingani iste'mol qilinadi, chunki undan pishirib tayyorlangan murabbo va boshqa ko’rinishlardagi p ishiriqlarda gilos o’zining mazasi va foydali xususiyatlarini yo’qotadi. Gilos murabbosining shirinligi olcha murabbosidan qolishmasa ham, uy bekalari gilosdan kamdan-kam holda murabbo tayyorlashadi. Foydali xossalaridan tashqari gilosda bitta katta kamchilik bor! Gilosni haddan tashqari ko’p iste'mol qilingach, organizmda ortiqcha suyuqlik hazm bo’lmay to’xtab qolishi mumkin, natijada ertasiga ertalab inson o’z tanasida shish paydo bo’lganini kuzatishi mumkin. Gilosning xuddi ana shu “kamchiligi” sababidan homilador ayollarni gilosni ko’p miqdorda iste'mol qilishdan qaytarishadi. Inson sog’lig’i uchun uchun gilosning asosiy foydalari: • Gilos qabziyat muammosini hal qiladi. Chunki bu meva iste'mol qilingach, tanada ichaklar faoliyatini tezlashtirib yurgizadi va oqibatda modda almashinuvi me'yorda bo’lishi ta'minlanadi. • Pishiqchilikda gilos iste'mol qilinganda bolalarda ham, kattalarda ham immunitet mustahkamlanadi. Shifokorlar pishiqchilik mavsumida meva va sabzavotlarni me'yorida to’yib iste'mol qilishni tavsiya etishadi, bundan gilos istisno etilmaydi, chunki uning tarkibida juda ko’p miqdorda organizmni turli infeksiyalardan himoya qiluvchi va yangi immun hujayralari o’sib chiqishiga sabab bo’luvchi vitaminlar mavjud. • ”Asabiy” «psoriaz» i «ekzema» kabi teri kasalliklarini gilos yordamida davolash mumkin. Bunday holda, kasallikni davolash jarayonida gilos yordamchi davolovchi vosita sifatida bu kasalliklardan tezroq forig’ bo’lishga yordam beradi, yolg’iz uni iste'mol qilish kasallikdan to’liq xalos eta olmaydi, shifokor belgilagan dori-darmonlarning o’rnini to’liq bosa olmaydi. • Agar kishida gemoglobin miqdori pasaygan bo’lsa yoki anemiya (kamqonlik) diagnozi qo’yilgan bo’lsa, gilos bu xastaliklardan qutilishda qo’l keladi. Bunday kishi o’zini gilos iste'mol qilishdan tiyishi yoki cheklashi foydali bo’lmaydi, aksincha, uni bor-yo’g’i bir hafta davomida muntazam iste'mol qilib, gemoglobin miqdorini ko’tarish va anemiyadan forig’ bo’lish mumkin. • Erta toksikozni boshdan kechiruvchi homilador ayollar gilos iste'mol qilib bu noxush holatdan qutilishlari mumkin. Yuqorida aytib o’tilganidek, shifokorlar tanada ortiqcha shish paydo bo’lishining oldini olish va buyraklarni zo’riqtirmaslik maqsadida gilosni haddan tashqari ko’p iste'mol qilishdan qaytarishadi. Shu sababdan boshidan toksikozni kechirayotgan homilador ayollarga o’ntacha gilos (bundan ko’p emas) iste'mol qilishni tavsiya etishadi. • Qon bosimi oshib yuruvchi gipertonik xastaligi bor kishilar ham gilos iste'mol qilib, salomatliklarini yaxshilab olishlari mumkin. • Pishiqchilikda gilosni muntazam istemol qilib yurish arteriya bosimini bir me'yorda bo’lib turishiga yordam beradi. Download 3.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling