Maqola haqida


Download 1.4 Mb.
bet10/12
Sana07.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1175675
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Zarnigor

- beshinchidan, loyihalashni o‘quv dasturlariga kiritish. Bu juda muhim.
Ma’lumki, pedagogik texnologiyalarning asosiy vazifalardan biri bu, faoliyatni,
jarayonni loyihalash hisoblanadi. Shuning uchun ham bu fan dasturida o‘z aksini
topishi kerak. Mashg’ulotni loyihalashda:
- mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish hamda o‘quv maqsadlari (ta’limiy,
tarbiyaviy, rivojlantiruvchi)ni aniqlashtirishni;
- o‘qitishning texnologik usullari variantlarini tuzishni;
- har bir variantni baholash va optimalini tanlash ya’ni, loyihalanayotgan
jarayonning umumiy modelini yaratish va modellashtirishni;
- tanlangan texnologik usulni amalga oshirish yo‘llarini, ya’ni pedagogning
ta’lim oluvchilar o‘quv-bilish faoliyatini boshqarish bo‘yicha didaktik faoliyati
tizimlarini ishlab chiqishni;
- jarayonni moddiy-texnik ta’minlashni tanlash kabilarga alohida e’tibor qaratish lozim;
- oltinchidan, mustaqil ta’limni to‘g‘ri talqin etish. Ko‘pchilik
o‘quv dasturida erkin faoliyat mashg‘ulotlari alohida alohida yoritilgan. Axir, bularning barchasi mustaqil ta’lim shakllariga kiradi-ku.
Shuning uchun ham ularni fan dasturida “mustaqil ta’lim” nomi bilan alohida
paragraf qilib yoritish lozim.
- yettinchidan, oxirgi 10-15 yil ichida foydalangan adabiyotlar bo‘lishi kerak
deyilgan. Bu ayniqsa, pedagogika yo‘nalishida mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Chunki,
bugungi kunda ajdodlarimiz, avlodlarimiz, bobolarimiz tuzuklaridan
foydalanmaslikning iloji yo‘q. Shuning uchun foydalaniladigan adabiyotlar
ro‘yxatiga yillar bo‘yicha chegara qo‘ymaslik kerak.
Ushbu muammolarni bartaraf etishda quyidagilarga ko‘proq e’tiborni qaratish lozim:
- o‘quv dasturlarini ilg‘or xalqaro tajribalar asosida tajribali tarbiyachilar hamda mutaxassislar bilan kelishgan holda tubdan takomillashtirish, kerak bo‘lsa ularning variativ variantlarini ishlab chiqish;
- ta’lim oluvchilarda tanqidiy, kreativ fikrlashni, yangicha yondashuv
uslublarida qobiliyatlarini shakllantirish;
- nazariy va amaliy bilimlarni yaxlitligini ta’minlashga yo‘naltirilgan ilg‘or
tajribalarni tatbiq etgan holda yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish;
- o‘quv mashg‘ulotida ta’lim oluvchilar faolligini oshirishni nazarda tutuvchi
muammoli savol va topshiriqlarni ishlab chiqish hamda debatlarni yo‘lga qo‘yish;
- o‘quv-bilish kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida ta’lim oluvchilar
uchun tajribalar o‘tkazish, modellar yasash, loyihalash, modellashtirish, muammoli
vaziyatlarni yaratish va ularni bartaraf etish, o‘z g‘oyalarini hayotga joriy qilishga
yo‘naltirilgan rag‘batlantirish tizimini yaratish;
- Respublika va xorijdagi yetakchi mutaxassis-olimlar ma’ruzalarini hamda
vebinar mashg‘ulotlarini onlayn audio-, videotranslyatsiyalar ko‘rinishida tarbiyachilarga 6 oyda bir martta tashkil qilish;
- o‘quv qo‘llanmalarini sohalardan kelib chiqib yaratish.
- har bir mashg’ulot bo‘yicha o‘quv yili uchun “Mashg’ulot yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish;
- ta’lim oluvchilarning bilimlarini baholashda barcha baholash tizimlaridan voz kechib “yaxshi o‘zlashtirgan, o‘rtacha o‘zlashtirgan, past o‘zlashtirgan” tizimni
kiritish (Izoh: a’lo bu ideal tushuncha. O‘zlashtirmadi deb hisoblash noto‘g‘ri, chunki biz maktabgacha ta’limda, umumiy o‘rta ta’limda, profta’limda, qolaversa oliy ta’limda bolani shuncha yillar nimaga o‘qitdik);

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling