Markaziy mamlakatlarida xor sanatininng rivojlanishi
Xor asarlari ustida ishlash va ko’p ovozlikka o’tish
Download 1.14 Mb.
|
MARKAZIY MAMLAKATLARIDA XOR SANATININNG RIVOJLANISHI
Xor asarlari ustida ishlash va ko’p ovozlikka o’tish
Asar ustida ishlash jarayoni asosan uch bosqichdan iborat bo‘ladi: — dirijyorning asarni mustaqil o‘rganishi va xor bilan ishlashga tayyorgarlik ko‘rishi; — asarni xorga o‘rgatish; — konsertlarda ijro qilish. Asar ustida ishlash dirijyor va kollektivning butun ijodiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Asarni har tomonlama tahlil qilish, uni kollektivga o‘rgatish va hatto uni konsertda ijro qilish jarayoni ham asar ustida ishlashga kiradi. Chunki ijro pashida ham (boshlang‘ich davrlarda) asar ustida ish olib boriladi. O‘rganilgan asar darhol ko‘ngildagidek jarangga ega bo‘lavermaydi. Repetitsiya va konsertlarda asarning har bir ijrosi uni sayqallab boradi. Akkordlar sadosi, partiyalarning hamohangligi yaxshilana boradi. Ijrochilar esa tinglovchilarga asarning asl ma’nosini yetkazib berish uchun ijro mahoratlarini orttira bora-dilar. Xor rahbari biron-bir asarni xorga o‘rgatishdan avval shu asarni har tomonlama tahlil qilishi, puxta o‘rganishi va yodlab olishi lozim. O‘rganish bosqichida asarni: — umumiy tahlil; — musiqiy-nazariy tahlil; — vokal-xor masalalari bo‘yicha tahlil qilishi kerak. Umumiy tahlil chog‘ida asar va kompozitor (shuningdek, tekst avtori) haqida ma’lumotlar to‘planadi, asar yaratilgan davrga, kompozitorning ijodiga oid materiallar bilan tanishiladi. Kompozitorning musiqiy tafakkuri va uning ijodidagi xarakterli tomonlari aniqlanadi. Asarni o‘rganish uning badiiy g‘oyasini aniqlash va asarning mazmuniga tushunib yetishdan boshlanadi. Shundan keyin asar g‘oyasini ochish uchun qanday badiiy ifodali vositalardan foydalanilganligi aniqlanadi. Asardagi poetik tekstning mazmuni aniqlangach, uning muzikaga mos kelishi yoki kelmasligi aniqlanadi. Shundan so‘ng asar musikiy-nazariy tomondan tahlil qilinadi. Bunda asarning qaysi muzika shaklida yozilganligi, yozilish uslubi (sklad pisma) va faktura yozuvi, lad va tonligi, muzikaviy tematikasi, ritm va o‘lchovi, ijro sur’ati (temp) plani, kuyi va garmoniyasi, dinamik tuslari va boshqalar aniqlanadi. Keyingi bosqich — vokal-xor tahlili. Bunda xorning turi va ko‘rinishi (ayollar, erkaklar yoki aralash, I—II—III—IV va hokazo ovozli xorlar), xordagi soz va intonatsiya, ansambl, ovoz partiyalari, ularning diapazonlari, tessiturasi, nafas, so‘z talaffuzi, uchraydigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari aniqlanadi. Rahbar asarni fortepyanoda (yoki boshqa muzika asbobida) chalishi, xor partiyalarini, interval va akkordlarni o‘rganishi, har bir ovoz partiyasi kuyini ifodali ayta olishi kerak. Bu hol asarni xorga o‘rgatish jarayonini tezlashtiradi. U asarni vokal-intonatsiya, nazariy va boshqa tomonlardan puxta o‘zlashtirgach, shu asar-ni dirijyorlik qilish texnikasi ustida ham ish olib borishi, kerakli texnik usullarni o‘rganib olishi shart. Shuni aytish kerakki, asar dirijyor tomonidan puxta o‘zlashtirilmasa, o‘rgatish davrida u ko‘p qiyinchiliklarga duchor bo‘ladi. Agar asarning orkestr jo‘rligida ijro etilishi nazarda tutilsa, orkestr partiturasi bilan ham tanishish kerak. Dirijyor asarni to‘liq o‘rganib bo‘lgach, nafas olish yo‘llari va joylari (sezuralar), badiiy ijro planini belgilaydi, nota materiali — partitura va xor partiyalari tayyorlaydi va asarni xorga o‘rgatish ish plani tuzadi. Ish planida mashg‘ulotlar qanday tartibda o‘tishi va ularning mazmuni batafsil beriladi. Shuningdek, o‘rgatiladigan asarning fakturasidagi ba’zi ritmik xususiyatlar, xorning tayyorgarlik darajasi, vaqti kabi ishning texnik, tashkiliy tomonlari (nota tekstining to‘g‘riligi, konsertmeyster kerak yoki kerakmasligi) hisobga olinadi. Shuningdek, ish planida asarni ma’lum bo‘laklarga bo‘lish, o‘zlashtirish qiyinroq bo‘lgan jumlalarni aniqlash, bu qiyinchiliklarni bartaraf qilish yo‘llarini topish, asarning musiqaviy shaklini aniqlash, nafas olish joylarini belgilash va hokazolar aks ettiriladi. Boshlang‘ich sinflarda musiqa darsini tashkil etish orqali o‘quvchilarda estetik tarbiyani shakllantirishda eng avvalo qo‘shiqdan, kuydan zavq olishni o‘rgatish muhimdir. O‘qituvchi ularga dars berishda, o‘quvchilarda estetik tarbiyani uyg‘otishda quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:vokal-xor malakalari hamda qo‘shiq kuylashning boshlang‘ich saboqlarini berib borish; o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish. nutq madaniyatiga rioya etish; o‘quvchilarning badiiy didlarini tarbiyalash (kiyinish madaniyati, gavdani tik tutish holatlari). Ushbu vazifalarni amalga oshirish birinchi sinfdan boshlab, toki yuqori sinfgacha sistemali ravishda davom etib boradi. Musiqa madaniyati o‘quv dasturiga kiritilgan ashulalar ham o‘quvchilarning yoshi va qiziqishi, mazmunan rang-barangligi, qiziqarli ohangdorligi bilan estetik madaniyatni yuksaltirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Unda, ayniqsa ona Vatan, go‘zal tabiatni ifodalovchi, yil fasllari, qushlar va hayvonot olami haqidagi lirik raqs hazil-mutoyiba xarakteridagi ko‘plab qo‘shiqlar o‘quvchi yoshlarning estetik zavqini oshiribi borishga, tarbiyaviy-madaniy vazifalarni uddalashga va ashula aytishda zaruriy malakalar hosil qilishga yordam beradi.Tabiat va yil fasllari haqidagi qo‘shiqlarni o‘rganish va ijro etish o‘quchilarda o‘ziga xos katta taassurot qoldiradi, ularda tabiat go‘zalligiga bo‘lgan ijobiy munosabatlarini shakllantirib boradi. Qo‘shiqlarda ifoda etilgan tabiatning go‘zalligi, o‘ziga xos husn chiroyi yil fasllarining takrorlanmas xususiyatlarini idrok etish va his qilish, maqsadga muvofiq uyushtirib boriladigan qisqa va qiziqarli suhbatlar, savol-javoblar hamda tabiatni bevosita kuzatishlar jarayonida amalga oshiriladi.Musiqa va estetik madaniyatning paydo bo‘lishi hamda shakllanib borishida tinglanayotgan har bir asarni o‘quvchilar tomonidan to‘la o‘zlashtirib olinishiga bog‘liq. Shunda o‘quvchi o‘qituvchi tomonidan berilayotgan saboq va tarbiya ko‘nikmasini o‘zida to‘la mujassamlashtiradi. Ma’lumki, musiqiy tarbiya jamiyat hayotining muhim qismidir. U inson ruhiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, ularning his-tuyg‘ularini o‘ziga xos badiiy tilda ifoda etadi. Bir so‘z bilan aytganda aynan folklor san’ati orqali inson hayotni o‘rganadi, tasavvuri kengayadi,qadimiy urf-odatlar va milliy an’analarimizga sodiq bo‘lishni o‘zida shakllantiradi, shu bilan birga estetik rivoj topadi. O‘zbek folklorini o‘rganish orqali yoshlar xalqona milliy ko‘rinishni o‘zlarida ifodalaydi,erkin, mustaqil fikrlashga ega bo‘ladilar. Shu bois,folklor san’ati ularda nafosat hissiyotlarini ham tarbiyalab, ularning ma’naviy, g‘oyaviy hamda axloqiy dunyosini har tomonlama takomillashtirib, oliyjanob fazilatlarni kamol toptirshda ta’sirchan vosita sifatida qo‘llaniladi. Yoshlarda estetik tarbiyani shakllantirishni ravnaq toptirish uchun eng avvalo pedagog kadrlarga e’tiborni qaratish zarur. Biz har bir so‘zimizda musiqa insonni tarbiyalaydi deya qayta-qayta ta’kidlaymiz, biroq, musiqani to‘la anglagan haqiqiy mutaxassisgina yosh avlodga musiqa sirlarini to‘g‘ri yo‘nalishda o‘rgata oladi. Tajribalardan kelib chiqib joylarga borganimizda musiqa mutaxassisligiga ega bo‘lmagan tajribasiz o‘qituvchilarning musiqa darslarini berayotganligiga duch kelganmiz. Ular dars jarayonida o‘quvchiga nota savodini, musiqa tinglashni, musiqaga ritmik jo‘r bo‘lishni va musiqa bilan harakatni o‘rgatish tugul mavzuda berilgan qo‘shiqni baqir-chaqir orqali noto‘g‘ri o‘rgatayotganligining guvohi bo‘lganmiz. Xo‘sh, bola ushbu darsda qo‘shiqni to‘g‘ri o‘rgana olmayapti-ku, qanday qilib estetik zavq olsin! O‘quvchilarni kuzatganimizda darsga befarq, ovozi tushsa tushmasa qo‘shiqni hirgoyi qilishga harakat qilayotganligini, partalarni chalib shovqin bilan o‘tirishini o‘zida hech qanday madaniyat, zamonaviy usuldagi dars ko‘rinishi uchramaydi. Demak, bunday muammolarning yechimi o‘z kasbiy mutaxassisligiga ega kadrlarni joyiga qo‘yishni to‘g‘ri rejalashtirishdadir.“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda Davlat ta’lim standartlarida pedagoglarning kasbiy mutaxassisliklari bo‘yicha zamonaviy darslarni tashkil etishlari belgilab qo‘yilgan. Bugungi kunda musiqa ma’naviyatimizni rivojlantirish davlatimizning bosh vazifasiga aylanib bormoqda. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi binosini qayta qurib topshirilishining o‘zi va musiqa san’ati rivojining chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarorlarning ijrosi hamda xalqaro miqyosdagi festivallarning tashkil etilishi yuqoridagi fikrimizga asos bo‘ladi. Birgina “O‘zbekiston Vatanim Manim” ko‘rik-tanlovining o‘tkazilishi jarayonida ta’lim muassasalari o‘quvchi yoshlari qo‘shiq kuylash bilan birga o‘zaro do‘stlikni, o‘zaro tajriba almashishni qo‘lga kiritar edilar. Shu tanlov orqali milliy-azaliy qadriyatlarga munosabat, Vatan tarannumi hamda eng muhimi O‘zbekistonda taxsil olayotgan iqtidorli yoshlarning betakror qobiliyatlari baholanar edi. Bugungi kunda bunday tadbirlar yanada ko‘payib, turli forumlar, “Barkamol avlod”, “Kelajak ovozi”, “Qalbimda Vatan madhi” ruknlari ostida keng o‘tkazib borilmoqda. Bunday tadbirlarni o‘tkazishning o‘zi yoshlarda estetik tarbiyani, milliy – ma’naviy dunyoqarashni kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlar ilm-fandan qanchalik bahramand bo‘lsalar musiqa san’atidan ham shunchalik ozuqa oladilar. Milliy musiqa orqali ularda har tomonlama mukammallik, shu birga halollik, kamtarlik, eng asosiysi yaxshilik va ezgulik hukmron bo‘ladi. Xalqimiz merosining noyob namunalaridan foydalanish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, targ‘ib etish, xalqimiz, ayniqsa yoshlarimizda mustaqillik tuyg‘usini shakllantirish- yoshlar o‘rtasida estetik tarbiyaning mukammal bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimiz davomiyligini, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashib borishi taqozo etadi. Ko‘p ovozli musiqani eshitish va kuylash, undagi go‘zallikni anglash va idrok etish imkonini beradi. Havaskorlik xorlari qo‘shiq aytish ma’lum malakalarga erishgunga qadar bir ovozli ashulalar o‘rgatiladi. Xor toza unisonga erishgach, sekin-asta keyingi bosqich ko‘p ovozlilikning oddiy shakli ikki ovozlilikka o‘tish davri boshlanadi. Ikki ovozlilik ko‘nikmalarini o‘stirishda «k a n o n» uslubida har xil mashqlar, qo‘shiqlar aytish yaxshi natija beradi. Bunda xalq kuylaridan keng foydalanish mumkin. «K a-n o n» uslubida qo‘shiq aytish kelgusida ko‘p ovozli ashula aytish malakalarini o‘stirishga zamin yaratadi. Ikki ovozda qo‘shiq aytishni didaktik prinsiplar asosida oddiydan murakkabga, ya’ni dastavval, faqat ikki ovozlilik elementiga ega bo‘lgan ashulalar, keyin esa, to‘liq ikki ovozli ashulalardan o‘rgatish ko‘zda tutiladi. Repertuar tuzishda ijrosi qulay o‘zbek va rus qo‘shiqlaridan tashqari, havaskorlik kollektivlari uchun yozilgan ajoyib asarlardan ham foydalanish mumkin. SH. Ramazonovning «O‘zbekiston», «Kommunizm madhiyasi», «Terimchi qizlar taronasi», X. Izomovning «Sevikli yor», F. Nazarovning «Ohangaron», A. Muhamedovning «Go‘zal Farg‘ona», «Jon qizlar», M. Leviyevning «Yali-yali», M. Nasimovning «Ulug‘ Vatan» va «Gul sayri» («Dilbarim» syuitasidan), M. Ashrafiyning «Oktabrga shon-sharaflar», S. Yudakovning «Jon O‘zbekiston», D. Zokirov va K. Kenjayevning «yoshlik» qo‘shiqlari, asosan, ikki ovozli havaskorlik xorlari uchun yozilgan. Xor kollektivi ikki ovozli ashulalarning murakkab formalari bilan tanishgach va ko‘p ovozli qo‘shiq aytishning ma’lum xor-vokal malakalariga ega bo‘lgach, asta-sekin uncha murakkab bo‘lmagan ikki-uch tovushlilikka o‘tish imkoni yaratiladi. Ish jarayonida xonandalarni uch-to‘rt ovozli ashulalardagi garmonik sadolarni (akkordlarni) eshitishga o‘rgatib boriladi. Keyinchalik ko‘p ovozli ashulalarni muzika asboblari jo‘rligisiz (a-kapella) aytish hamda uning chiroyli va ta’sirchan yangrashini sezish qobiliyati ri-vojlantiriladi. Ikki ovozli ashula aytish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun (yengil xalq qo‘shiqlarini) «a-kapella» uslubida kuylash yaxshi natija beradi. Demak, xorda ko‘p ovozli qo‘shiq aytish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun avval oddiy ikki, so‘ng to‘liq ikki ovozli qo‘shiqlar, oddiy uch ovozli, keyin to‘liq uch ovozli qo‘shiqlar va shu tar-tibda to‘rt, besh ovozli qo‘shiqlar o‘rgatiladi. Umuman, ko‘p ovozli asarlar ustida ishlashning xilma-xil uslublari bor. Ba’zilar qo‘shiq o‘rgatishni ikkinchi ovozdan boshlashni tavsiya qiladilar. Lekin asarning asosiy kuyini yaxshi sezmasdan ikkinchi ovozni o‘rganish qiyin va noto‘g‘ri. Shuning uchun ham, ikki ovozli qo‘shiq o‘rgatishda, birinchi ovozlar bilan boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda har ikki xor partiyasi qo‘shilib, soprano va tenor partiyalariga birinchi ovoz, alt va bas partiyalariga ikkinchi ovoz o‘rgatiladi (S—T, A—B). Ikkinchi ovozlar qo‘shiqning asosiy kuyini yaxshi anglab olganlaridan so‘ng, o‘z (ikkinchi ovozni) partiyalarini o‘rganish ancha yengil bo‘ladi. Keyinchalik ikki ovozli, ya’ni ikkinchi ovozlar ancha murakkab bo‘lgan qo‘shiq o‘rgatishga o‘tiladi. Bu davrda har bir partiya o‘rgatilayotganda xonandalarni ikkinchi ovoz kuyi bilan ham tanishtirib boriladi. Shuningdek, ijro davomida jo‘rsiz kuylash-ga hamda toza intonatsiya, ansambl birligiga va xor ohangining boshqa elementlariga e’tiborni kuchaytirib borish yo‘llari o‘rgatiladi. Shunday qilib, xorda ko‘p ovozlilikda kuylash avval ikki ovozlik ashulalardan boshlanib, to‘liq to‘rt ovozli (undan ham ko‘p) asarlarga o‘tiladi. Buning eng muhim shartlaridan biri, havaskorlik xorining nota bilan kuylay olishiga, umuman, muzika savodiga bog‘liq. Ko‘p ovozlilikda kuylash mahoratiga ega bo‘lish havaskorlik xori a’zolarini muzika san’atining ajoyib namunalari bilan tanishtira boradi va ular ko‘p ovozli xor muzikasi go‘zalligini tushunish, qadrlash va sevishga o‘rganadilar. Ko‘rik deganda, mashg‘ulotlarning eng oxirgisi, ya’ni eng muhimi tushuniladi. Odatda, ko‘rik (general) mashg‘ulot konsertdan bir kun oldin o‘tkaziladi. Uni konsert kuni, xususan, konsertdan bir-ikki soat oldin o‘tkazilmaydi, chunki bunday hollarda ovoz toliqadi, natijada konsert yomon o‘tadi. Ba’zida ko‘rik (general) mashg‘ulot ikki marta (ikki-uch kun oralig‘ida) o‘tkazilishi ham mumkin. Ko‘rikdan so‘ng xonandalarning yaxshi dam olishi konsertning muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlaydi. Asar konsert repertuariga kiritilgandan so‘ng ham, uning ustida ishlash jarayoni aslo tugamaydi. Aksincha, konsertdan konsertga xonandalarning ijrochilik mahorati oshib, asar ijrosi «yetila boradi», sayqal topadi. Konsertdan oldin dirijyor o‘zini va xonandalarni psixologik tayyorlashi («sozlashi») kerak, bu konsertning muvaffaqiyatli o‘tishi omillaridan biri hisoblanadi. Xorda asarni yoddan ijro etish usuli ham mavjud. Bu progressiv usulda xonandalar dirijyorning ishoralarini yaqqol ko‘radilar va aniq bajaradilar. Eslab qolish qiyin bo‘lgan siklik-polifonik asarlar nota bilan ijro qilinadi. Shuningdek, havaskorlik xorlari tomonidan ayrim mukammal xor asarlari yod bo‘lmaguncha, nota bilan ijro qilinishi mumkin. Boshlang‘ich formadagi havaskorlik xorlari nota bilan kuylash ko‘nikmalarini hali yaxshi egallamaganliklari sababli, asar o‘rganish va uning ijrosi notasiz, muzikaviy eshitish qobiliyati orqali (sluxdan) bo‘lishi mumkin. Umuman programmani yoddan ijro qilishi maqsadga muvofiq. Havaskorlik xorlari o‘zlarining konsert programmalari bilan kishilarning muzika madaniyatini oshiradi, ularning badiiy-estetik ehtiyojlarini qondiradi, havaskor xonandalar sahna madaniyatini egallab, ijro tajribalari boyib boradi. Xorning barcha konsert-chiqishlari tarbiyaviy ahamiyatga ega. Har bir konsert-chiqish esa, ma’lum maqsadni o‘z oldiga qo‘yadi. Xor ijrochiligi tajribasida konsert berishning quyidagi formalari uchraydi: — Buyuk sanalarga bag‘ishlangan (Oktabr inqilobi, V. I. Lenin tug‘ilgan kun, 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni, Sovet Armiyasi kuni va hokazo) konsertlar: — uchrashuv konsertlari; — tematik konsertlar (konsert-suhbat va konsert-leksiyalar); — badiiy havaskorlik festivallari, ko‘rik va konkurslarda chiqish; — ashula bayramlarida qatnashish; — adabiy-badiiy montajlarda qatnashish; — hisobot konsertlari (ma’lum davrdan so‘ng keng programmada ijodiy hisobot konserti beriladi). Havaskorlik xorining mana shunday konsertlar bilan chiqishi, ashula bayramlarida faol qatnashishi ijodiy faoliyatining ravnaqi uchun katta ahamiyatga ega. Bunday chiqishlarda kollektiv o‘ziga xos sinovlardan o‘tadi va badiiy barkamollik yo‘lida chiniqa boradi. Klub havaskorlik xori «solo» (yakka) konsertlar berishdan tashqari, umumiy konsertlarda ham qatnashadi. Bunday umumiy-qo‘shma konsertlarda xor kollektivi bir-ikki asar bilan konsertning ochilishida, yopilishida ishtirok etadi. Xor kollektivi ochiq havoda mustaqil konsertlar berganda, sahnani radiolashtirish yo‘lidan foydalanishi lozim. Rahbar konsert o‘tadigan zalning akustik xususiyatlarini bilishi, konsertdan oldin qisqa mashg‘ulot o‘tkazib, xorni zal akustikasiga moslashtirishi, sahnada xorning turish o‘rnini, sahnaga qaysi tomondan kirish va chiqib ketish, turish holati (necha qator bo‘lib), xor kiyimini oldindan bilishi, kollektiv bilan kelishib olishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, xor rahbari har bir konsert-chiqishning qachon va kimlar uchun o‘tishiga qarab, programma tuzadi, xor uchun forma tanlaydi va sahnada skameykalar bo‘lishi kabi tashkiliy masalalarni hal qiladi. Har bir konsertga chiqishdan oldin yuqoridagi masalalarni oldindan hal qilish, puxta tayyorgarlik (bir-ikki kun oldin programma ustida ishlash) ko‘rishi kerak. Xonandalarni konsertga juda erta chaqirib qo‘yish ularni charchatadi va ijro sifati buziladi. Navbatdagi konsert programmasini yaxshi repetitsiya qilish va xorni psixologik tomondan ham tayyorlash (sahnada tutish va h. k.) kerak. Tinglovchilarni charchatib qo‘ymaslik uchun konsert programmasini har xil xarakterli asarlardan (tematik va siklik konsertlardan tashqari) tuziladi. Shuningdek, programmani tuzishda asarlarning uzviy bog‘liqligi, ma’lum mazmunga ega bo‘lishini ham hisobga olish kerak. Programma oddiy asarlardan (konsert tematikasiga qarab) boshlanib, sekin-asta o‘zining kulminatsion nuqtasiga chiqishi va tugashi lozim. Tomoshabinlar iltimosiga binoan, birorta asar qayta ijro qilinishi lozim bo‘lib qolsa, kichikroq bo‘lsa, boshdan oxirigacha to‘liq, agar katta bo‘lsa, oxiridan (yoki o‘rta qismidan) ma’lum bir bo‘lagi (kupleti) ijro qilinadi. Konsertning muvaffaqiyatli o‘tishi rahbarning konsertni ko‘tarinki ruhda (yuksak zmotsionallikda) o‘tkaza bilishiga, uning iste’dodiga bog‘liq. U muzika obraziga kirib, xorchilarni ham shu obrazda ruhlantirishi va asarning mazmunini ochib berishda interpretator bo‘lishi, xor bilan birga, asar obrazini yaratishi kerak. Asar yuqori saviyada ijro qilinsa, uni eshituvchi auditoriya va havaskor ijrochilarga badiiy ta’siri kuchli bo‘ladi. Asar talqinida dirijyorning roli katta. U konsertning boshlanishidan to oxirigacha ko‘tarinkilikdagi ijroni batafsil kuzatib borishi shart. Har bir konsert-chiqishdan so‘ng, albatta, konsertning qanday o‘tganligi, undagi kamchilik va yutuqlar xonandalar ishtirokida muhokama qilinadi. Tajribasiz xonandalarning konsert vaqtida ansambldan chiqishi, detonatsiya va distonatsiya qilishi (nota talaffuzining pasayishi yoki ko‘tarilishi), dirijyorning noaniq ishorasi va boshqa hollar uchrasa ular ko‘rib chiqiladi. O‘smirlar ovoziga xos xususiyatlarni muvaffaqiyatli shakllantirish uchun xor va vokal malakalarini shakllantirishning professional yo‘l-yo‘riqlariga bevosita murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Vokal malakalarini shakllantirishning muhim yo‘li bu kuylash uchun olinadigan nafasni to‘g‘ri olishdan boshlanadi. O‘quvchilar odatda kuylash uchun yelkalarini va ko‘krak qafasini yuqori ko‘tarib, nafas olishni to‘g‘ri yo‘l deb hisoblaydilar. Shuningdek, ular olingan nafasni tez chiqarib yuboradilar va qolgan nafas orqali zo‘riqib kuylashga odatlangan bo‘ladilar. Musiqa o‘qituvchisining birinchi navbatdagi vazifasi kuylash uchun olinadigan nafasni o‘quvchilarning to‘g‘ri olishlariga odatlantirishdan iborat bo‘ladi. To‘g‘ri nafas olish uchun quyidagi shartlarga amal qilish lozim bo‘ladi: 1. Nafasni olayotganda yelkani ko‘tarmaslikka odatlanish. 2. Nafasni faqat burun orqali emas, balki qisman og‘iz orqali ham olish. 3. Nafasni xaddan tashqari, tiqilib qoladigan darajada ko‘p olmaslik. 4. Nafasni musiqa frazasiga mo‘ljallab ola bilish. 5. Nafas asosan qorin bo‘shlig‘iga olish. 6. Nafasni to‘xtata olish. 7. Olingan nafasni rasamatli, tejamli sarflay olish. 8. Nafasni sinfdoshlari bilan birday ola bilish va uni birday sarflay boshlash. Olingan nafasni to‘g‘ri sarflash uchun o‘quvchilar kuylanadigan frazani hisobga olishlari lozim bo‘ladi. Nafas ovoz pardalarini erkin tebratib, og‘iz komi tomonga yo‘naltiriladi. Nafasni tomoqda qisib bo‘g‘in ovoz hosil qilishdan saqlanish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Nafasni kuylash uchun yo‘naltirishning muhim jihati bu og‘iz komida kuylanadigan so‘zlarni shakllantira olishga bog‘liq bo‘ladi. Og‘iz komida tishlar, lablar, til tangli orqali unli va undoshlarni to‘g‘ri talaffuz qilish jarayoni ham kuylashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda ovoz hosil qilishda muhim bo‘lgan quyidagi jihatlarga e’tiborni qaratish tavsiya etiladi: 1. Unlilarni cho‘zib kuylash, ovoz hosil qilishning muhim tomoni ekanligini bilish. 2. Undoshlar qisqa va keskin talaffuz qilishda. 3. So‘zlarni og‘iz komida aylantirib to‘g‘ri shakllantira olish. 4. Nafasni tovush parvozini ta’minlash holda erkin parvoz qildirishga odatlanish va hokazo. V-VII sinf o‘quvchilarining kuylash malakalarini rivojlantirishda musiqa darsiga xos faoliyat turlaridan biri bo‘lgan jamoa bo‘lib qo‘shiq kuylash muhim o‘rin tutadi. Jamoali kuylash jarayonida barcha o‘quvchilar birdan kuylash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa o‘quvchilarga olam jahon zavq bag‘ishlaydi. Barcha sinfdoshlari bilan birgalikda hamjihat bo‘lib kuylaganlarida o‘quvchilar bu birlashishda qanchalik katta kuch borligini chuqur his qiladilar. Zero, xor jamoasida qo‘shiq kuylash barcha yoshdagi kishilar uchun ham zavq bag‘ishlay oladi. Afsuski, kattalar bunday baxtni his qilish baxtidan benasib bo‘lib qoladilar. Chunki, kattalarni birlashtiruvchi xor jamoalari bizning xalqimiz uchun odat bo‘lmagan. Xususan, ko‘pchilikni birlashtiruvchi pensionerlar xori yoki katta yoshdagi kishilar xori deyarlik uchramaydi. Vaholanki, yevropalik qariyalardan tuzilgan xorlarda keksalar ham cheksiz zavq-shavq bilan kuylaydilar va o‘zlarining yolg‘iz ekanliklarini his qiladilar. O‘smir yoshdagi bolalar uchun xorda kuylash nihoyatda zavqli va unda o‘quvchilar boshqa o‘quv predmetlaridagi charchoqni sezmay qoladilar. Ayni paytda shuni alohida ta’kidlash lozimki, musiqa darslarida bolalarning vaqtini boshqa faoliyat turlari bilan ko‘proq mashg‘ul bo‘lish hollari ham uchraydi. Bu esa o‘quvchilar jamoa bo‘lib kuylashdek zavq bera olmaydi. Shuningdek, xorda kuylaganda o‘quvchilarga xordan tashqari ko‘p tanbex berish, ularni kuylashdan to‘xtataverish ham ularni ranjitib qo‘yadilar. Sinfdagi barcha o‘quvchilar ham birday kuylash qobiliyatiga ega emasliklarini his qilgan holda ular tomonidan yo‘l quyiladigan ayrim kamchiliklardan norozi bo‘laverish ham yaramaydi. Xorga xos bir qator muhim elementlar mavjudki, bu spetsifik xususiyatlarga amal qilish o‘quvchilarning kuylash malakalariga professionalizmlik kirita oladi. Professor P.Chesnokovning ta’biri bilan aytganda xorda agar uch muhim element bo‘lmasa, bunday tomonni xor deb atash noto‘g‘ri bo‘ladi. Bulardan biri - bu xorning sozidir. Soz - bu kuylash jarayonida uchraydigan barcha interval va akkordlarning to‘g‘ri talaffuz qilinishidan iboratdir. Musiqa nazariyasidan ma’lumki - intervallar tovushlari birin-ketin keladigan melodik intervallar va bir paytda talaffuz qilinadigan garmonik intervallardan iborat bo‘ladi. O‘zbek musiqiy bisotiga oid ko‘plab materiallar asosan melodik tarzdagi intervallar qo‘shilmasidan tashkil topgan, xususan folklor qo‘shiqlari, marosim qo‘shiqlari, turli xalq an’analarida kuylanadigan qo‘shiqlar ham xatto xalqimizning nodir asarlari bo‘lgan og‘zaki an’anadagi yirik sikllardan tashkil topgan maqomlar ham asosan melodik tarzdagi intervallardan iboratdir. Barcha insonlar singari bolalar ovozi ham har doim birday qo‘shilavermaydi. Ko‘pincha bu o‘quvchilarning kayfiyatiga, salomatligiga va o‘quvchiga ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham ma’lum bir notani kuylaganlarida birisi sezilar-sezilmas darajada pastroq, ba’zisi balandroq va ba’zisi barqaror kuylaydilar. Bunda talaffuzlar majmuisi tabiiy soz deyiladi. Fortepianoda ma’lum agarda jaranglaydigan notaga ega pasaytirishga ham, yuqorilatishga ham moyillik ko‘rsatmaydi. Shuning uchun ham bu cholg‘u asbobining sozini tekkis soz deb yuritiladi. Bolalar ovozi ham kattalar singari tabiiy sozga ega bo‘lganligi uchun intervallar talaffuzida ba’zi kamchiliklar mavjud bo‘ladi. Ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan xor mutaxassislari intervallarni to‘g‘ri talaffuz qilish uchun ayrim intonatsion xususiyatlardan foydalanish zarurligini isbotlaganlar. Kuylash jarayonida intervallarni bu qonun-qoidalarga amal qilgan holda ularning aniq talaffuziga erishish mumkin bo‘lishini isbotlashgan. Melodik intervallarni to‘g‘ri kuylash uchun ularning bosqichlarini quyidagicha kuylash tavsiya etiladi: 1. Barcha sof intervallar sof-1, sof-4, sof-kvinta va sof-oktavalarning har ikki bosqichini (ya’ni pastga va yuqoriga notalarini) barqaror kuylash lozim. 2. Barcha kichik intervallar kichik-2, kichik-3, kichik-6, kichik-7 intervallarning 1-bosqichi barqaror, ikkinchi bosqichi esa pasaytirish, ya’ni past tomonga intiltirib kuylanadi. 3. Barcha katta intervallar katta-2, katta-3, katta-6 va katta-7 intervallarining 1-bosqichi barqaror va 2-bosqichlari esa yuqorilatish yo‘li bilan kuylanadi. Major va minor gammalari ham asosan yuqoridagi qonun-qoidalardan kelib chiqqan holda kuylanadi. Xorga xos muhim elementlardan biri bu ansambl bo‘lib, u fransuz tilidan olingan va barcha xor qatnashchilarining birgalikda, hamjihat kuylashlarini taqozo etadi. Ansambllar vokal ijrochilari uchun quyidagicha tarkibdan iborat bo‘lishi mumkin: 1 kishi ijrosi «solo» deyiladi. 2 kishilik ansambl «duet» deyiladi. 3 kishilik ansambl «trio» deyiladi. 4 kishilik ansambl «kvartet» deyiladi. 5 kishilik ansambl «kvintet» deyiladi. 6 kishilik ansambl «sekotet» deyiladi. 7 kishilik ansambl «septet» deyiladi. 8 kishilik ansambl «oktet» deyiladi. Bulardan eng ko‘p uchraydigan duet, kvartet va kvintet ansambllari hisoblanadi. Ammo shuni alohida ta’kidlash lozimki, ansambllarning tub mazmuniga yetmaslik natijasida ayrim xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. Bu ayniqsa kvartet yoki kvintet haqida so‘z yuritilganda sodir bo‘ladi. Ko‘rik-tanlovlarda ayrim maktab rahbarlari to‘rt kishi ijrosidagi har qanday qo‘shiqni bu kvartet deb bahslashadilar. Vaholanki, to‘rt kishi ijrosidagi qo‘shiq bir yoki ikki ovozli vokal ansambli bo‘lib chiqadi. To‘rt kishi qo‘shiq kuylaganlarida, agar ular qo‘shiqning ayrim joylarini to‘rt ovozlik qilib kuylasalargina u kvartet bo‘ladi. Shuningdek, kvartet qilib kuylaganida ham u boshdan oxiriga qadar to‘rt ovozlik bo‘lib kuylashavermaydi. Ba’zan akkordlar bir ovozlik, ba’zan ikki ovozli, ba’zan uch ovozli, faqat ayrim qatorlarni to‘rt ovoz qilib kuylashlari mumkin. Ana shu to‘rt ovozga bo‘linish joyini hisobga olgan holda uni kvartet deb atash odat bo‘lib qolgan. Xorga xos ansambllar xususiy va umumiy bo‘lishi mumkin. Ikki, uch ovozlik xorlarda har bitta ovozdagi xonandalarning o‘zaro bir-birlariga mos ravishda kuylashlari bu xususan ansambl deb ataladi. Ikki yoki uch ovozlik xorlardagi barcha partiyalarning birgalikda bir-birlarini mos kuylashlari umumiy ansambl hisoblanadi. Professor YE.Cheyenekov xorga xos yangi mexanik va badiiy organik ansambllar ham mavjudligi haqida fikr bildiradi. Mexanik ansambl quyidagi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi: 1. Har bir xor partiyasida xonandalar soni teng bo‘lishi kerak. 2. Har bir xor partiyasidagi xonandalarning ovoz bo‘yog‘i bir xil bo‘lishi kerak. 3. Xorda kuylovchi xonandalarning ovoz sifati va savollari bir xil bo‘lishi lozim. Bundan tashqari mexanik ansamblga xor dirijyorining saviya va mahorat mos keladigan bo‘lsa, bunday ansambl badiiy organik ansambl deb ataladi. Xorga xos uchinchi muhim element bu nyuanslar, dinamik tuslar bo‘lib, unga amal qilish xorni badiiy jihatda barkamol bo‘lishini ta’minlaydi. Bu elementlar PP, P, MP, MF, FF, krishendo, dimenuendo hamda sfortsando bo‘lib, u kuy va qo‘shiqqa ruh bera olish bilan ahamiyatlidir. Yuqoridagi holatlarni hisobga olib kuylash xorning mukammal bo‘lishida va xonandalarning kuylash malakalarini o‘stirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling