Ma’naviy sohadagi islohotlar


O‘zbekiston taraqqiyotining bugungi mantig‘i milliy g‘oya yo‘nalishda ham jamiyatimiz va davlatimiz rivojining yangi bosqichi boshlanganidan dalolat beradi


Download 102.77 Kb.
bet2/11
Sana14.03.2023
Hajmi102.77 Kb.
#1266919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7 -mavzu

O‘zbekiston taraqqiyotining bugungi mantig‘i milliy g‘oya yo‘nalishda ham jamiyatimiz va davlatimiz rivojining yangi bosqichi boshlanganidan dalolat beradi.
Mazkur jabhada olib borilayotgan muayyan ishlar bilan birga, milliy g‘oyani rivojlantirishga va taraqqiyotning u asosidagi muhim omillari ta’sirchanligini yanada oshirishga to‘sqinlik qilayotgan qator muammolar ko‘zga tashlanmoqda:
birinchidan,
murakkab geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarning salbiy ta’siri ortib, odamlarning ongi va qalbi uchun kurash kuchayib borayotgan bugungi kunda, yurtimiz sarhadlari va mamlakatimiz hayotining barcha sohalarini g‘oyaviy himoyalash ishlari zamon talablari, islohot va yangilanishlar sur’atidan ortda qolmoqda;
ushbu masalalarni o‘rganish borasidagi ilmiy tadqiqotlar esa, tor doirada amalga oshirilmoqda, ba’zilari hozirgi hayot talablaridan uzilib qolgan, ayrimlarining natijalari amaliyotga sust joriy etilmoqda;
ikkinchidan,
fikrlar xilma-xilligi sharoitida,aholining turli tabaqalari vakillarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanish va islohotlar samarasini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan, milliy g‘oya asosidagi umumiy yondoshuv, yaxlit tushuncha va tasavvurlar etarlicha shakllanmagan;
turli mafkuraviy poligonlar ta’sirida yuz berayotgan bunday xatarli jarayonlar mohiyatini anglash darajasi pastligi, bu haqda etarlicha bilim va yaxlit tasavvurning shakllanmagani esa, ushbu yo‘nalishdagi tahdidlarga qarshi kurash va jamiyatimizni g‘oyasizlashish xavfidan saqlashda milliy g‘oya omilidan samarali foydalanish imkonini bermayapti;
uchinchidan,
milliy g‘oya targ‘iboti va mafkuraviy profilaktikaning zamonaviy usul va vositalari ta’sirchanligini ta’minlaydigan, azaliy qadriyatlarimiz, xalqimizning asrlar davomida shakllangan hayot tarzini barbod qilishga yo‘naltirilgan buzg‘unchi g‘oyalar va yot mafkuralarga qarshi faoliyatni hozirgi davr talablari darajasida tashkillashtirishga yordam beradigan samarali mexanizmi shakllanmagan;
fuqarolar ongi va tafakkuridagi sifat o‘zgarishlarining islohotlar sur’atlari va ehtiyojlariga hamohangligini ta’minlashga mas’ul davlat tashkilotlari, fuqarolik institutlari, OAV va xususiy sektor faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilishning ta’sirchan tizimi mavjud emas;

Download 102.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling