Manbashunoslik


 .1 .6 . «Ajoyib at-tabaqot»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

6 .1 .6 . «Ajoyib at-tabaqot»
“ A joyib a t - ta b a q o t” ( “ Y er q a tla m la rin in g a jo y ib o tla ri” ) daliliy
m a’lum otlarga boy, kam o'rganilgan geo-kosm ografik asar. Bir qancha 
tarixiy, geografik va kosmografik asarlar ham da sayyohlam ing esdaliklari 
va m uallifning shaxsiy kuzatuvlari asosida yozilgan bo'lib, O 'rta Osiyoning
XVI—XVII asrlardagi tarixi va geografik sharoitiga oid m a’lum otlarga boy.
“Ajoyib a t-ta b a q o t” m avlono sayyid M uh am m ad T o h ir to m o n id a n
Balx xoni Ashtarxoniy N a d r M uham m adxon (1606—1642)ning topshirig'i 
bilan yozilgan. M uallif, asarn in g m u q a d d im a sid a k eltirilg an ayrim
m a ’lum otlarga qaraganda, m azkur xon saroyida xizm at qilgan olim lar 
jum lasiga kirgan.
“ Ajoyib a t-ta b a q o t” ning yozilish tarixini quyidagi dalillarga asoslanib 
belgilash m um kin. M uham ad T ohir asarining “ Balx” qism ida Xoja Hayron 
qishlog'idagi hazrat Ali (6 5 6 -6 6 1 ) m ozori tepasiga qurilgan hasham atli 
bino hijriy 886-yilda shoir va tarixchi olim K am oliddin Binoiy va uning 
otasi M uham m ad Sabz tarafidan qurilganligini aytadi va sh un dan beri 
172 yil o'tdi, deb yozadi. Shu 172 ga 886 (bino qurilgan yili)ni qo'shadigan 
bo'lsak, 1648-yil kelib chiqadi. Shunga asoslanib, asar hijriy 1058, melodiy 
1648-yili yozilgan deb aytish m um kin.
M uham m ad T o h ir o 'z asarini yozishda «M ajm u ’ al-g 'aroy ib »d an 
tashqari al-B atto n iy (852—929), Abu R ayhon B eruniyning « Q o nun i 
M as’udiy», «Javohimoma», shuningdek, Abulmalik Marvarudiy, Nosiriddin 
Tusiy, N arshahiy va boshqa olim larning asarlaridan foydalangan.
“Ajoyib at-tab aq o t” kam o'rganilgan, nashr etilmagan. U ning uchinchi 
q ism i, ta b a q a k a tta ilm iy q im m a tg a ega. U n d a O 'z b e k is to n n in g
S am arqand, Toshkent, A ndijon, T erm iz va boshqa shaharlari, shuningdek
55


Sharqiy Turkiston — Koshg‘ar va Afg‘oniston haqida qim m atli m a ’lum otlar 
uchraydi.
0 ‘zR FA S h arqshunoslik instituti fondida ushbu asarnin g u c h ta
q o ‘lyozm a nusxasi (raqam lari № 411, 2380 va 9654) m avjud. U larning 
yana bir qim m atli tom oni shundaki, chiroyli n asta’liq xati bilan bitilgan, 
unvon va sarlavhalari rangii va tillo suvi berib yozilgan, K a ’ba va 
payg‘am barim iz M uham m ad alayhissalomning M adinadagi m uborak qabri 
tasviri ham keltirilgan.
K itobda shaharlar tavsifi baholi imkon to'liq berilgan. N am u n a sifatida 
Balx va Q ubodiyon shaharlari haqida berilgan tavsifni keltiram iz.
“ Balx — ulug‘ shahar, X urosonga qaraydi, to 'rtin c h i iqlim ga kiradi. 
U ni qadim gi E ron podshohlaridan Kayum ars qurgan, T ahm uras obod 
qilgan, L uhrasip qaytadan qurib, tevarak-atrofm i pishiq dev or b ilan
o'rattirgan. Bir rivoyatga k o ‘ra, uni birinchi bunyod qilgan kishi Qobil 
ib n O d a m . .. , b o s h q a r iv o y a tg a k o ‘ra s h o h G i s h t o s ip A y y u b
payg'am barning am ri bilan qurdirgan...U chinchi rivoyatda keltirilishicha, 
(uni) M anuchehr ibn Iroj bino qilgan. “Tarixi Balx” ! kitobida yozilishicha, 
Balxning qal’asi (ko'p bor) vayron qilingan va 22 m arta qaytadan tiklangan. 
Balxning eng so'nggi im orati bir vaqtlar X uroson hokim i b o 'lib tu rg an 
Abu M uslim M arvoziy tarafidan qurdirilgan. U ndan keyin shahid etilgan 
A b d u lm o 'm in x o n 2 shaharning g'arbiy va janubiy taraflardagi devorni 
ta ’m irlatgan. U ning uzunligi 20 m ing qadam .
S hahar ikki qism dan; tashqi shahar (shahri birun) va ichki shah ar 
(shahri d aru n )d an iborat.
Ichki sh ahar arkdan iborat. Ark shaharga asos solingandan beri ulug' 
podshohlar va qudratli xonlarga m akon bo 'lib xizm at qilgan... Hozirgi 
kunlarda ham shunday. Balx shahrida M ehrobi sangin deb ataluvchi b ir 
masjid bor. Ushbu rivoyatni aytuvchining hikoya qilishicha, shaharga 
m o 'm in la r hukm dori hazrat Alining (xudo un dan rozi bo'lsin), m aktubini 
olib kelganlarida, uni balandroq bir joydan ovoza qilm oqchi bo 'ld ilar, 
toki uning m azm unidan ham m a baxtiyor bo'lsin. Baxtga qarshi shu payt 
qattiq sham ol turib, m aktubni uchirib ketdi. Bir payt m o 'm in la r M akkani 
ziyorat etib yurganlarida b ir (sehrli) tosh va undagi yozuvga ko'zlari 
tushgan. Y ozuvda (hazrat Alining) o 'sh a m aktubi bitilgan ekan. (Shu 
sababdan) toshni m uqaddas hisoblab, (Balxga) olib kelganlar va o 'sh a

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling