Maqola haqida
Maktabgacha ta’lim tashkilotida dasturni amalga oshirishda har bir bolaga quyidagi sifatlarni rivojlantirishni maqsad qilib qo‘yishi lozim
Download 1.4 Mb.
|
Zarnigor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolajon” tayanch dasturida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash quyidagi omillarga asoslanadi
- Ushbu dasturda bolalarni rivojlantirish davri shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo‘linadi
- Mazmun jihatidan dastur tarkibiga
Maktabgacha ta’lim tashkilotida dasturni amalga oshirishda har bir bolaga quyidagi sifatlarni rivojlantirishni maqsad qilib qo‘yishi lozim:
ijodkorlik, tasavvur, zukkolik; mustaqil fikrlash layoqatiga ega bo‘lish; muammolarni aniqlash va ularni hal etish yo’llarini topish; jamiyat, mamlakatlar, atrof-muhit muammolariga befarq qaramaslik. “Bolajon” tayanch dasturida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash quyidagi omillarga asoslanadi: • davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish va uning barkamol shaxsga bo'lgan munosabatining kuchayganligi; • erkin fuqaro ma’naviyatining shakllanishi; • milliy urf-odatlar va tarixiy xotira, o‘zlikni anglash tuyg'usi rivojlanayotganligi; • milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usining shakllanayotganligi. Aynan shu omillar bola shaxsining jismoniy rivojlanish, o‘z - o‘ziga xizmat va gigiyena, ijtimoiy-hissiy rivojlanish, nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik, bilish jarayoni, atrof-olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni anglash yo‘nalishlariga mos tarzda umumiy rivojlanishini ta’minlaydi. Ushbu dasturda bolalarni rivojlantirish davri shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: go‘daklik (1 yoshgacha); ilk yosh (1—3 yosh); kichik yosh (3—4 yosh); o‘rta yosh (4—5 yosh); katta yosh (5—6 yosh); maktabga tayyorlov davri (6—7 yosh). Mazmun jihatidan dastur tarkibiga: bolalarni jismoniy rivojlantirish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena; bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantirish; bolalarni nutq, o'qish va savodga tayyorlash; bolalarni bilish jarayoni, atrof-olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo'lishi va uni anglashi; bolalarda tasviriy faoliyatni rivojlantirish; bolalarda musiqiy faoliyatni rivojlantirish; bolalarda o'yin faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishlarida ta’limtarbiya vazifalari keltirlilgan. Ushbu dastur bolani shaxs sifatida shakllantirishda maktabgacha ta’lim tizimi muassasa va mutaxassislari hamda oilalar, maktabgacha yoshdagi bolalar ota-onalari uchun mo‘ljallangan. Zamon shiddat bilan rivojlangani sari bolalarda ham akseleratsiya jarayoni tezlashdi. Ushbu jarayondagi o’zgarishlarni ijobiy tomonga yo’naltirish uchun endilikda “Bolajon” davlat tayanch dasturini murakkablashtirish yoki uning o’rniga hozirgi zamon talablariga mos keladigan yangi dasturni ta’lim jarayoniga tadbiq etish lozim edi. Ushbu vazifa ijobiy tarzda hal etildi. BMTning bolalar jamg‘armasi YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi texnik ko‘magi yordamida yaratilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi yaratildi va amaliyotga tadbiq etildi. Ushbu dasturning dastlabki namunasi 2018-yilda foydalanishga topshirilgan edi. Lekin bolalarni aqliy rivojlanishi takomillashib borayotgani uchun uni yanada murakkablashtirish vazifasini hal etish lozim edi. Ushbu masala ijobiy hal etildi va 2022-yilda takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat dasturi foydalanishga topshirildi. Dastur mualliflari Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi Xalqaro bolalar jamg‘armasi (UNICEF)ga, xususan, dasturning takomillashtirilgan ikkinchi nashriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda qo‘llab-quvvatlagan, o‘z fikr va tavsiyalarini taqdim qilganlarga samimiy va chuqur minnatdorlik bildiradi. Maktabgacha ta‘lim muassasalarida bolalarga talim tarbiya berish va “Ilk qadam” dasturi doirasidagi ishlar ijrosi bo’yicha ko’plab olimlar sohadagi boshqa masalalarga etibor qaratgan holda fundamental tadqiqotlarni olib borganlar. Jumladan xorij tadqiqotchilari A.A.Markov, A.A.Lyapunov, V.Dobulov, va boshqalar tomonidan ham ushbu tizimning dozlarb muammolari o’rganilgan. O’zbekistonda maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida interfaol metodlarini amalga oshirishning metodik ahamiyati shakllantirish vazifalarini o’rganishning muammolarini F.B.Valixo’jayeva,2 Z.Rahimova, N.Egamberdiyeva, S.K.Annamuratova, S.Bulatov, SH.Munavvarov, H.Nurmatov, A.Sulaymonov va boshqa tadqiqotchilar o’rganganlar. Boshlang'ich va maktabgacha yoshdagi bolalarni sifatli maktabgacha ta`lim bilan qamrab olishni kengaytirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi hukumati mamlakatimizda maktabgacha ta'limni rivojlantirishning besh yillik Davlat dasturi va yo'l xaritasini ishlab chiqdi: Maktabgacha ta'limni rivojlantirish bo'yicha davlat vazifalarini bajarish uchun Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi. Maktabgacha ta'lim YuNISEFning asosiy ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib, u O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'limni rivojlantirish bo'yicha sa'y-harakatlarida texnik yordam ko'rsatmoqda. Maktabgacha ta'lim vazirligi va YuNISEFning 2018 yilgi qo'shma yillik rejasi qator tadbirlarni o'z ichiga oladi. Ushbu rejaning yutuqlaridan biri - "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim bo'yicha vakolatli yo'naltirilgan davlat o'quv dasturini ishlab chiqish, shuningdek, respublika tomonidan tasdiqlangan boshlang'ich va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish bo'yicha davlat talablarini yangilash. Ushbu ikkita hujjat maktabgacha ta'lim tizimidagi maktabgacha ta'lim tarbiyachilari va o'qituvchilari tomonidan turli xildagi har bir bolaning yuqori sifatli ta'lim olishini ta'minlash uchun qo'llanma sifatida foydalanadigan asosiy hujjatlardir. “Ilk qadam” davlat o’quv dasturining tuzulishi bilan tanishib chiqamiz. Buning uchun dasturning mundarija qismi dastur mazmunini yoritib beradi. TUSHUNTIRISH XATI 1-BOB. UMUMIY QOIDALAR 1.1. Davlat o‘quv dasturining qo‘llanilishi 1.2. MTTning maqsad va vazifalari 1.3. Pedagogning roli 2-BOB. MTT TA’LIM VA TARBIYA JARAYONINING MAQSAD VA TAMOYILLARI 2.1. MTT ta’lim va tarbiya jarayonining maqsadi 2.2. MTTda ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish tamoyillari 2.3. Qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil etish 2.4. Ta’lim olishda alohida ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ta’lim va tarbiya jarayoni (inklyuziv ta’lim) 2.5. Ota-onalar va mahalliy hamjamiyat bilan hamkorlik 2-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM BERISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV 3.1. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning tayanch kompetensiyalari 3.2. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari 3.2.1. ʺJismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi“ sohasi kompetensiyalari 3.2.2. ʺIjtimoiy-hissiy rivojlanish“ sohasi kompetensiyalari 3.2.3. ʺNutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari“ sohasi kompetensiyalari 3.2.4. ʺBilish jarayonining rivojlanishi“ sohasi kompetensiyalari 3.2.5. ʺIjodiy rivojlanish“ sohasi kompetensiyalari 4-BOB. ТA’LIM VA TARBIYA JARAYONI 4.1. Maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishida o‘yinning roli va maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim va tarbiya jarayonida uning ahamiyati 4.2. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonini rejalashtirish 5-BOB. BOLANING RIVOJLANISH SOHALARI BO‘YICHA YUTUQLARI 6-BOB. RIVOJLANTIRUVCHI MUHITNI TASHKIL QILISH 7-BOB. DAVLAT O‘QUV DASTURI BO‘YICHA KUTILAYOTGAN TA’LIMIY NATIJALAR 8-BOB. RESURS TA’MINOT GLOSSARIY ʺILK QADAM“ DAVLAT O‘QUV DASTURIGA ILOVALAR 1-ilova. MTT ta’lim dasturini yaratish bo‘yicha tavsiyalar 2-ilova. MTT guruhlarining namunaviy kun tartibi Bolalar to‘liq kun davomida bo‘ladigan guruhning namunaviy kun tartibi Маktabgacha ta’lim va tarbiya muqobil shakllarining namunaviy kun tartibi 3-ilova. Namunaviy o‘quv reja Kichik (3 yoshdan 4 yoshgacha) guruhdagi bolalar faoliyati turlarining taxminiy miqdori O‘rta (4 yoshdan 5 yoshgacha) guruhdagi bolalar faoliyati turlarining taxminiy miqdori Katta (5 yoshdan 6 yoshgacha) guruhdagi bolalar faoliyati turlarining taxminiy miqdori Maktabga tayyorlov (6 yoshdan 7 yoshgacha) guruhdagi bolalar faoliyati turlarining taxminiy miqdori Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning muqobil shakllari guruhlarida amalga oshiriladigan bolalar faoliyati turlarining taxminiy miqdori 4-ilova. Namunaviy yillik mavzuli reja 5-ilova. Namunaviy haftalik reja 6-ilova. MTTda o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan bayram tadbirlari ro‘yxati 7-ilova. Rivojlanish xaritasi 3-4 yoshli bolaning rivojlanish xaritasi 4-5 yoshli bolaning rivojlanish xaritasi 5-6 yoshli bolaning rivojlanish xaritasi 6-7 yoshli bolaning rivojlanish xaritasi 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi 9-ilova. Guruhlarda rivojlanish markazlarining taxminiy joylashuvi 10-ilova. Guruhlardagi rivojlanish markazlari va rivojlantiruvchi muhit uchun materiallarning namunaviy ro‘yxati Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari, ta’lim va tarbiya jarayonining maqsad va tamoyillari, shuningdek, bolaning keyingi ta’lim bosqichiga o‘tishidagi tayanch kompetensiyalari belgilangan. Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim davlat standartini amalga oshirish mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi. Davlat o‘quv dasturining asosiy vazifasi kompetensiyaga asoslangan yondashuv asosida bola shaxsini rivojlantirish hisoblanadi. Davlat o‘quv dasturi Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari va muassasalarida qoʻllanilishi majburiydir: davlat maktabgacha ta’lim tashilotlarida; maktabgacha ta’lim sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi nodavlat MTTlarida; ta’lim va tarbiyaning muqobil shakllarida; “Mehribonlik” uylari maktabgacha ta’lim guruhlarida; monitoring va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida. Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq yaratilgan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturining ikkinchi nashri hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim jadal rivojlanayotgan ta'lim sohasi bo‘lib, u butun dunyo va mamlakatimizdagi ta'lim sohasi mutaxassislari va tadqiqotchilarining diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan davlat o‘quv dasturiga (2018-yil) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda ikkinchi nashrini yaratish zarurati tug‘ildi. Davlat o‘quv dasturining birinchi nashrini qayta ko‘rib chiqish uchun quyidagi omillar asos bo‘ldi: ● 2019-yilda qabul qilingan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va unda belgilab berilgan maktabgacha ta’lim va tarbiyaning asosiy tamoyillari, shuningdek, maktabgacha ta’limda davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari1 ; ● dasturning birinchi nashrini qo‘llashda orttirilgan tajriba va uning tahlili; ● 2021-yilda respublikamizning barcha hududlarida maktabgacha ta'lim boshqaruv organlari mutaxassislari, MTTning davlat, nodavlat va muqobil shakllari pedagoglari va metodistlari o‘rtasida o‘tkazilgan manzilli milliy so‘rov natijasida aniqlangan fikr va takliflarining inobatga olinganligi; ● maktabgacha ta’lim dasturlarini yaratish bo‘yicha o‘tgan yillar davomida to‘plangan xalqaro tajriba. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling