Maqola haqida
Download 1.4 Mb.
|
Zarnigor
- to‘rtinchidan, o‘quv dasturi asosida ishlanga mashg’ulot ishlanmalarida o‘qitishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish deb: aqliy hujum, bumerang, sinkveyn, konseptual jadval kabi interfaol usullar yozilganini kuzatamiz. Axir ular pedagogic texnologiyalar emas-ku, ular pedagogik texnologiyalar asosida yaratilgan interfaol usullardir. Axborot texnologiyalari bo‘yicha esa biron bir texnologiya nomi yozilmagan. Demak, bu noto‘g‘ri yondashuv va talqin. Shuning uchun bunday kamchiliklarni bartaraf etish uchun quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim: mashg’ulot jarayonida foydalaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar deb:
- bolalarning ijtimoiy va bilish faolligini ta’minlashga yo‘naltirilgan - shaxsiy-insonparvarlik; - mashg’ulot jarayonining texnologik darajasini to‘liq ifodalash, amalda joriy etishga yo‘naltirilgan – loyihalash; - mustaqillik, tashabbuskorlik, tadbirkorlik, hamkorlik, ijodkorlik kompetentligini shakllantirishga yo‘naltirilgan - muammoli o‘qitish; - ta’lim oluvchida ijodkorlik, yangilik yaratish qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan - evristik o‘qitishni e’tiborga olish. Pedagogik texnologiyalar asosida yaratilan interfaol usullar deb, bunda ta’lim oluvchining: - mustaqil va ijodiy ishiga yo‘naltirilgan - kichik guruhlarda ijodiy izlanish; - bilim doirasini, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ilmiy maqola, risola va kitoblar bilan tanishtirish orqali, bilim olish va fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish, avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakasini yangi vaziyatlarda qo‘llash orqali yangi bilimlarni egallashiga yo‘naltirilgan - erkin fikrlash; - tinglash va muloqot qilish ko‘nikmasini, turli nuqtai nazardan tushunish malakasini rivojlantirish, bahsli masalalarni hal qilish, tahliliy mushohada yuritish va fikrlash layoqatini oshirish, o‘z fikrini shakllantirish mahoratini mustahkamlashga yo‘naltirilgan - tanqidiy tafakkur; - faoliyat, muloqot, hamkorlik, turli hayotiy hodisalarni boshdan kechirishga yo‘naltirilgan – diskussiya; - fikrini hamda mavzuga bo‘lgan munosabatini aniqlash, mustaqil holda umumiy bir fikrga kelishiga va to‘g‘ri xulosa chiqarishiga yordam berish, erkin holda bahslashishga yo‘naltirilgan – muloqot; - shaxsiy funksiyasini dolzarblashtirishga, uning muhim tanlashni amalga oshirish tajribasini to‘plashga, tanqidiy qabul qilishga, hayojonli muammolarni ijodiy yechishga refleksiyaga maxsus yo‘naltirilgan – dialog; - mustaqil ishlash ko‘nikmasi, ijodiy fikrlash qobiliyati va jamoani boshqarish, yechim qabul qilish hamda uni bajarishni tashkil etish malakasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan – o‘yinni e’tiborga olish. Axborot texnologiyalari deb: dasturlashtirilgan, avtomatlashtirilgan, chiziqli texnologiyalarga e’tiborni qaratish; Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling