Ma’naviyatning jamiyat ijtimoiy taraqqiyotidagi o‘rnini o‘rganishning nazariy-metodologik asoslari qodirov Baxodir Safaraliyevich Termiz davlat Pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar


Download 69 Kb.
bet3/6
Sana20.06.2023
Hajmi69 Kb.
#1629398
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Илмий мақола 1

Uchinchidan, yuqoridagi sabablarga ko‘ra, ma’naviyatshunoslik doirasidagi fanlarning o‘quv rejalari, dasturlari va darsliklarida ba’zi bir ziddiyatlarlar ko‘zga tashlanadi;
To‘rtinchidan, uzlksiz ta’lim tizimida ma’naviyatga oid fanlar (predmetlar)aro bog‘liqlikda bir muncha zaiflik mavjudligi ham kuzatiladi. O‘quv dasturlari, darsliklar va qo‘llanmalar doimiy ravishda takomillashtirilib, kamchiliklari tuzatilib, predmetlararo bog‘liqligi kuchaytirib borilishi kerak;
Beshinchidan, davlatimiz taraqqiyoti va kelajagi, barkamol avlodni tarbiyalash, turli ma’naviy-mafkuraviy tahdidlardan yoshlarni himoya qilish ma’naviy yuksalishimizga, ayniqsa kelajak avlod dunyoqarashiga, uning ijtimoiy mo‘ljallariga, qadriyat tizimiga bog‘liq. Bu esa ma’naviyatni alohida har tomonlama chuqur o‘rganishni, uning yuksalish qonuniyatlarini yaxshi bilib olib, amaliyotda, tarbiyaviy ishlarda qo‘llashni taqozo etadi.
USULLAR
Barcha zamon va makonlarda ma’naviyati kuchli, ishonch va e’tiqodi mustaqkam millat bir jonu bir tan bo‘lib, muammolarni tez va soz yechgan, peshqadam bo‘lgan. Mafkuraviy birligi ichidan yoki tashqaridan buzilgan millatlar esa, mag‘lub bo‘lib, mustamlakaga aylangan.
Mustaqillik tufayli bizning ma’naviy qadriyatlarimiz, o‘tmish ajdodlarimiz qoldirgan meros, o‘zining butun mukammalligida, qaychilanmasdan, “progressiv-reaksion” atalmish zo‘raki qoliplarga tiqishtirilmasdan tiklana boshladi. Qur’oni karim, hadisi shariflar birinchi marta o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi, Nosiriddin Rabg‘uziy, Ahmad Yassaviy, Ubaydiy, Muhammad Rahimxon Firuz, Burxoniddin Marg‘inoniy, Abu Mansur Moturidiy, Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon va boshqa “sovet davrida” hatto nomlarini eslash man qilingan allomalarimizning asarlari birin-ketin nashr etilib, chanqoq kitobxonlar qo‘liga yetib kela boshladi. Davlat tili haqidagi qonun qabul qilindi. Tasavvuf pirlari - Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband yubileylari millatimizning ruhida poklanish tuyg‘ularini uyg‘otdi. Poytaxtimizning qoq markazida sohibqiron bobomiz Amir Temurning ulug‘vor mujassamasi o‘rnatilishi o‘zbek xalqining har bir farzandi ruhida haqli iftixor hislaridan o‘chmas yog‘du paydo qildi. XX asr boshlarida millatni ma’rifat, adolat, hurriyat sari yetaklagan jadid allomalarimiz xalq dilidan yana munosib o‘rin ola boshladi. “Bosmachi” deya yoppa qoralangan milliy ozodlik harakati ishtirokchilari o‘z qadrlariga loyiq baholandilar.
“Biz, - deydi Birinchi Prezidentimiz, - iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni ma’naviy o‘nglanish, ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg‘un bo‘lishini istaymiz”3. Bunda qanday me’yorlarga rioya etish zarurligini 1992-yildayoq Birinchi Prezidentimiz aniq tavsiflab bergan edi:
“Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
Insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
Vatanparvarlik”4 .
Mustaqillik ma’naviyatining asosini tashkil etuvchi bu to‘rt negiz o‘zaro chuqur ichki uyg‘unlikka ega. Shu bilan birga bugungi kun uchun dolzarbligi jihatidan alohida inson shaxsining o‘z ichki imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi masalasi birinchi o‘ringa chiqib turipti. “Erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir”5, deb ta’kidladi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov 1999-yili 14-apreldagi ma’ruzasida. Davlatimiz va Prezidentimizning milliy ma’naviyatimizni rivojlantirishga e’tibori, aslida va birinchi navbatda, har bir insonning haqiqiy erkinligini ta’minlashga bo‘lgan asosli e’tiborini ko‘rsatadi. Chunki o‘zligini anglamagan odam, unga qancha imkon va sharoit yaratib bermang, voqean hur va ozod bo‘la olmaydi. Ammo o‘zligini anglash degani, o‘zining Vatanga, millatga, bashariyatga, Borliq haqiqatiga nisbatini to‘g‘ri belgilay bilish degani, bunga erishish osonlik bilan bo‘lmaydi. “Ma’naviyat asoslari” fani ayni shu yo‘nalishda bilim berishga qaratilgan.
Milliy ma’naviyatimizni rivojlantirish va yosh avlod ma’naviy tarbiyasiga e’tibori keyingi yillarda yanada kuchaydi. 2008-yilda “Ma’naviyat” nashriyotida chop etilgan “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli alohida asari bunga yana bir yorqin dalildir. 4 bob, 174 sahifali bu kitobda “ma’naviyat” tushunchasiga oid Birinchi Prezident I.A.Karimovning oldin bildirgan mulohazalari va ta’riflari chuqurlashtirilgan va mukammallashtirib bir tizimga keltirilgan, ma’naviyatni shakllantiruvchi mezonlar, ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi kabi masalalar keng omma uchun tushunarli shaklda batafsil bayon qilingan, yuksak ma’naviyatli insonlarning hayotga munosabatlari va ularning ma’naviyati sayoz, hayotga yengil-yelpi qarovchi kishilardan farqi ochib ko‘rsatilgan. Birinchi Prezidentimizning chuqur ishonchiga ko‘ra, bugun biz ma’naviy tarbiya masalasida aslo beparvo va loqayd bo‘lishga haqqimiz yo‘q6, ijtimoiy fanlar sohasida faoliyat olib borayotgan ziyo va ilm ahli bu sohada jiddiy ish olib borishi va jahon miqyosida avj olib borayotgan ma’naviy va axloqiy jaholatga qarshi ajdodlarimiz bizga meros qoldirgan milliy ma’naviyatimizning qudratli kuchidan barcha ma’rifiy vositalarni ishga solib unumli foydalanishlari kerak. Dunyodagi eng buyuk jasorat ma’naviy jasoratdir, deb xulosa qiladi Birinchi Prezident Islom Karimov va yosh avlodning ma’naviy tarbiyasini Vatan taraqqiyotining mustahkam poydevori sifatida baholaydi.
A’zam, Forobiy, Moturidiy, Ibn Sino, G‘azzoliy, Nasriddin Tusiy kabi islom mintaqa madaniyatining buyuk allomalari ijodida Aslida ma’naviyatga oid fanlarning metodologiyasi masalasi allaqachon ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan hal qilingan. Bu ilm va imon birligi, aniqrog‘i, naqliy va aqliy bilimlar uyg‘unligi, ya’ni ilohiy kitoblar va ajdodlarimiz merosida bayon qilingan, tarixiy tajribaga asoslangan bilimlar bilan ratsional (mantiqiy) tafakkurga asoslangan xulosalarning o‘zaro muvofiqligidir. Bu metodologik asos Qur’oni karim va Hadisi shariflardan sarchashma olib, Imomi o‘z rivojini topgan, keyinchalik ulug‘ tasavvuf pirlari Attor, Rumiy, Ibn al-Arabiy kabilar ijodida irfoniy g‘oyalar bilan boyitilgan va Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy singari mutafakkir ijodkorlar asarlarida badiiy tafakkur jilolari bilan mukammallashtirilgan munazzam bir istehkom, metin poydevordir-ki, unga tayanib yaratilgan har bir jiddiy tadqiqot umumbashariy kashfiyot darajasida qabul qilinishiga shubha qilmasa ham bo‘ladi.
Mustaqillikning ikkinchi yilida asosiy qonunimiz qabul qilindi. Uning ikkinchi bobi 12-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas,“ deb yozib qo‘yilgan.7

Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling