Ma’naviy sohadagi islohotlar


YAngi O‘zbekistonni barpo etish innovatsiyalari


Download 102.77 Kb.
bet10/11
Sana14.03.2023
Hajmi102.77 Kb.
#1266919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7 -mavzu

YAngi O‘zbekistonni barpo etish innovatsiyalari
Bugungi kunga kelib katta ishonch bilan aytish mumkinki, jamiyatda “YAngi O‘zbekistonni birgalikda barpo etish” degan ulug‘vor maqsad shakllandi va «Jamiyat — islohotlar tashabbuskori» degan yangi g‘oya kundalik faoliyatimizga faol kirib bormoqda.
YUrtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar fuqarolarimiz hayotini, dunyoqarashini hamda turmush tarzini o‘zgartirmoqda va butun mamlakatimizni dunyo hamjamiyatida yangi, yanada jozibador qiyofada namoyish etmoqda.
Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. CHunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? YAngi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya - bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerakligini chuqur anglab etganmiz.
Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga tayanadigan yangicha yondashuvlar mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor islohotlariga o‘tishi uchun keng yo‘l ochib beradi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Prezidenti va hukumatining bir kator muhim qaror va farmoyishlari mamlakatimizning ilmiy salohiyatini saqlab qolish va ilmiy muassasalar faoliyatini mamlakatimizning dolzarb ilmiy-texnik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga yo‘naltirilganligi ham aynan shundan. Fundamental tadqiqotlar natijasida to‘plangan yangi bilimlar olimlarning amaliy va innovatsion ishlanmalarida o‘z ifodasini topmoqda. Jumladan, yurtimizning yirik kimyo va neft-kimyo korxonalarida mahalliy innovatsion texnologiyalar asosida ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi. Natijada keyingi yillar mobaynida import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo‘ldi (o‘g‘it, defoliantlar, o‘sishga yordam beradigan stimulyatorlar, yuqori markali aviatsiya yoqilg‘isi va boshqalar). Bir qator radioizotoplar texnologiyasi yaratildi va ularni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekistondagi davolash muassasalari ushbu dori vositalari bilan ta’minlandi va ularni eksport qilishga ham erishildi. Dunyoda birinchi bo‘lib gen-nokaut texnologiyasi yordamida paxtaning bir qator foydali xususiyatlarga ega bo‘lgan noyob transgen navi - «Porloq» seriyasi yaratilgani mamlakatimiz paxtachiligidagi eng yirik ilmiy yutuq bo‘ldi. Seleksioner olimlar mamlakatimizning turli iqlim hududlarida g‘o‘zaning 20 ta yangi mahalliy navini rayonlashtirishga erishdilar. O‘ttizdan ortiq nomdagi yangi mahalliy dori vositalari yaratildi va ishlab chiqarishga tatbiq etildi. Ular hozirgi kunda ichki ehtiyoj uchun iste’molga chiqarilmoqda, ayrimlari esa xorijiy mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
SHu bilan birga, fundamental tadqiqotlarni yanada rivojlantirish masalasi biroz e’tiborimizdan chetda qolgani bugun yaqqol namoyon bo‘lmoqda. CHunki fundamental tadqiqotlar jadal rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyot bo‘yicha boshqa davlatlardan sezilarli ravishda ilgarilab borayotganini ko‘rib turibmiz.
Dunyoda ilm-fan sohasidagi yutuqlar aynan fundamental tadqiqotlar yo‘nalishida qo‘lga kiritilgani tasodifiy emas. SHuning uchun endilikda fundamental fanlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sohani iqtidorli yosh kadrlar bilan ta’minlash davlatimizning muhim vazifalaridan biri sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda.
Xalqimizda «Oqqan daryo oqaveradi» degan dono naql bor. SHu ma’noda, el-yurtimizning qon-qonida azaldan bo‘lgan aql-zakovat, ilmu ma’rifat tufayli zahmatkash va fidoyi insonlarning xizmatlari evaziga O‘zbekistonimiz zaminidan yangi xorazmiylar, beruniylar, ulug‘beklar etishib chiqadi va Vatanimiz shuhratini butun dunyoga yuksaltiradi, deb ishonaman.
SHuning uchun biz Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etdik va uning oldiga aniq vazifalarni qo‘ydik. Bu vazirlik nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki butun jamiyat hayotida eng muhim loyihalarni amalga oshirishda o‘ziga xos lokomotiv rolini bajaradi, deb ishonamiz.
Kelgusida ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, buning uchun zarur moliyaviy resurslarni safarbar etish, ushbu jarayonda iqtidorli yoshlar ishtirokini, ijodiy g‘oya va ishlanmalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash vazifasi e’tiborimiz markazida bo‘ladi.
SHu nuqtai nazardan, davlatning innovatsion yangilanish dasturini shakllantirish, innovatsiya va investitsiyalardan samarali foydalanadigan yangi avlod kadrlarini, yangi sarmoyadorlar sinfini tayyorlash o‘ta muhim ahamiyatga ega.
Buning uchun O‘zbekistonni texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizatsiya qilish bo‘yicha kuchli milliy g‘oya, milliy dastur kerak. Ushbu dastur O‘zbekistonni jahondagi taraqqiy topgan mamlakatlar qatoriga tezroq olib chiqishga imkon yaratishi lozim.
O‘ylaymanki, bugungi kunda yangi O‘zbekistonni barpo qilishda turli xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lishi katta ahamiyat kasb etadi. SHu ma’noda O‘zbekistonning MDH, SHanxay hamkorlik tashkiloti, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi tashkilotiga a’zo bo‘lishi tabiiy va tarixiy jarayonlar ifodasi bo‘lib, hech shubhasiz, mamlakatimiz istiqboli uchun juda foydali qadam hisoblanadi.
Oxirgi yillarda davlatimizning hamkorlarlarimiz bilan o‘zaro savdo hajmi ortib bormoqda, ko‘plab yangi qo‘shma korxonalar ochildi. Transport qatnovlari kengaymoqda, turistlar oqimi tobora ko‘paymoqda, xalqlarimizning hamkorlik rishtalari, o‘zga mamlakatlar bilan aloqalarimiz mustahkamlanmoqda.
Mamlakatimizda xususiy mulk va tadbirkorlikka strategik soha sifatida ustuvor e’tibor berilishi natijasida kichik va o‘rta biznes tarmog‘ining yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi 59 foizni tashkil etmoqda.
Biz kelajagimizni aynan tadbirkorlik orqali ko‘ramiz. Ushbu sohaning rivoji o‘z navbatida, yangi transport-kommunikatsiya tarmoqlari, logistika markazlari, minglab ish o‘rinlarini tashkil etish imkonini beradi.
SHu maqsadda, uzoq va yaqin davlatlar tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ishonchli aloqalarni o‘rnatish uchun eng qulay sharoitlarni yaratib berishni ustuvor vazifamiz, deb bilamiz. Bu borada biz qo‘shma texnoparklar, startap innovatsiya kompaniyalari va venchur jamg‘armalari tashkil etishni taklif qilamiz. Qo‘shma investitsiya jamg‘armasi va savdo uylarini birgalikda barpo etishga tayyormiz.
Mintaqalarimizda yirik transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirish orqali Evropa, Xitoy va Janubiy Osiyo bozorlariga chiqish uchun salmoqli imkoniyatlar yaratadi. Bu yo‘nalishda «Boku-Tbilisi-Kars» yangi temir yo‘lining salohiyatidan unumli foydalanishimiz zarur. Tranzit va logistika markazlarini barpo etishda Oqtov, Turkmanboshi, Alyat, Samsun va Mersin portlarining zamonaviy infratuzilmasini ishga solish hamda tashqi savdo yuklarini tashishda o‘zaro kelishilgan chegirma va imtiyozlarni qo‘llash masalalari hal qilinmoqda.
O‘ylaymanki, sayyohlik sohasidagi hamkorligimizni ham jadallashtirish zarur. Oxirgi yillarda turli davlatlardan yurtimizga kelgan sayyohlar soni salkam ikki barobarga o‘sgani bizni juda quvontiradi. Biz bu boradagi sayyohlik dasturlarida faol ishtirok etishga tayyormiz hamda ushbu yo‘nalishdagi say’-harakatlar xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishga, hamkorlik va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga shart-sharoitlar yaratishda davom etamiz.
Mustaqil O‘zbekiston bugungi kunda o‘z istiqbolini yaratish yo‘lida dadil qadamlar bilan rivojlanayotgan mamlakatdir. Bunda biz uzoq o‘tmishimiz, boy madaniyatimiz, rang-barang an’analarimiz, bebaho ilmiy merosimiz, diniy qadriyatlarimizga tayanamiz. Bunga milliy taraqqiyot strategiyamizga xos yo‘nalishlarda amalga oshirayotgan ishlarimiz, o‘ylaymanki, yaqqol guvohlik bera oladi.
Bu sohada olib borayotgan keng miqyosli ishlarimizni, xususan, ta’lim-tarbiya bo‘yicha qabul qilingan umummilliy dasturlarimizni mantiqiy yakuniga etkazishimiz zarur.
SHu maqsadda hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta’lim tizimining eng muxim vazifasi - yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy etuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir.
Farzandlarimiz uchun zamonaviy ish joylari yaratish, ularning hayotda munosib o‘rin egallashini ta’minlashga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishni davrning o‘zi taqozo etmoqda.
Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdai, qatiyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz.
YOshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz.
Iqtisodiyotimizning barqaror sur’atlar bilan o‘sishini ta’minlashdek muhim tamoyil va ustuvor vazifani amalga oshirish, davlat rahbari sifatida men uchun strategik vazifa bo‘lib qoladi. Biz avvalo iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish borasidagi ishlarimizni yanada chuqurlashtirish, uning soha va tarmoqlarini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish bo‘yicha boshlangan ishlarni jadallashtirish choralarini ko‘ryapmiz. Tarmoqlar va hududlarni modernizatsiya qilish, ularning raqobatbardoshlik darajasini oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lishi lozim. Buning uchun xorijiy sarmoyalar va ilg‘or texnologiyalarni hamda axborot-kommunikatsiya tizimlarini barcha sohalarga yanada faol jalb etishimiz zarur bo‘ladi. Aynan shu asosda 2030 yilgacha mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini 2 barobardan ziyod ko‘paytirishga erishishimiz darkor.
Albatta, mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi etakchilari qatoriga kirish yo‘lida zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holdagi islohotlarni amalga oshirish shiddat bilan rivojlanish jarayonlari kechayotgan hozirgi davrda O‘zbekiston milliy taraqqiyot strategiyasining ustuvor jihatlari ekanligini aniq-ravshan tasavvur etamiz.
SHuning uchun strategik ahamiyatga molik bo‘lgan sohalarni rivojlantirishga qaratilgan konseptual rejalar ishlab chiqib, ularning ijrosini amalga oshirishni asosiy maqsad qilib olganmiz. Bunda o‘z imkoniyatlarimizga tayanish bilan birga xorijiy hamkorlarning ko‘magi va yordamiga ham suyanyapmiz. Bunga bir qancha misollarni keltirmoqchiman.
Xususan, 2018 yil 21 sentyabr kungi PF-5544-sonli “2019 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonda: “Ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qo‘llagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etish O‘zbekiston Respublikasi jadal rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi”, deya alohida uqtirilgan. Hujjatda esa ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar oldimizda turganligi aniq-ravshan belgilab berilgan:
-O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish;
-barcha darajada ta’lim sifati va qamrovini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tiziminining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini ta’minlash;
-ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar natijalarini keng joriy etish uchun ta’lim, ilm-fan va tadbirkorlikni integratsiya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish;
-innovatsiyalar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlarga davlat va xususiy mablag‘lar kiritilishini kuchaytirish, bu sohalardagi tadbirlarni moliyalashtirishning zamonaviy va samarali shakllarini joriy etish;
-boshqaruvning zamonaviy usullari va vositalarini joriy etish orqali davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish;
-mulkchilik huquqlari himoyasini ta’minlash, raqobatbardosh bozorlar tashkil etish va biznes yuritish uchun teng shart-sharoitlar yaratish, davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
-barqaror faoliyat yuritadigan ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani yaratish.
Gap milliy taraqqiyot strategiyasida uchinchi Renessans poydevorini yaratilayotganligi to‘g‘risida borar ekan mamlakat atom energetikasini umumiy energetika balansiga kiritish, undan kamida 60 yil davomida xavfsiz foydalanishni ta’minlagan holda respublika hududida atom elektr stansiyasi barpo etishni nazarda tutuvchi yadro-energetika dasturi tayyorlanib, amalga oshirish uchun start berilganligini alohida ta’kidlashimiz lozim.
Keyingi yillarda mamlakatimizda elektr energiyasi iste’moliga nisbatan ehtiyojning muttasil ravishda oshib borayotganligi, sanoat korxonalari miqdorining ko‘payib borayotganligi, elektr energiyasi ishlab chiqarish tannarxining qimmatlashib ketayotganligi hamda buning uchun talab qilinadigan xom-ashyo manbalarining esa tobora taqchillashib borayotganligi kabilar mamlakatimizda elektr energiyasi ishlab chiqarishning muqobil manbalarini yaratish zarurligini kun tartibiga ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda. Bu esa o‘z navbatida «2019 — 2029 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 fevraldagi PQ-4165-sonli qarorini qabul qilishga olib keldi.
Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining jadal raqamli rivojlanishini ta’minlash, shu jumladan, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasi ishlab chiqildi. YAqin istiqbolda uchinchi Renessans poydevorini barpo qilishimizda ushbu Strategiyaning ahamiyati ma’lum ma’noda juda beqiyos, deb o‘ylayman.
CHunki Strategiya O‘zbekiston Respublikasining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari hamda o‘rta va uzoq muddatli istiqbolli vazifalarini belgilaydi.
SHuningdek, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari va Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, raqamli texnologiyalarni yanada keng joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, raqamli industriyani jadal rivojlantirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni ko‘zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan.
Bundan tashqari, 40 dan ortiq axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan geoportalni ishga tushirish, jamoat transporti va kommunal infratuzilmani boshqarishning axborot tizimini yaratish, ijtimoiy sohani raqamlashtirish va keyinchalik ushbu tajribani boshqa hududlarda joriy qilishni nazarda tutuvchi «Raqamli Toshkent» kompleks dasturi amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki milliy taraqqiyot strategiyasida mamlakat qishloq xo‘jaligini rivojlantirish ham muhim o‘rin tutadi. Xuddi shu bois mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini isloh qilish, sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-sonli farmoni asosida er va suv resurslaridan samarali foydalanish, sohaga investitsiyalarni keng jalb etish, ishlab chiqaruvchilarning yuqori daromad olishiga va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish borasidagi to‘siqlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatga mo‘ljallangan strategiya ishlab chiqildi.
Unda qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, er va suv munosabatlarini takomillashtirish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, sohaga bozor mexanizmlarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish hamda kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida quyidagi ustivor vazifalarni amalga oshirish belgilab olindi: [ОКОЗ:

  1. 1.02.00.00.00 Давлат бошқаруви асослари / 02.08.00.00 Иқтисодиёт, ижтимоий-маданий қурилиш соҳасидаги давлат бошқарувининг умумий масалалари / 02.08.01.00 Давлат дастурлари, концепциялар ва бошқалар]



-oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash va iste’mol ratsionini yaxshilash, talab etiladigan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari etishtirishni nazarda tutuvchi oziq-ovqat xavfsizligi davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish;
-qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish va sotishda bozor tamoyillarini keng joriy etish, sifat nazorati infratuzilmasini rivojlantirish, eksportni rag‘batlantirish, maqsadli xalqaro bozorlarda raqobatbardosh, yuqori qo‘shilgan qiymatli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish;
-qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini ko‘paytirishni nazarda tutuvchi sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilish;
-er va suv resurslari, o‘rmon fondidan oqilona foydalanishni nazarda tutuvchi tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish;
-qishloq xo‘jaligida davlat boshqaruvi tuzilmasini restrukturizatsiya qilish va yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi boshqaruvning zamonaviy tizimlarini rivojlantirish;
-fermer xo‘jaliklarida mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishga qaratilgan tarmoq dasturlarini ishlab chiqish orqali davlat xarajatlari samaradorligini oshirish va bosqichma-bosqich qayta taqsimlash;
-qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot, ta’lim va maslahat xizmatlarining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan bilim va ma’lumotlarni tarqatishning samarali shakllarini qo‘llashni nazarda tutuvchi ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish;
-qishloq joylarini muvozanatli va barqaror taraqqiy ettirishga ko‘maklashishni nazarda tutuvchi qishloq hududlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish;
-zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali statistik ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va tarqatishning ishonchli uslublarini joriy etishni nazarda tutuvchi tarmoq statistikasining shaffof tizimini yaratish.

Download 102.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling