6.1.Kobalt kationining reaksiyalari
Kobalt tuzlarining suyultirilgan eritmalari va kristallgidratlari pushti ranglidir. Bu rang akvakompleks ion - [Co(H2O)6]2+ ning hosil bo'Iishi bilan tushuntiriladi. Agar eritmalar bug'latilib, kompleks ion parchalansa yoki ularga suvni yo'qotuvchi etanol, konsentrlangan HC1 qo'shilsa, ligandning o'zgarishi bilan rang pushtidan ko'kka aylanadi. Kobalt ioni cho'ktirish reaksiyalaridan tashqari komplekslanish, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga ham uchraydi.
1.O'yuvchi ishqorlar—NaOH va KOH Co2+ ion bilan ko'k rangli asosli tuz cho'kmasi hosil qiladi:
Co2+ +C1-+OH-→ CoOHCl↓
Agar cho'kmaga ishqor qo'shib qizdirilsa, asosli tuz pushti rangli Co(OH)2 ga aylanadi:
CoOHCl + OH-→ Co(OH)2↓ + Cl-
Co(OH)2 cho'kmasi havoda asta-sekin oksidlanib, qo'ng'ir rangli Co(OH)3 ga aylanadi:
4Co(OH)2 + O2 + 2H2O → 4Co(OH)3↓
Co(OH)2 cho'kmasining oksidlanishini H2O2 tezlashtiradi, natijada darhol qo'ng'ir rangli Co(OH)3 hosil bo'ladi:
2Co(OH)2 + H2O2→ 2Co(OH)3↓
Co(OH)3 cho'kmasi H2SO4 da erimaydi, lekin uning H2O2 yoki Na2O2 bilan hosil qilingan aralashmasida Co (III) ning Co (II) gacha qaytarilishi natijasida eriydi.
2. Ammiak eritmasi bilan kobalt ioni avval ко'к rangli asosli tuz hosil qilib cho'kadi, ammiak yoki ammoniy tuzlaridan mo'l miqdorda qo'shilsa, cho'kma sarg'ish rangli kompleks ionga aylanib erib ketadi:
CoOHCl + 7NH4OH → [Co(NH3)6]2+ + 2OH- + NH4+ + Cl- + 6H2O
Ammoniy tuzlari ishtirokida ammiak Co2+ ionini cho'ktirmaydi. Agar eritmaga Fe3+, Al3+ yoki Cr3+ kationlari aralashgan bo'lsa, ularni ajratish vaqtida Co2+ qisman birgalashib cho'kadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |