Maqsad: V guruh kationlarining sifat reaksiyalarini bajarish uchun amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish


Download 278.02 Kb.
bet10/13
Sana09.06.2023
Hajmi278.02 Kb.
#1473735
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
12-LABORATORIYA ISH

Guruh reagentining ta’siri
Kobalt, nikel, mis kationlari 25%li ammiak eritmasi ta’sirida rangli asosli tuzlar hosil qiladi. CoOHCl – ko‘k rangli cho‘kma, isitilganda pushti rangli Co(OH)2 ga o‘tadi. Cu(OH)Cl – ko‘k yashil, Ni(OH)Cl – och yashil, HgNH2Cl – oq, simob (II) nitratdan ham [OHg2NH2]NO3 tarkibli oq cho‘kmalar hosil bo‘ladi.
Nikel, mis va kadmiy gidroksidlari ortiqcha ammiakda eriydi:
Ni(OH)Cl ↓ + 6NH3 = [Ni(NH3)6]2+ + OH- + Cl-
Cu(OH)Cl ↓ + 4NH3 = [Cu(NH3)4]2+ + OH- + Cl-
Cd(OH)2↓ + 4NH3 = [Cd(NH3)4]2+ + 2OH-
Kobalt va simob (II) ni asosli tuzlari ortiqcha ammiakda ammoniy tuzlari ishtirokida eriydi:
Co(OH)Cl ↓ + 5NH3 + NH4+ = [Co(NH3)6]2+ + Cl- + H2O
[OHg2NH2]NO3↓ + 4NH3 + 3NH4+ = 2[Hg(NH3)4]2+ +NO3- + 2H2O
HgNH2Cl ↓ + 2NH3 + NH4+ = [Hg(NH3)4]2+ +Cl-
Misni ammiakatli kompleksi to‘q ko‘k rang, nikel - ko‘k, kadmiy va simob (II) rangsiz bo‘ladi. Kobalt (II) havo kislorodi ta’sirida asta sekin oksidlanadi va qizil olcha rangli kobalt (III) ammiakatli kompleksni hosil qiladi.
Vodorod pereoksidining ishqoriy sharoitda ta’siri
VI guruh kationlariga ishqoriy sharoitda vodorod peroksidi ta’sir ettirilsa (NH3, NaOH) nikel, mis, kadmiy, simob (II) gidroksidlari cho‘kmaga tushadi. Kobalt (II) tezda oksidlanib kobalt (III)ga o‘tadi va qo‘ng‘ir Co(OH)3 cho‘kmaga tushadi. U esa mo‘l miqdordagi konsentrlangan ammiakda eriydi va olcha rangli [Co(NH3)6]3+ kompleksini hosil qiladi.
Ish tartibi
a) 5 ta probirkaga 3 tomchidan kobalt, nikel, mis, kadmiy, simob tuzi eritmasi va tomchilab aralashtirib turgan xolatda suyuq ammiak eritmasidan cho‘kma hosil bo‘lguncha qo‘shiladi. Cho‘kmalar rangiga e’tibor beriladi. Barcha probirkalarga 25%li ammiak eritmasidan, natriy yoki ammoniy xloridni bir necha kristallari ham qo‘shiladi. Cho‘kmalarning erishiga va eritma rangiga e’tibor beriladi.
b) Probirkaga 3 tomchi kobalt tuzi eritmasi, 1-2 tomchi vodorod peroksidi qo‘shib, aralashtiriladi, so‘ngra suyultirilgan ammiak yoki natriy gidroksidi cho‘kma hosil bo‘lguncha qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan cho‘kmani rangi «a» tajribadagi kobalt (II)ni asosli tuzi cho‘kmasi bilan solishtiriladi. Cho‘kma mo‘l miqdoridagi konsentrlangan ammiakda eritiladi va «a» tarkibidagi kobalt (II) rangiga solishtiriladi.

Download 278.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling