Ma’naviy sohadagi islohotlar


Ayni paytda, ushbu Strategiya mazkur yo‘nalishda ham mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi bosqichi – reideologiya davriga qadam qo‘yganini anglatadi


Download 102.77 Kb.
bet4/11
Sana14.03.2023
Hajmi102.77 Kb.
#1266919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7 -mavzu

Ayni paytda, ushbu Strategiya mazkur yo‘nalishda ham mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi bosqichi – reideologiya davriga qadam qo‘yganini anglatadi.
Milliy g‘oyani bugungi rivojlantirish bosqichi jahonning eng ilg‘or mamlakatlari allaqachon o‘tgan va samarali tajriba to‘plagan, ularning taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan reideologiya bosqichining O‘zbekistonga xos quyidagi ustivor yo‘nalishlari va dolzarb vazifalarini yanada yaqqol namoyon qiladi:
O‘zbekistonning yangi qiyofasini yaratishning g‘oyaviy omillari ta’sirini oshirish;
- jamiyatimizda yangi ma’naviy makonni barpo etish hamda xalqimizning zamonaviy dunyoqarashini shakllantirish;
tahdidbardosh davlat va rivojlangan fuqarolik jamiyati qurishning mafkuraviy tamoyillarini mustahkamlash;
-aholini g‘oyaviy tarbiyalash, uning kreativ va innovatsion tafakkurini shakllantirish;
fuqarolarning mafkuraviy immunitetini mustahkailash va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash.
Bularning barchasi taraqqiyotimizning bugungi bosqichida tobora yuksalib borayotgan O‘zbekistonning yangi qiyofasini shakllantirishga xalaqit berayotgan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf qilish, keyingi o‘n yilliklardagi faoliyatning g‘oyaviy omillari va ustuvor tamoyillarini samarali amalga oshirishga xizmat qilmog‘i lozim.
SHu ma’noda, keyingi yillarda ham mustaqillikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, milliy g‘oyaga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirish masalasiga alohida e’tibor qaratiladi.
Bu borada tegishli idora va tashkilotlar tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilayotganini qayd etish lozim, albatta.
Mamlakatimizda fidoiy, o‘zining mustaqil hayotiy pozitsiyasiga ega, masalalarni ongli ravishda, mas’uliyat bilan hal qila oladigan, milliy g‘oyaga sadoqatli avlodni voyaga etkazishga qaratilgan qator tadbirlar ishlab chiqildi.
So‘nggi yillarda bu borada muayyan qarorlar qabul qilindi. Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi Prezident ekani belgilab qo‘yildi. Kengashning hududiy bo‘limlariga mas’ullik hokimlar zimmasiga yuklatildi. Bu o‘zgarish ma’naviy-ma’rifiy ishlarni davlatimiz siyosatida yanada yuksak o‘ringa ko‘tardi.
Ammo ushbu jabhada olib borilayotgan muhim ishlarga qaramasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar jarayonida ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan ezgulik va insonparvarlik tamoyillari targ‘ibotiga oid muammolar saqlanib qolmoqda. Jumladan:

Download 102.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling