Manbashunoslik


 .2 . «Badoyi’ ul-vaqoyi’»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

9.2 .2 . «Badoyi’ ul-vaqoyi’»
«Badoyi’ ul-vaqoyi’» («N odir voqealar») nomli asar muallifi XV asming 
oxiri va XVI asming birinchi yarmida o'tgan taniqli adib va olim Zayniddin 
Vosifiy yoki Zayniddin M ahm ud ibn Abduljamildir. U 1485-yili H irotda 
tug'ilgan. Otasi o'ziga tinch va m a’lumotli kishi bo'lib, Sulton Husayn 
mirzo saroyida kichik lavozimlardan birida munshiy yoki voqeanavis bo'lgan.
Zayniddin Vosifiy yaxshi o'q id i, ilohiyot, tarix, adabiyot va boshqa 
ilm larni puxta egalladi. 16 yoshida q arin d o sh i va H iro tn in g tariqli 
zotlaridan biri bo'lgan am ir Sohibdoroning yordam i orqasida A lisher 
Navoiyning d iq q at-e’tiborini qozonishga m uyassar bo'ldi. U 1500— 1502- 
yillari hirotlik nufuzli am ir Shohvali ko'kaltoshning xonadonida muallimlik 
qildi, 1502—1507-yiIlari Sulton Husayn m irzoning o 'g'illarid an Faridun 
Husaynning kutubxonasida kitobdor m ansabida ishladi. 1507—1511 -yillari 
Vosifiy Shohruh m irzo m adrasasida X urosonda ko'zga ko'ringan ilohiyot 
olimi Im odiddin Ibrohim dan t a ’lim oldi.
Z a y n id d in Vosifiy 1511 -yili X u ro so n d a S afav iylar h u k m ro n lig i 
o 'r n a til is h i va s u n n iy m a z h a b id a g i m u s u lm o n la r n i t a ’qib e tish
kuchayganligi tufayli 1512-yilning 17 aprelida bir guruh ruhoniylar sayyid 
Sham siddin Kurti, am ir Husayn va boshqalar bilan birga M ovarounnahrga 
keldi va u m rin in g o x irig ac h a shu m a m la k a td a istiq o m at qildi. U 
M ovarounnahr va Turkistonning ko'pgina shaharlari Sam arqand, Buxoro, 
Yassi, Sabron, S hohruhiya, Toshkent va boshqalarida istiqom at qildi va 
m udarris, im om , tarbiyachi, m asalan, S uyunchxojaning kenja o 'g 'li 
Navruz A hm adxonning tarbiyachisi bo 'lib xizm at qildi, S hohruhiyada 
b o 'lg a n yillari esa Keldi M u h a m m a d x o n h u k u m a tid a qozi ask a r 
lavozimida turdi. Vosifiy 1551-yili T oshkentda vafot etdi va m uqaddas 
m anzilgohlardan shayx Xovand T o h u r m ozoriga dafn qilindi.
Zayniddin Vosifiy o'zining «Badoyi’ ul-vaqoyi’» nomli tarixiy-m em uar 
asari bilan shuhrat qozondi. Asarda 1512— 1532-yillar orasida m uallifning 
X uroson va M o v aro u n n ah rd a k o 'rg a n -k e c h irg a n la ri, o 's h a davrdagi 
ijtimoiy-siyosiy vaziyat z o 'r m ahorat va yuksak san ’at bilan bayon etiladi. 
«Badoyi’ ul-vaqoyi’»da M ovarounnahrning XV asrning oxiri va XVI 
asrning birinchi yarm idagi ijtim oiy-siyosiy va m adaniy hayotiga oid 
qim m atli m a’lum otlar ko'p. Asar 1538— 1539-yillari yozib tam om langan.
«Badoyi’ ul-vaqoyi’», asosan ikki qism dan iborat. U ning birinchi qismi
90


II bob b o ‘lib, un d a Vosifiyning H irotdan 1512-yiIi qochib kelishidan to 
uning S hohruhiyaga, Keldi M uham m adxon saroyiga 1518-yili kelguniga 
q adar X uroson va T urkistonda bo'lib o 'tg an voqealarni o 'z ichiga oladi.
Ikkinchi qism da Vosifiyning m azkur xon saroyida te z -te z b o 'lib
turadigan adabiy yig'inlar haqidagi esdaliklari joy olgan.
«B adoyi’ ul-vaqoyi’»ning qo'lyozm a nusxalari keng tarqalgan. Birgina 
O 'z R FA Sharqshunoslik instituti kutubxonasida ushbu asarning o 'n d a n
ortiq nusxasi saqlanm oqda. Asarning tanqidiy m atni S ankt-P eterburglik 
olim A .N .B oldirev to m onidan 1961-yili ikki jild qilib chop etilgan. U 
X orazm da 1826 va 1907-yillarda Dilovarxoja va M u ham m ad A m in to 'ra
to m o n id a n o 'zb ek tiliga tarjim a qilingan. Ayrim p arch alar rus tilida 
A .N .B o ld irev va V .P .Y u d in ta ra fid a n e ’lon qilingan . «B adoy i’ u l- 
vaqoyi’»ning ayrim qismlari N .N orqulov tom o n id an tarjim a qilinib, 1979- 
yili nashr etilgan.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling