O‘quvchilar: Ha
O‘qituvchi: Shunday ekan, biz tabiatimizni himoyalashimiz, daraxtlarni shoxini sindirmasligimiz, tabiatni qo‘shiqlarimizda madh etishimiz lozim. Vatanimiz urf-odatlariga hurmatimizni ko‘rsatishimiz, vatanimizdan faxrlanishimiz kerak. Mana bugungi mavzuimiz bo‘yicha xam anchagina ma’lumotga ega bo‘ldik. Endi esa tarqatilgan savolli kartochkalarga javob berasiz.
O‘quvchilar: Savolga javoblari.
1.Chet el kompozitorlaridan sanab bering? – M. Glinka, V. Motsart, L. Betxoven, F. Shopen.
2. Vatanni nima uchun onaga qiyoslaymiz? – Chunki ona kabi bizni o‘z bag‘rida katta qilganligi va nozu-ne’matlaridan bahramand qilgani uchun.
3. Komil inson deganda nimani tushunasiz? – Komil inson odobli ota – onasini hurmat qiladigan va har tomonlama yetuk insonga aytiladi.
4. Butun nota nechaga sanaladi, dirijyorlik qilib ko‘rsating.
Butun nota 4 i ga sanaladi.
Musiqa savodi:
-O‘quvchilar bugun biz sizlar dilan dirijyorlik xarakatlarini o‘rganamiz.
Dirijyorlik xarakati ko‘rsatilib, ular xammasi o‘rnidan turib, birgalikda bajarishadi.
Yangi qo‘shiq – “Navro‘zim – sho‘x sozim”
H.Rahmat she’ri, N.Norxo‘jayev musiqasi.
O‘lchovi - 4/4
Tempi – Allegro - (tez)
Tonalliligi – re major
Asarda kirish qismi bor.
Asarni boshlanishi 4 takt musiqiy davriyadan iborat
Asarda butun, yarim, choraktalik, nota cho‘zimlari bor
Asarda butun, chorak pauzalar uchraydi.
Asar o‘rtasida tonalligi o‘zgaradi.
Asar jami 34 taktdan iborat
Dinamik belgilardan : F, liga, mf bor
Qo‘shiq jumlalarga bo‘lib o‘rganiladi.
Musiqa tinglash:
O‘qituvchi: Bolalar endi xammamiz diqqat bilan tinglaymiz. Men sizlarga kuy chalib beraman, sizlar esa bu kuyni qaysi qo‘shiqdan ekanligini aytib, nimani tasavvur qilganingizni aytib berasiz .
“ Paxta raqsi” qo‘shig‘i ijro etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |