Maqola haqida


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA


Download 0.69 Mb.
bet2/9
Sana08.03.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1249243
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ta’lim-tarbiya berish muammosiga bir qator olimlarning (F.R. Qodirova, L.R. Mo‘minova, G.E. Djanpeisova, Sh.A. Sodiqova, G.A. Mardonova, G. Nazirova, N.Sh. Abdullayeva, D.A. Abduraximova, M. Abdullayeva, Z.A. Botirova, A.E. Rustamova va boshq.) ilmiy tadqiqot ishlari bag‘ishlangan. F.R. Qodirova, Sh.Q. Toshpo‘latova, N.M. Qayumova, M.N. A’zamova 10 va Sh.A. Sodiqova 18 o‘z ilmiy izlanishlarida maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasining ilmiy-nazariy asoslari o‘rganilgan bo‘lib, maktabgacha pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari, bosqichlari, bolalar rivojlanishiga ta’sir etuvchi biologik va ijtimoiy omillar, maktabgacha yoshdagi bola psixik taraqqiyotining asosiy bosqichlari, ta’limning didaktik tamoyillari, bolalarga pedagogik ta’sir ko‘rsatish, maktabgacha ta’limni tashkil etish shakl va metodlari hamda maktabgacha ta’lim va tarbiyada pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning nazariy asoslari yoritilgan.


O‘yin tuzilishiga- maqsad, rejalashtirish, maqsadga erishish, natijalarni tahlil qilish kabi komponentlar kiradi1. O‘yinning eng asosiy xususiyati uning ijodiyligidadir. U o‘zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo‘ladi. Ilmiy tadqiqod ishlari natijasi shuni ko’rsatadiki, nazariy jihatdan o‘yinga faoliyat, jarayon va o‘qitish metodi sifatida qarash mumkin. O‘yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subyekt sifatida o‘z imkoniyatlarini to‘la amalga oshiradi. O‘yinli faoliyatni motivatsiyalash o‘yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o‘zini namoyon qila olishi, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi. Jarayon sifatida o‘yin tuzilmasi quyidagilarni qamrab oladi:
 o‘ynash uchun olingan rollar;
 bu rollarni ijro etish vositasi bo‘lgan o‘yin harakatlari;
 haqiqiy narsalarni shartlilarga almashtirish;
 o‘yinda ishtirok etuvchilarning real o‘zaro munosabatlari;
 o‘yinda shartli ravishda yaratilgan sujet (mazmun).
Har qanday texnologiyada, jumladan, o‘yin texnologiyalarida ham, o‘quv maqsadi aniq belgilanishi zarur. Bu texnologiyaning asosiy negizidir. Maqsad to‘g‘ri qo‘yilishi uchun tarbiyachi bolaga nimani o‘rgatmoqchi bo‘lganligini bilishi kerak. Bitta mashg‘ulotda bitta maqsad qo‘yilishi maqsadga muvofiq. Masalan, bolalarni 3 raqami bilan tanishtirish yoki yil fasllari haqida tushuncha berish va h.k.
Yan Amos Komenskiy o‘yinni bola faoliyatining, uning tabiati va mayllariga to‘g‘ri keladigan zarur shakli deb hisoblaydi. Uning fikricha, o‘yin - bolaning barcha qobiliyat ko‘rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir, o‘yinda borliq, dunyo haqidagi tasavvurlar doirasi kengayadi va boyiydi, nutq rivojlanadi. Bola o‘yin davomida tengqurlari bilan do‘stlashadi2. Y.A. Komenskiy o‘yinga quvnoq bolalik va bolani uyg‘un rivojlanish sharti sifatida qarar ekan, kattalarga bolalar o‘yinlariga e‘tiborli munosabatda bo‘lishni, ularga oqilona rahbarlik qilishni maslahat bergan edi. P.F. Lestgaft bolalar o‘z o‘yinlarida tevarak-atrofdan olgan taassurotlarini aks ettiradilar, deydi. Bunday faoliyat bolaning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir. Shunday qilib o‘yinning ijtimoiy voqea ekanligini, o‘yinda tevarak-atrofdagi borliq aks ettirilishini ilg‘or olim va pedagoglar o‘zlarining kuzatish va ilmiy tadqiqotlari orqali isbotlab berdilar.

Didaktik o’yin. “Qaysi hayvon?”


1. Kichik guruh tarbiyalanuvchilariga tanilishi oson bo’lgan rasmlar taqdim qilinadi.



Hayvonlarn tasvirlangan bilan bunday rasmlar yosh maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda osongina tanib olish uchun mo'ljallangan.
2. Shu o’yinning qiyinroq variant quidagicha taqdim qilinishi mumkin. Bolalarga hayvonlarning faqat soyalarigini joylari o’zgartirilgan holda ko’rsatiladi.

Rasmda hayvonlarni soyasidan tanib olishga qaratilgan rasmlarning yanada murakkab versiyasi ko'rsatilgan.
3. O'yinning eng qiyin versiyasi: bolalar kontur bo'ylab hayvonni taxmin qilishlari kerak.

Rasmda bolalarni hayvonlarni konturlari bo'yicha tanib olishga yo'naltiradigan rasmlar ko'rsatilgan.



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling