Ma’naviy sohadagi islohotlar


Jaholatga qarshi ma’rifat


Download 102.77 Kb.
bet6/11
Sana14.03.2023
Hajmi102.77 Kb.
#1266919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7 -mavzu

Jaholatga qarshi ma’rifat

Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi taxdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, kamolga etishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir.


Aynan ta’lim va ma’rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da’vat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bo‘lishga undaydi. Muqaddas islom dinimiz bizga aynan shuni o‘rgatadi. Bunday yondashuv - davr talabidir.
Bu, avvalambor, ta’lim va ma’rifat tizimini takomillashtirish, mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni zamonaviy bilim olishga yo‘naltirish, barkamol shaxsni tarbiyalash bilan bog‘lik ekanini biz yaxshi anglaymiz.
Ayni vaqtda yana bir haqiqatni ham hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz kerak. Eng katta, bebaxo boyligimiz bo‘lgan tinchlikka rahna solish, turli xalqlar o‘rtasida urush olovini yoqish, milliy va diniy ziddiyatlarni avj oldirishga urinayotgan kuchlar ham yo‘q emas. Bunday yovuz kuchlarga qarshi kurashda avvalo doimiy xushyorlik va ogohlik, jaholatga qarshi - ma’rifat, butun xalqimizning birligi va hamjihatligi hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Bunday xavf-xatarlarga qarshi faqat kuch ishlatish usullari bilan emas, balki birinchi navbatda, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida, zo‘ravonlikni keltirib chiqaradigan jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish lozim.
Dunyoda ma’naviy tahdidlarning ayniqsa, so‘nggi yillarda kuchayib borayotgani ularga qarshi asosan kuch ishlatish yo‘li bilan kurashish usuli o‘zini oqlamayotganidan dalolat beradi.
Bu borada ko‘p hollarda taxdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinmoqda. Bunday xatarlarning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etadi, deb hisoblayman.
SHu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir.
Bizning tajribamiz shuni ko‘rsatmoqdaki, birinchi galda yoshlarni ilm-ma’rifatga o‘rgatish, ularga islom dinining insonparvarlik mohiyati, islom madaniyatining asl qadriyatlarini etkazish ekstremizmga qarshi kurashishning eng samarali vositasi hisoblanadi.
Biz ko‘p joylarda jaholatga qarshi ma’rifat tashabbusi bilan chiqyapmiz. Muqaddas islom dinini niqob qilib boshqa ko‘chalarga kirib ketayotgan joxil kimsalar bir narsani tushunmaydi yoki tushunishni istamaydi. YA’ni, islom faqat nurli hayotga, ilmma’rifatga, yaxshilikka undaydi.
Hech qachon xunrezlik, qotillik, zo‘ravonlikka chaqirmaydi. Ana shu haqiqatni tan olmasdan, soxta g‘oyalarga aldanib, zararli oqimlarga kirish, terrorchi bo‘lish - bu O‘zbekiston xalqiga mutlako to‘g‘ri kelmaydi.
Bugungi kunda butun insoniyat hayotiga taxdid solayotgan xavf-xatarlarga qarshi jaholatga qarshi - ma’rifat asosida kurashish, dinimiz pokligini saqlash bo‘yicha mamlakatimiz tomonidan nufuzli xalqaro minbarlardan qator amaliy tashabbuslar ilgari surilmoqda. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashqiloti Bosh Assambleyasi sessiyasida «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» degan nom bilan maxsus rezolyusiya qabul qilish haqida bildirgan taklifimiz jahon miqyosida keng qo‘llab-quvvatlanib, BMT Bosh Assambleyasining «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini qabul qildi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazining «Jaholatga qarshi ma’rifat» g‘oyasiga tayangan holda ma’rifiy targ‘ibot yo‘nalishidagi imkon va salohiyatlari birlashtirilib, faoliyatini muvofiqlashtirildi va zamonaviy talablar asosida tashkil qaytadan etildi.
Xalqaro miqyosda dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, inson qalbi va ongini egallash uchun turli xavf-xatarlar kuchayib borayotgan bugungi murakkab davrda islom dinining insonparvarlik mohiyatini ochib berish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yosh avlodni gumanistik g‘oyalar, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalash maqsadidaO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etildi.
Markazning asosiy vazifasi etib, islom dini odamlarni, barcha millat va xalqlarni hamisha nurli hayotga, ezgulik, o‘zaro do‘stlik va insoniylikka da’vat etishini, uning asl, gumanistik mazmunini teran tahlil etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar jahon ahlini bir maqsad yo‘lida — jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish yo‘lida birlashishga chorlaydigan turli anjumanlar, ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish etib belgilandi.
Bugungi kunda tobora katta ahamiyat kasb etayotgan dinlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining jahondagi nufuzi xalqaro ilmiy muassasa va tuzilmalar, jumladan, YUNESKO, AYSESKO kabi xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish tartibi joriy etildi.
«Jaholatga qarshi — ma’rifat» g‘oyasi asosida islom diniga nisbatan sodir etilayotgan asossiz xurujlarning oldini olish, shuningdek diniy aqidaparastlik, mutaassiblik, ekstremizm, missionerlik, soxta tariqatlar va jamoalarning maqsadlari, g‘oyaviy-aqidaviy negizlari, zamonaviy ko‘rinishlari va faoliyat usullarini o‘rganish va ularga qarshi kurashning ilmiy-ma’rifiy asoslarini ishlab chiqish hamda amaliyotda qo‘llash uchun tavsiya etish maqsadida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi.
SHu bilan birga, dunyoda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tahlili diniy-ma’rifiy sohadagi faoliyat samaradorligini oshirishni va malakali kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimini yaratishni taqozo etganini hisobga olib, diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Ularda «jaholatga qarshi ma’rifat» ulug‘vor g‘oya asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlarimiz ifodasi ekanligini keng yoritish va bu sohadagi ilmiy-ma’rifiy faoliyatni jadal tashkil etish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.
Respublikadagi barcha islom ta’lim muassasalari faoliyatini o‘quv-me’yoriy va o‘quv-uslubiy jihatdan ta’minlash hamda muvofiqlashtirishni amalga oshirish uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi «Ziyo» media markazi mamlakatimizda dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ajdodlarimizning islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan boy diniy-ilmiy merosini keng targ‘ib qiluvchi, diniy-ma’rifiy hayotdagi yangiliklarni jamoatchilikka etkazuvchi asosiy media tuzilma sifatida shakllantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining oliy diniy-ma’rifiy ta’lim muassasasi shaklidagi Hadis ilmi maktabi tashkil etildi.
Fuqarolarning diniy, ma’naviy va intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, islom ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz, zamonamizning etuk olim va ulamolari qalamiga mansub diniy-ma’rifiy asarlarni chop etish va aholiga etkazishga ko‘maklashish maqsadida «Vaqf» xayriya jamoat fondi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Fanlar akademiyasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va keng jamoatchilikning islom ilm-fani va madaniyatiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ibratli hayoti va boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish, mamlakatimiz dovrug‘ini jahon miqyosida keng yoyish ishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan shaxslarni rag‘batlantirish maqsadida «Imom Buxoriy» davlat mukofoti ta’sis etildi.
Ayni paytda bu borada ham dolzarb vazifalar bisyor va xususan, «Jaholatga qarshi ma’rifat» g‘oyasi asosida jamiyatda uzluksiz ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning strategik yo‘nalishlari, ta’sirchan, kreativ va innovatsion uslublarini amaliyotga qo‘llash zarur.
Mamlakatimiz asrlar davomida jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi, islom madaniyati markazlaridan biri bo‘lib kelganini aks ettiradigan ilmiy-tarixiy konsepsiyani samarali amalga oshirish lozim.
Albatta, hayot bor ekan, uning o‘tkir talablari, muammolari bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘ladi. Lekin har kanday muammoni oqilona hal qilish uchun, avvalo, birlik, hamjixatlik zarur. Barchamizga, ayniqsa, rahbar va etakchilarga chuqur bilim, aql-zakovat, sabr-toqat kerak.
SHuning uchun «Jaholatga qarshi - ma’rifat» degan fikrda katta ma’no bor. Bu g‘oya faqat diniy tarbiya bilan bog‘lik ishlarda emas, balki hayotimizning barcha soxalarida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Har bir masalani ma’rifat asosida chuqur o‘ylab, xalqka hurmat bilan, takror va takror aytaman, odamlar fikrini inobatga olib, faqat qonun va adolat mezoniga tayangan holda hal etsak, el-yurtimiz bizdan albatta rozi bo‘ladi.
Jaholatga qarshi ma’rifat va ta’limni kuchaytirish orqali kurashish, shu asosda bashariyat farovonligini targ‘ib qilib, insonlarni ezgulikka da’vat etish yo‘lida bu markazlar muhim ahamiyat kasb etishlari muqarrar. Muqaddas islom dinimiz bizga aynan shuni o‘rgatadi va o‘ylaymanki, bunday yondashuv bugungi davr talabi bo‘lib qoladi.

Download 102.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling