Manbashunoslik


 .4 . S o ‘g ‘d tilidagi manbalar


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

2 .4 . S o ‘g ‘d tilidagi manbalar
S o ‘g ‘d tilidagi m anbalar, asosan IV — X asrlaiga oid bo'lib, turli 
mazmundagi huquqiy hujjatlar — ahdnomalar, nikoh haqidagi shartnomalar, 
oldi-sotti hujjatlari, tilxatlar, So'g'd, Shosh, Turk va Fatg‘o n a hukmdorlari 
o'rtasidagi yozishmalar, xo'jalikning kundalik faoliyatiga oid hujjatlar, 
masalan, harajatlar yozilgan huijat ham da farmonlardan iborat.
Bu hujjatlar S o ‘g ‘diyonaning o'z idan, Mug' qal’adan, S am arqandda 
Afrosiyobdan, Qirg'iziston va Sharqiy Turkistonda topilgan.
Bular orasida M u g ‘ qal’a xarobalaridan 1932-yili topilgan hujjatlar 
alohida aham iyatga ega. Hujjatlar bahorda Tojikistonning Varzim inor 
(hozirgi Z a h m a to b o d ) tu m a n ig a qarashli Xayrobod qishlo g 'id a shu 
tum anning sobiq birinchi rahbari A.Po'lotiy tom onidan ochilgan. Hujjatlar 
jami 79 ta bo'lib, bulardan 74 tasi so'g'd, 1 dona arab, 3 tasi xitoy va 
yana biri turk tilidadir. Ular turli materiallarga - charm ga, taxtaga va 
qog'ozga yozilgan. Hujjatlar so'g'd dehqoni, katta yer egasi, podshohi 
D e v a s h tic h ( 7 0 8 —722) va yirik m a n s a b d o r la r — f r a m a n d a r n i n g ,
shuningdek, Xoxsar ham da Kshtut dehqonlarining shaxsiy arxiviga tegishli 
bo'lib, S o 'g 'd n in g VIII asrning birinchi choragidagi iqtisodiy, siyosiy va 
madaniy hayotini o'rganishda m uhim manba rolini o'ynaydi.
M ug' q a l’asidan topilgan hujjatlar A .A .F re ym a n, A. V.Vasilyev, 
I . Y u .K ra c h k o v s k iy , M .N .B o g o l y u b o v , V .A .Livshits, M . I s ’h o q o v , 
O ' . N . Mansurov ham da O .I.Sm irnovalar tarafidan c h u q u r o'rganilgan.
M ug' q a l’asi hujjatlarining topilishi tarixi va ular haqidagi dasllabki 
m a ’lumotlar 1934-yili maxsus to'plam shaklida (“С огдийский с б о р н и к ” . 
JL, 1934) e ’lon qilindi. Ayrim hujjatlarning tarjimasi I.Yu.Krachkovskiy 
va A.A.Freyman t o m o n id a n 30-yillarida c ’lon qilindi. Huquqiy Inijjatlar 
va maktublar tarjimasi, za ru r izoh va tadqiqotlar bilan (С о г д и й ск и е
139


д окументы с горы Муг. Ч тение, перевод, ком м ен тари й . Вып. II. 
1962.) V.A. Lifshits tom onida n chop qilindi.
1961 va 1965-yillari 0 ‘zbe kiston F a n la r aka d em iy asi T arix va 
arxeologiya instituti xodimlari ilmiy safar c h o g ‘ida S a m a rq a n d n in g
Afrosiyobida V—VI asrlarga oid saroy xarobalarini ochdilar. Saroy 
mehm onxonasining devorlari turli mazmundagi rasmlar bilan bezatilgan 
b o ‘lib, ular orasida oq kiyim kiygan Chag'oniyon elchisining surati ham
bor. Uning etagiga s o 'g ‘d tilida o ‘n olti satrdan iborat ishonch yorlig‘i 
yozib q o ‘yilgan edi. Bu yozuvlar VII a s r o ‘rta!aridagi xalqaro munosabatlar 
tarixini o'rganishda m uhim ahamiyat kasb etadi.
S am arqandda topilgan yozuvlar IX asrga oid uch tilda — s o ‘g ‘d, 
qadimgi turk va xitoy tilida yozilgan turk xoqonining qabr toshidagi 
bitikdir.
Bunday hujjatlar s o ‘g ‘diylarning Q ozog‘iston, Q irg‘iziston ham d a 
Sharqiy Turkistondagi savdo koloniyalaridan ham topilgan. Bular orasida, 
ayniqsa A.Steyn (1862—1943) tarafidan 1907-yili D unxuan (Xitoyning 
G ansu viloyatida) va Turfonda (Sharqiy Turkiston) topilgan hujjatlar, 
Talas daryosining o ‘ng sohilida, hozirgi Talas shahridan 7 km shimolda 
joydashgan Qulonsoy ham da Teraksoy daralarida qoya toshlarga o'yib 
bitilgan yozuvdar alohida e ’tiborga molik. Bu yozuvlar IV—XI asriarda 
So‘g‘d koloniyalarining ijtimoiy ahvoli haqida, ayniqsa O 'r ta Osiyo va 
U z o q S h a rq m a m la k a tl a r i o ‘rtasidagi savdo a l o q a la r i va b u n d a
so‘g‘diylarning roli haqida qimmatli m a ’lumot beradi.
Dunxuan va Xo'tan hujjatlari A.Steyn, Talasdan topilgan yozuvlar 
e s a V.A. K a l l a u r , M . E. M a s s o n , D . F . V i n n i k , A . A . A s a n a l i y e v ,
K.Ashiraliyev, U .Jum ag‘ulovlar tom onidan o'rganilgan.
Mamlakatimiz tarixi, xususan unda yashagan qadimiy xalqlar tarixini 
o ‘rganishda, so‘g ‘d tilida yozilgan “ Xalqlar ro‘yxati” deb atalgan bir 
hujjat (VIII asr) o ‘ta muhimdir. U nda 0 ‘rta Osiyoda yashagan 21 xalq 
va elatning nomi keltirilgan.*

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling