Ma’naviy sohadagi islohotlar


Jamiyat mafkuraviy immunitetini mustahkamlash


Download 102.77 Kb.
bet7/11
Sana14.03.2023
Hajmi102.77 Kb.
#1266919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7 -mavzu

Jamiyat mafkuraviy immunitetini mustahkamlash

Mafkura sohasida bo‘shliq degan narsaning o‘zi hech qachon bo‘lmaydi. CHunki insonning qalbi, miyasi, ongu tafakkuri hechqachon axborot olishdan, fikrlashdan, ta’sirlanishdan to‘xtamaydi. Demak, unga doimo ma’naviy oziq kerak. Agar shu oziqni o‘zi yashayotgan muhitdan olmasa yoki bu muhit uni qoniktirmasa, nima bo‘ladi, aytinglar? Bunday oziqni u asta-sekin boshqa yoqdan izlaydi. SHunga yo‘l bermasligimiz kerak. Mana, gan nima haqida ketyapti!


Buning uchun o‘zini jamiyatimiz, yoshlarimiz ma’naviyati, g‘oyaviy-mafkuraviy tarbiyasi uchun mas’ul deb bilgan insonlar - bu mahalla yoki diniy tashkilotlar bo‘ladimi, huquq-tartibot idoralari xodimlari yoki katta ta’sir kuchiga ega ijodkor ziyolilar bo‘ladimi - ularning barchasi ayniqsa faol bo‘lishlari lozim.
Bunday loqaydlik, tabiiyki, shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi zamondan orqada qolishga olib keladi va bunga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
SHuning uchun ham mazkur sohaga aloqador tashkilotlar o‘z dasturiy maqsad va vazifalarini, mafkuraviy sohadagi ishlarini qayta ko‘rib chiqib, ularga zarur o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishi, bunda jahon tajribasini o‘rganish xalqaro hamkorlikni kuchaytirish foydadan xoli bo‘lmaydi.
Mazkur tashkilotlar va muassasalar fuqarolarimiz, ayniqsa, yoshlarimizning ma’naviy-ma’rifiy, g‘oyaviy – axloqiy ehtiyojlarini qondirishi shart. Agar ular bunga erisholmasa, bu bo‘shliqni g‘araz niyatli kuchlar to‘ldirishga harakat qilishi shubhasiz. Ayrim hollarda to‘ldiryapti ham - buni yashirishning xojati yuk.
SHu munosabat bilan, yoshlarga oid davlat siyosatida ularga milliy o‘zlikni anglashda mustaqillik, yuksak ma’naviyat, insonparvarlik an’analariga sadoqat g‘oyalarini yanada chuqur singdirish, turli yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash borasida ma’rifiy ishlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani bejirz emas.
Ushbu yo‘nalishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga doir chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.
YOshlarda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, ularni turli yot g‘oya va tahdidlardan asrash, o‘z mustaqil fikriga ega, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va turli nominatsiyalardan iborat «Islohotlar bilimdoni» keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovi nizomi, dasturi va rejasini tasdiqlandi. «Islohotlar bilimdoni» mavzusi ostida «Yilning eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi», «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra», «Eng yaxshi guruh murabbiysi», «Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi», «Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi» nominatsiyalari bo‘yicha o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovini o‘tkazish belgilandi.
«Jaholatga qarshi ma’rifat» g‘oyasi asosida aholining mafkuraviy immunitetini mustahkamlash va islom dinining insonparvarlik mohiyatini targ‘ib qilish maqsadida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, MTRK, vazirlik va idoralarning chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Rejada mutaassiblik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishi nazarda tutiladi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi aholining mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga yo‘naltirilgan innovatsion metodlarni yaratish, ilmiy-amaliy dasturlarni amaliyotga joriy etish mexanizmini joriy etishga mas’ul etib belgilandi.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Xalqaro press-klub va boshqa ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga, barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan maqolalar, tok-shoular, ijtimoiy roliklar, ko‘rsatuvlar, publitsistik chiqishlar va eshittirishlar tashkil qilish tavsiya etildi.
YUqorida aytilgan muammolarni kompleks hal qilish, xalq ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha Xalq ta’limini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini qabul qildik.
Milliy g‘oya targ‘iboti, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, jamiyatda adabiyot va kitobxonlikni yanada rivojlantirish maqsadida “Ijod” jamoat fondi negizida Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash fondi tashkil etilishi qayd etildi.
Axir, dunyoda, yon-atrofimizda qanday keskin raqobat, g‘oyaviy, mafkuraviy kurash ketmoqda! SHunday murakkab bir vaziyatda haqiqiy ziyolining qo‘l qovushtirib, tomoshabin bo‘lib o‘tirishga haqqi bormi?
SHu bilan birga, amalga oshirilgan ishlarning tahlili bu borada ayrim muammolar saqlanib qolayotganligini ko‘rsatmoqda. Xususan, yosh avlod ongiga Vatanga sodiqlik va uning taqdiri uchun daxldorlik hissini singdirishga, ularda yot g‘oya va qarashlarning salbiy ta’siriga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar etarli darajada samara bermayapti.
Internet va yuqori texnologiyalar tufayli dunyoda madaniyatlar va davlatlar o‘rtasidagi chegaralar yo‘qolib bormoqda. Hozir internet tarmoqlarida 60 mingdan ortiq buzg‘unchilik, zo‘ravonlik va axloqsizlikni, «ommaviy madaniyat»ni targ‘ib etadigan saytlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ana shunday keskin va murakkab axborot xurujlari va xavf-xatarlarga biz qanday qarshi tura olamiz? YOshlarga internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali qanday ma’naviy va ruhiy ozuka beryapmiz? Afsuski, hechbirimiz bunga ijobiy javob bera olmaymiz. YOshlarda yot g‘oyalarga nisbatan ma’naviy immunitet shakllanmas ekan, «bu - yaxshi, bu - yomon» degan qatiy fikr paydo bo‘lmasekan, mafkuraviy xatarlarga qarshi turish qiyin bo‘ladi.
Xususan, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizim endigina shakllanmoqda , xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish borasida etarli darajada tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqotishlar olib borilmayapti, ushbu yo‘nalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektorning hamkorligi samarali yo‘lga qo‘yilmagan.
Bizning qat’iy ishonchimizga ko‘ra, jamiyatda ta’limning nufuzini oshirish va yoshlarning kamolotga intilishini rag‘batlantirish — bu barqaror va izchil taraqqiyotga erishish kafolatidir. Bularning barchasi, hech shubhasiz, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodni zo‘ravonlik va radikalizm mafkurasidan himoya qilishda yordam beradi.
SHu munosabat bilan barchamiz quyidagi masalalarga e’tibor qaratishimiz lozim. Birinchidan va eng asosiysi - axoli, ayniksa, yosh avlodda terrorizm va ekstremizm mafkurasiga qarshi qat’iy va barqaror immunitetni shakllantirish.
Dunyodagi ayrim doiralar islomga qarshi kayfiyatni kuchaytirgan holda, islom dinini terrorizm mafkurasi bilan bog‘lashga urinayotganini ming afsus bilan qayd etishga to‘g‘ri keladi. Bu omil islom olamini yanada jipslashishga chorlamoqda. Islom hamjihatligi jahondagi keskinlikni yumshatishda muxim rol o‘ynashi mumkin.
Uchinchidan, biz ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish uchun – Uchinchi Renessans sari” degan tamoyilga asoslangan holda, milliy g‘oya va uning mafkuraviy negizlarini puxta ishlab chiqishimiz kerak.
To‘rtinchidan, maktablarni chinakam ma’naviyat va ma’rifat, madaniyat o‘chog‘iga aylantirish uchun ta’lim-tarbiyaning interaktiv usullarini qo‘llashimiz lozim.
Beshinchidan, mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g‘oya asosida barchamiz birgalikda kurashmog‘imiz, oila, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlashimiz, va shu asosda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash zarur;
Oltinchidan, ayniqsa, bu vazifa barcha bo‘g‘indagi rahbarlar, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniylar tashkilotlari, ijodkor ziyolilarimiz, diniy ulamolar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, butun jamiyatimiz uchun vijdon ishiga aylanishi kerak.
Ettinchidan, bu borada oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini samarasini oshirish darkor;
Sakkizinchidan, aholining Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish,  xatarli tahdidlarga qarshi samarali kurash olib borish lozim.
To‘qqizinchidan, yoshlarimiz ongiga salbiy ta’sir etuvchi, ularni g‘oyaviy jihatdan qaram etishga yo‘naltirilgan harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish hamda irodali, fidoyi, vatanparvar va o‘z mustaqil fikriga ega avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratish kerak.
O‘ninchidan, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijtimoiy mavzulardagi dolzarb maqolalar, jamoatchilik vakillarining ilg‘or fikrlari, shuningdek, mafkuraviy jarayonlar tahlili, sohaga oid yangiliklarni to‘plash, tayyorlash va tarqatishda “oyina.uz” elektron portali imkoniyatlaridan keng foydalanish lozim.
Bugun hayot yangicha fikrlash va ishlash, milliy “aql markazlari”mizni shakllantirishni talab etmoqda. Afsuski, atrofimizdagi barcha siyosiy-ijtimoiy jarayonlarni chuqur tushunib, ta’sirchan tilda etkazib beradigan tahlilchi va ekspertlarimiz juda kam. Bunday vaziyatda jamiyatimizni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish borasidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur. SHu ma’noda, Ma’naviyat va ma’rifat, “Taraqqiyot strategiyasi”, Islom sivilizatsiyasi markazlari, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi tadqiqot institutlari haqiqiy “aql markazlari”ga aylanishi kerak.
Ta’lim tizimining ma’naviy-axloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarga mustaqillik g‘oyalariga, milliy an’analarga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan immenitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni olib borish vazifalari dolzarbligini saqlab qolmoqda.



Download 102.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling