Ma’naviy sohadagi islohotlar
Download 102.77 Kb.
|
7 -mavzu
Ma’naviy sohadagi islohotlar. Bugungi global makonda, qarama-qarshiliklar, inson, ayniqsa, yoshlarning ongi va qalbini egallash uchun kurash nihoyatda kuchaygan hozirgi sharoitda yosh avlod tarbiyasining o‘rni va ahamiyati har qachongidan ham ortib borayotgani hech kimga sir emas. Siz bilan biz yashayotgan zamonning achchiq haqiqati shundan iboratki, katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan yoshlarni agar sog‘lom kuchlar to‘g‘ri yo‘lga boshlamasa, g‘arazli niyatlar bilan yurgan buzg‘unchi kuchlar o‘z ortidan ergashtirib ketadi. Afsuski, biz jahondagi ana shunday keskin va murakkab sharoitni hisobga olib, milliy ruhni izchil tarbiyalab, kamolga etkazish, shu orqali uni milliy g‘oyani amalga oshirishning, barcha soxalarda yangi avlod kadrlarini, yangi qahramonlarni tarbiyalashning qudratli vositasiga aylantirish ustida samarali ish olib borayotganimiz yo‘q. Dunyodagi raqobatga bardoshli, jahon maydonida o‘z o‘rnimga ega bo‘laman, degan har bir xalq shu masalalar haqida jiddiy o‘ylaydi, bu borada amaliy choralarni ko‘radi. Zarur choralarni ko‘rmasa, hech shubxasiz, xalq va millat sifatida o‘zligini boy beradi. Barchamizga ayonki, bugungi kunda yon-atrofimizda yoshlarning qalbi va ongini zaharlab, ularni to‘g‘ri yo‘ldan og‘dirishga qaratilgan xavf-xatarlar tobora kuchayib bormoqda. Bunday mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g‘oya asosida barchamiz birgalikda kurashmog‘imiz, oila, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlashimiz zarur. Ayniqsa, bu vazifa barcha bo‘g‘indagi rahbarlar, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniylar tashqilotlari, ijodkor ziyolilarimiz, diniy ulamolar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, butun jamiyatimiz uchun vijdon ishiga aylanishi kerak. Oldimizga qo‘ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo‘ladigan milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarur. Xususan, milliy o‘zligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soxa olimlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz lozim. O‘tmishga berilgan baho albatga xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qarashlardan xoli bo‘lishi zarur. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat. Hozirgacha, bizda ma’napviyat va milliy g‘oyaning mohiyatini to‘liq anglab etmagan, eski mafkurani tasavvur qilib, bunga yuzaki qaraydiganlar ham yo‘q emas. Biz yaratayotgan yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan. Download 102.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling