Markaziy mamlakatlarida xor sanatininng rivojlanishi
O’tkazilgan sinov tajriba ishlari
Download 1.14 Mb.
|
MARKAZIY MAMLAKATLARIDA XOR SANATININNG RIVOJLANISHI
2.3. O’tkazilgan sinov tajriba ishlari.
Men Qarshi shahridagi ixtisoslashgan 1-umumiy o’rta ta’lim maktabida ikki yarim oy davomida pedagogik amaliyot o’tkazdim. Amaliyot davomida 4- «А» va 4 «V» sinflarida «Xor asarlari ijrochiligida bolalar ovozi turlari va ular bilan ishlash usullari » mavzusida sinov tajriba ishlari olib bordim. Bunda har bir bola ovozi ustida alohida vokal-xor mashqlari olib bordim. O‘smirlar ovoziga xos xususiyatlarni muvaffaqiyatli shakllantirish uchun xor va vokal malakalarini shakllantirishning professional yo‘l-yo‘riqlariga bevosita murojaat qilishga to‘g‘ri keldi. Vokal malakalarini shakllantirishning muhim yo‘li bu kuylash uchun olinadigan nafasni to‘g‘ri olishdan boshlandi. O‘quvchilar odatda kuylash uchun yelkalarini va ko‘krak qafasini yuqori ko‘tarib, nafas olishni to‘g‘ri yo‘l deb hisobladilar. Shuningdek, ular olingan nafasni tez chiqarib yubordilar va qolgan nafas orqali zo‘riqib kuylashga odatlangan bo‘ladilar. To‘g‘ri nafas olish uchun quyidagi shartlarga amal qilish lozim bo‘ldi: 1. Nafasni olayotganda yelkani ko‘tarmaslikka odatlanish. 2. Nafasni faqat burun orqali emas, balki qisman og‘iz orqali ham olish. 3. Nafasni xaddan tashqari, tiqilib qoladigan darajada ko‘p olmaslik. 4. Nafasni musiqa frazasiga mo‘ljallab ola bilish. 5. Nafas asosan qorin bo‘shlig‘iga olish. 6. Nafasni to‘xtata olish. 7. Olingan nafasni rasamatli, tejamli sarflay olish. 8. Nafasni sinfdoshlari bilan birday ola bilish va uni birday sarflay boshlash. Olingan nafasni to‘g‘ri sarflash uchun o‘quvchilar kuylanadigan frazani hisobga olishlari lozim bo‘ldi. Nafas ovoz pardalarini erkin tebratib, og‘iz komi tomonga yo‘naltirildi. Nafasni tomoqda qisib bo‘g‘iq ovoz hosil qilishdan saqlanish muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Nafasni kuylash uchun yo‘naltirishning muhim jihati bu og‘iz komida kuylanadigan so‘zlarni shakllantira olishga bog‘liq bo‘ldi. Og‘iz komida tishlar, lablar, til tangli orqali unli va undoshlarni to‘g‘ri talaffuz qilish jarayoni ham kuylashda muhim ahamiyat kasb etdi. Bunda ovoz hosil qilishda muhim bo‘lgan quyidagi jihatlarga e’tiborni qaratish tavsiya etildi: 1. Unlilarni cho‘zib kuylash, ovoz hosil qilishning muhim tomoni ekanligini bilish. 2. Undoshlar qisqa va keskin talaffuz qilishda. 3. So‘zlarni og‘iz komida aylantirib to‘g‘ri shakllantira olish. 4. Nafasni tovush parvozini ta’minlash holda erkin parvoz qildirishga odatlanish va hokazo. 4 “A” va “V” sinf o‘quvchilarining kuylash malakalarini rivojlantirishda musiqa darsiga xos faoliyat turlaridan biri bo‘lgan jamoa bo‘lib qo‘shiq kuylash muhim o‘rin tutdi. Jamoali kuylash jarayonida barcha o‘quvchilar birdan kuylash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa o‘quvchilarga olam jahon zavq bag‘ishladi. Barcha sinfdoshlari bilan birgalikda hamjihat bo‘lib kuylaganlarida o‘quvchilar bu birlashishda qanchalik katta kuch borligini chuqur his qildilar. Zero, xor jamoasida qo‘shiq kuylash barcha yoshdagi kishilar uchun ham zavq bag‘ishlay oldi. Barcha insonlar singari bolalar ovozi ham har doim birday qo‘shilavermadi. Ko‘pincha bu o‘quvchilarning kayfiyatiga, salomatligiga va o‘quvchiga ham bog‘liq bo‘ldi. Shuning uchun ham ma’lum bir notani kuylaganlarida birisi sezilar-sezilmas darajada pastroq, ba’zisi balandroq va ba’zisi barqaror kuylaydilar. Bunda talaffuzlar majmuisi tabiiy soz deyiladi. Fortepianoda ma’lum agarda jaranglaydigan notaga ega pasaytirishga ham, yuqorilatishga ham moyillik ko‘rsatmaydi. Shuning uchun ham bu cholg‘u asbobining sozini tekkis soz deb yuritildi. Bolalar ovozi ham kattalar singari tabiiy sozga ega bo‘lganligi uchun intervallar talaffuzida ba’zi kamchiliklar mavjud bo‘ldi. Ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan xor mutaxassislari intervallarni to‘g‘ri talaffuz qilish uchun ayrim intonatsion xususiyatlardan foydalanish zarurligini isbotlaganlar. Kuylash jarayonida intervallarni bu qonun-qoidalarga amal qilgan holda ularning aniq talaffuziga erishish mumkin bo‘lishini isbotlashgan. Melodik intervallarni to‘g‘ri kuylash uchun ularning bosqichlarini quyidagicha kuylash tavsiya etildi: 1. Barcha sof intervallar sof-1, sof-4, sof-kvinta va sof-oktavalarning har ikki bosqichini (ya’ni pastga va yuqoriga notalarini) barqaror kuylash lozim. 2. Barcha kichik intervallar kichik-2, kichik-3, kichik-6, kichik-7 intervallarning 1-bosqichi barqaror, ikkinchi bosqichi esa pasaytirish, ya’ni past tomonga intiltirib kuylandi. 3. Barcha katta intervallar katta-2, katta-3, katta-6 va katta-7 intervallarining 1-bosqichi barqaror va 2-bosqichlari esa yuqorilatish yo‘li bilan kuylandi. Major va minor gammalari ham asosan yuqoridagi qonun-qoidalardan kelib chiqqan holda kuylandi. Xorga xos muhim elementlardan biri bu ansambl bo‘lib, u fransuz tilidan olingan va barcha xor qatnashchilarining birgalikda, hamjihat kuylashlarini taqozo etdi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling