Maqola haqida


Download 1.4 Mb.
bet1/12
Sana07.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1175675
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Zarnigor


Mavzu: “MTTda qabul qilingan “Bolajon” va “Ilk qadam” o’quv dasturlarining ta’lim sifatiga ta’siri
Qo‘qon universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi



MAQOLA HAQIDA

ANNOTATSIYA



Qabul qilindi: -yanvar 2023-yil
Tasdiqlandi: -fevral 2023-yil
Jurnal soni:
Maqola raqami:
DOI:

Maqolada maktabgacha ta’lim tizimi rivojlanishining hozirgi kundagi holati va sohada olib borilayotgan islohotlar haqida malumotlar, tavsiya va xulosalar keltirilgan bo’lib ushbu jarayonda “Bolajon” va “Ilk qadam” dasturining maktabgacha talim tashkilotlarida qo’llanilishi, bugungi kunda ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi muammolar,


ularni bartaraf etish hamda istiqbolini belgilash yo‘lidagi fikr va mulohazalar, jumladan, o‘quv dasturlarni takomillashtirish hamda ularning ta’lim sifatiga ta’siri haqida ham malumotlar berib o’tilgan.

KALIT SO‘ZLAR

Maktabgacha ta’lim, “Bolajon” , “Ilk qadam” davlat dasturi, bola, rivojlanish, ta’lim, tarbiya, o‘quv dasturi, davlat ta’lim standarti, bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, kasbiy sifat, mantiqiy fikrlash,
metod, texnologiya va b.q.



KIRISH
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, barcha sohalar singari ta’lim-tarbiyada ham ko‘pgina yangilanishlarni amalga oshirish ehtiyoji tug'ildi. Buning uchun esa pishiq-puxta ishlangan, ma’lum maqsad va vazifalarni o'zida mujassamlashtirgan istiqbolli dastur talab etilardi. Bola dunyoga kelgan kunidan boshlab, davlat, jamiyat hamda ota-ona zimmasiga uni sog‘lom, aqlli, xushxulqli tarbiyalash vazifasi qo‘yiladi. Davlat va jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday voyaga yetishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. O‘z navbatida jamiyat taraqqiyoti millatning ma’naviy darajasi bilan belgilanadi. Sog'lom avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yo‘nalishidir.
Ma’lumki, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash bevosita ta’lim tizimining rivojiga bog‘liq bo‘lib, bu borada mustaqil fikrlaydigan, ijodkor, tadbirkor, tashabbuskor shaxsni voyaga yetkazish bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu vazifalar Respublikamiz Prezidentining qator farmon va qarorlarida o‘z aksini topgan.
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida zamonaviy bilim va yangicha
yondashuvlarga ehtiyoj mavjud. Shu bois, ta’lim sifatini oshirishda o‘quv jarayonini
davr talablariga mos holda tashkil etish, davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlarini
takomillashtirish, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish, zamonaviy innovasion
pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish, mavjud muammolarni bartaraf qilish ertangi istiqboldagi yutuqlarimiz kafolatidir.
Mamlakatimizda so’ngi yillarda ta’lim sohasida katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim alohida vazirlik sifatida tashkil qilinganligi yosh avlod tarbiyasining eng quyi pog’onasiga naqadar katta e’tibor berilayotganligiga yaqqol misol bo’la oladi. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29- dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1, farmoni, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2019-yil 10-maydagi PQ-4312/3106-sonli qarori PQ-2707-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5198-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7 - fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida»gi PF4947-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22 dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya’ning Davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 802-sonli qarori va mavzuga bevosita bog’liq bo’lgan BMTning bolalar jamg‘armasi YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi texnik ko‘magi yordamida yaratilgan maktabgacha ta’lim muassasalarining “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi yuqoridagi so’zlar namunasidir.
Tarixdan ma’lumki, maktabgacha tarbiyaning rivojlanishi bilan birgalikda tarbiyalash dasturi ham takomillashib boradi. “Ilk qadam” davlat dasturidan avval, mustaqillik yillaridan so’ng “Uchinchi ming yillikni bolasi” va “Bolajon” davlat tayanch dasturlaridan foydalanib kelganmiz.


«Bolajon» tayanch dasturi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2010-yilda tasdiqlangan. Ushbu dastur «Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari» asosida ishlab chiqilgan. Dasturda ilk yoshdan 6—7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni jismoniy, ijtimoiy-hissiy, nutq, o‘qish va savodga tayyorlash, aqliy fivojlantirish bo‘yicha pedagogik vazifalar asosida har bir yosh guruh bolalari o‘quv yili oxiriga kelib egallashlari lozim bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarning zaruriy hajmi berilgan.





Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling