Ma’naviyatning jamiyat ijtimoiy taraqqiyotidagi o‘rnini o‘rganishning nazariy-metodologik asoslari qodirov Baxodir Safaraliyevich Termiz davlat Pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar


Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi


Download 69 Kb.
bet2/6
Sana20.06.2023
Hajmi69 Kb.
#1629398
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Илмий мақола 1

Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot.
Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat”2, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev loqaydlik va beparvolik eng katta xavf ekanini, bugun uchrayotgan ijtimoiy muammolarni kamaytirish uchun nuroniylar tarbiyasi, jamoatchilik nazorati yetishmayotganini ta’kidlagan. Ijtimoiy-ma’naviy muhitni ilmiy asosda tahlil qilishni davrning o‘zi talab etmoqda. Jamiyatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar shunday asosda yo‘lga qo‘yilmagani uchun ham kutilgan natijani bermayapti. Shuning uchun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ishini tanqidiy o‘rganib chiqib, faoliyatini tubdan takomillashtirish zarurligi aytilgan.
Prezident ushbu markazning “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” o‘quv muassasasi negizida Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutini tashkil etish taklifini bildirgan.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni sifat va mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari belgilangan.
Ma’lumki, hozirgi paytda ma’naviyat targ‘iboti bilan o‘nlab tashkilotlar shug‘ullanadi. Lekin, ularning faoliyati aniq muvofiqlashtirilmayotgani, yagona tizimga birlashmagani sababli bir-birini takrorlash holatlari kuzatilmoqda.
Bundan buyon Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi barcha hududiy kengashlarning, vazirlik, idora va tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini muvofiqlashtirib borishi belgilangan.
Yuqoridagilarga asoslangan holda, ushbu maqola mavzusining dolzarbligi quyidagi jihat va holatlardan kelib chiqadi:
Birinchidan, “Ma’naviyat” tushunchasining kelib chiqishi va shakllanish tarixi hali to‘liq tarzda o‘rganilmagan. Turli tadqiqotchilar tomonidan taklif qilinayotgan turlicha yondashuvlar biri ikkinchisini inkor etib, o‘zaro bir-biriga mos kelmaydigan fikrlar mavjudligi fanda ba’zi bir chalkashliklar yuzaga chiqishiga sabab bo‘lmoqda;
Ikkinchidan, yuqorida ta’kidlanganidek, mustaqillikka erishganimizdan so‘ng jamiyat ma’naviy hayotini o‘rganishga keng yo‘l ochib berildi va imkoniyatlar yaratildi. Ta’limning barcha bosqichlarida ma’naviyat va milliy g‘oyani o‘rganishga bag‘ishlangan alohida predmetlar kiritildi. Har bir o‘quv predmeti alohida fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi uchun vaqt va tinimsiz izlanishlar talab etadi. Ma’naviyatshunoslik yangi, endilikda o‘rganilib kelinayotgan soha bo‘lganligi bois ma’naviyatni o‘rganishning metodologiyasi to‘liq va mukammal tarzda tizimlashtirilmagan;

Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling