Manbashunoslik


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Agiografiya so ‘zning та ’nosini aytib bering.
2. Dindorlar hayotiga oid qanday adabiyotiarni bilasiz?
3. Diniy adabiyotlaming tarix fanin i о ‘iganishdagi ahamiyati nimada ?
9 -M A V Z U . M E M U A R A SA R L A R
Darsning mazmuni: 
talabalarga m em uar asarlar to 'g 'risid a tushuncha 
berish va ularning tarix fanini o'rganishdagi aham iyatini ko'rsatib berish.
Reja:
9.1. M em uar asarlar xususiyati.
9.2. M em uar asarlar tavsifi.
Asosiy tushunchalar: 
m em uar, xotira, taassurot.
9.1. Memuar asarlar xususiyati
M em uar asarlar deb, m ualliflarning shaxsiy xotiralari asosida yozilgan 
kitoblarga aytiladi. U larda aksariyat hollarda m uallif o'zi shaxsan ko'rgan, 
ishtirok etgan yoki zam ondoshlaridan o'zi eshitgan voqealarni bayon 
etadi. Bu asarlarda aksariyat hollarda voqea-hodisalar to 'g 'ri yoritiladi. 
Ba’zan m uallifning shaxsiy kelib chiqishiga qarab voqealar turlicha talqin 
qilinishi m um kin.
M em uar asardagi voqea-hodisalar bayonini boshqa yozm a m anbalar 
bilan solishtirib, so'ngra xulosa chiqarish zarur.
Bunday asarlarda b a’zi hollarda voqea-hodisalarni g'arazli bayon etish 
hollari ham uchraydi.
U m um an tarixiy voqea-hodisalarni ch u q u r va atroflicha o'rganish 
uchun m em u ar asarlardan ham tanqidiy foydalanish m um kin.
9.2. Memuar asarlar tavsifi
9.2.1. «Mujmali Fasihiy»
«M ujmali Fasihiy» («Fasihiyning (tarixlar) majmuasi») XV asrning 
ko'zga k o 'rin g a n tarixchilaridan Fasih A hm ad Xavofiyning asaridir. 
M uallifning to 'liq ismi Fasih A hm ad ibn Jaloliddin M uham m ad bo'lib, 
u 1375-yili H iro tda yirik m ansabdor oilasida tug'ilgan, 1405— 1424- 
yillarida A louddin Ali tarxon va S hohruh devonida xizm at qilgan. U 
1440-1441-yillari S hohruhning suyukli va nufuzli xotini G avharshod


begim ning am ri bilan qam oqqa tushib qoldi. 1441 -yil 2 -noyabrda ozod 
qilingandan so 'n g faqat ilm bilan m ashg'ul b o 'lg an va 1442-yili o 'zin in g
yirik-tarixiy biografik asari bo'lm ish «M ujm ali Fasihiy» asarini yozib 
tam om lagan va S hohruhga taqdim etgan. Tarixchining vafot etgan yili 
m a ’lum emas.
Fasih A hm ad Xavofiyning m azkur asari k o 'p g in a tarixiy, adabiy, 
biografik, geografik asarlar, m asalan, a l-M a s ’udiy, ibn al-A sir, ibn 
H alliqon, Nisoviy, Juvayniy, R ashididdin, Faxriddin B anokatiy, Vassof, 
Hofizi A bru, R obi’a Fushanjiy, Ibn Y am in F aryum adiy, Salm on Sovajiy 
va boshqalarning asarlari asosida, shuningdek, m uallifning kuzatish va 
taftishlari natijasida to'p lag an boy daliliy m a ’lum ot asosida yozilgan.
A sarda O dam A todan to m u allif za m onigacha E ron va M ovaro- 
unnahrda bo'lib o'tgan m uhim tarixiy voqealar, m ashhur olim lar, shoirlar, 
adiblar va boshqa taniqli kishilarning tarjim ai holi, shuningdek, yirik suv 
inshootlari ham d a diqqatga sazovor binolar, masjid, m adrasa, sardoba, 
karvonsaroy, ham m om va boshqalarning qurilishi haqida qisqacha, lekin 
benihovat qim m atli daliliy m a’lu m o tlar keltirilgan. V oqealar yilm a-yil, 
xronologik tartibda berilgan. Bu hoi asardan foydalinishni b irm u nch a 
osonlashtiradi.
«M ujm ali Fasihiy» so'zb o sh i-d eb o ch a, kirish-m uqaddim a, xotim a va 
ikki qism — m aqoladan iborat.
D ebochada tarix fanining xusiyati va uni o 'rganish nin g aham iyati 
haqida gap boradi, asarning nom i va m undarijasi keltiriladi.
M u q a d d i m a d a d u n y o n in g y a r a t i l i s h i d a n t o M u h a m m a d
payg'am barning tug'ilishigacha b o 'lg an davr ichida kechgan voqealar 
haqida m a’lum ot beriladi.
Birinchi m aqolada M uham m ad payg'am barning tug'ilishidan to uning 
M akkadan M adinaga hijrat qilishi, 622-yiligacha bo'lgan davrni o 'z ichiga 
oladi.
Ikkinchi m aq olada ju d a k atta d avr 6 22-y ildan to 1442-yilgacha 
m usulm on olam ida yuz bergan voqealar bayon etiladi.
X otim a maxsus Hirot shahariga bag'ishlangan.
Ushbu asarni shartli ravishda um um iy tarixga oid deyish m um kin 
b o 'lsa-d a, lekin ilm uchun qim m atli qismi m uallif xotiralari asosida 
yaratilgani uchun uni B.Ahmedov to m o n id an m em uar asar atalishini 
to 'g ’ri deb hisoblaymiz.
Fasih A hm ad Xavofiy va uning m azkur asari XIX asr o 'rta la rid an
beri ilmiy jam oatchilikning d iq q a t-e ’tiborini o'ziga jalb qilib kelm oqda 
va m ashhur sharqshunos olim larning yuksak bahosiga sazovor bo'lgan.
89


«M ujm ali Fasihiy»ning m atni 1961 — 1963-yillari E ronda M ahm ud 
Farrux tom onidan, ikkinchi m aqolaning ruscha tarjim asi D.Yusupova 
tom onidan T oshkentda 1980-yili chop etilgan.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling