Manbashunoslik


Bir qatorda taxm in an 150 nafar tuya b o'lgan


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

1 Bir qatorda taxm in an 150 nafar tuya b o'lgan .
85


A bdulm o‘min sulton o'rtasida XVI asrning 80-yillaridan boshlab kuchayib 
ketgan ziddiyatlar va Abdullaxonning vafoti xususidadir. «Matlab ut-tolibin»da 
quyidagilarni o'qiym iz; «Abdullaxon m am lakatni 44 yil idora qildi. Otasi 
Iskandarxon tirikligi chog 'ida 28 yil uning nom idan, otasi vafot etgandan 
keyin 18 yil m ustaqil idora qildi. S altanatning bir uchi A ndijonda, bir 
uchi X orazm da, uchinchi uchi Dashti qipchoqda, to'rtin chisi X uroson va 
Seistonda bo'lgan. A ytishlaricha, A bdum o'm inxon M uham m ad Boqibiy 
bilan til biriktirib, otasining ovqatiga zahar qo'shtirib bergan va xon hijriy 
1006-yiIi vafot etgan.
«M atlab ut-tolibin»ning oltinchi bobi Juyboriy xojalarning yana bir 
nam oyandasi xoja A bdurahim ning hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga 
bag'ishlangan. Bu bobda yirik xo'jaliklarda qul m ehnatidan foydalanish, 
yer egaligining tanxoh va suyurg'ol shakllari, kerak yaroq lavozimi va 
uning vazifalari, Buxoro xonligi bilan H indiston o'rtasidagi m unosabatlar 
haqida qim m atli m a’lum otlar keltiriladi.
Kerak yaroqchi haqida bu asarda, m asalan, bunday deyiladi: «M ulla 
M irm uham m ad xoja (A bdurahim )ning xizm atkorlari jum lasidan edi. 
U n in g zim m asig a k erak y aro q ch ilik vazifasi y u k latilg an d i. U n in g
zimmasiga xojaning xonadoni uchun kerak bo'lgan harir m atolar va boshqa 
narsalarni topib keltirish majburiyati yuklatilgandi. Bir payt hisobchilar 
mulla M irm uham m ad kerak yaroqchini taftish qilganlarida unga xojaning 
sarkorligidan berilgan naqd puldan tashqari, uning savdogarlar va boshqa 
shaharlardan 90 m ing xoniy qarz olganligi, lekin shu haqdagi tilxatlardan 
1000 xoniy m ablag' tilxatlarida xoja (A bdurahim ) ning m uhri yo'qligi 
aniqlandi. Shundan keyin xoja (Abdurahim ) uni huzuriga chaqirib: «Nega 
aytilgan qarz haqida o 'z vaqtida bizga m a’lum qilm adingiz va tilxatlarni 
bizga ko'rsatm adingiz?», deb so'raganda, m ulla M irm uham m ad (xojaga) 
bundayjavob qilgan: «Biz sizning sohibi himmatligingizga ishongan edik». 
S h u n d a n keyin xoja m ulla H ojib ek devon begi bilan m utavalliy ni 
chaqirtirib, m ulla M irm uham m adning barcha qog'ozlarini y o 'q qilib 
yuborishni buyurgan». Keltirilgan parchadan kerak yaroqchining vazifalari 
va huquqlari, ortiqcha izohsiz ham ko'rinib turibti.
Asarning so'nggi, yettinchi bobi Abdixojaning hayoti, faoliyati va 
karom atlari bayoniga bag'ishlangan. Lekin, tadqiqotchi uchun o 'ta zarur 
bo'lgan dalil va m a’lum otlar, m asalan, Buxoro xonligining Abdullaxon 
soniy vafotidan, 1598-yildan keyingi ichki ahvoli, Juyboriy xojalarning, 
masalan, Abdixojaning bundagi o 'rn i va vazifasi, Shayboniylar davlatining 
tuzilishi, xususan, devonbegi, m iroxur, otaliq, shig'ovul, yasovul, naqib, 
q o z i, b ak o v u l, q u rc h i b o sh i, d o d x o h , p a rv o n a c h i, sh ay x u lislo m ,
86


ko‘kaltosh, kadxudoyi daha (dahaboshi), chiroqchi, m unshiy va boshqa 
lavozim lar haqida, shuningdek, o 'zbek xalqining etnik tarkibiga kirgan 
saroy, qo ‘ng‘irot, naym an, qatag'on, yuz, aig‘in, kenagas va boshqa qabilalar 
va ularning m am lakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o 'rn i haqida 
m uhim m a ’lum otlar keltirilgan.
Abdixojaning XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida Buxoro 
xonligining ichki ahvoli va uning m am lakatning siyosiy hayotida tutgan 
o ‘rni va mavqei haqida asarda quyidagi m a’lum otlarni uchratam iz. So'nggi 
Shayboniy P irm uham m ad Soniy (1598—1601) davrida m am lakatning 
ichki ahvoli beqarorlikka yuz tutdi. Shu payt Abdixoja Buxoroni tark 
etib Sam arqandga bordi. Uning hokimi Ashtarxoniy Boqi M uham m adning 
om adi yurishib, toj-taxtni egallaguday b o ‘lsa, ikkalari davlatni birgalashib 
boshqarishga ahd qildilar. «M atlab ut-tolibin»da Boqi M uham m adxonning 
m ana bu so'zlari keltiriladi: «Agar biz Buxoro bilan Balxni egallashga 
m uyassarbo'lsak, unda m am lakatni Siz, m en va Vali M uham m ad o'rtasida 
uchga taqsim laym iz...» Ertasi kuni ertalab, n o n u sh ta paytida Abdixoja 
Boqi M uham m adxonga m urojaat qildi: «Tabriklaymiz, ulug‘ ajdodlarim iz 
Sizga poytaxt shahar Buxoroni in ’om qiladilar». Boqi M uham m adxon 
(ichiga sig‘may) suyunib ketdi va singlisini Abdixojaga xotinlikka berdi. 
A bdixoja ham m asi b o ‘lib Buxoroda bir yilga yaqin istiqo m at qildi. 
S hundan keyin Abdixojaning nufuzi ortti. M uham m ad Tolib bu haqda 
m ana bularni yozadi: «H azrat xojaning ulug‘ligi va ku ch-qudrati shu 
darajaga borib yetdiki, jinoyat sodir etgan kishi uning huzuriga qochib 
borib, uning xizm atiga kirgudek b o ‘lsa, u jazoga tortilm agan. Xojaning 
ta ’siri barcha viloyatlarda shu qadar kuchli ediki, biron zot uning so'zini 
qaytarm as edi. Kayfiyati y o 'q paytlarda Boqi M uham m adxonni ham
m ensim as edi. Agar xon biror shaxsni ostonasidan quvib yuborguday 
b o ‘lsa, xoja uni o ‘z him oyasiga olar edi. Xoja tez-tez xonga o ‘zgalar 
oldida tanbeh b e ra re d i. O dam lar va harbiylar faqat xojaga yordam so ‘rab 
m urojaat qilar edilar. Xullasi kalom , yirik m ansabdorlar, aslzodalar va 
sipohiylar g u ru h -g u ru h b o ‘lib hazrat xojaning panohiga q ochib o ‘ta 
boshladilar. Ba’zi sipohiylar xojaga: «Siz bizning pushti panohim izsiz. 
Biz Sizni podshoh etib saflam oqchim iz», deb m urojaat qila boshladilar».
«M atlab u t-to lib in » ch o p etilm agan. U ning q o ly o z m a nusxalari 
ko'pgina kutubxonalarda mavjud. 0 ‘zR FA Sharqshunoslik institutining 
qoMyozmalar xazinasida uning nusxalari saqlanm oqda.*
* U sh b u m a v z u n i y o z is h d a B. A h m e d o v a sa rid a n q is m a n fo y d alan ild i.
87



Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling